Gravimetrik shaklga qo‘yiladigan talablar
Gravimetrik shakl quyidagi talablarga javob berishi zarur:
Cho‘kma tarkibi aniq kimyoviy formulaga mos bo‘lishi ke- rak. Agar tortiladigan cho‘kma ma’lum bir formulaga to‘la mos keladigan kimyoviy alohida modda bo‘lmasa, u holda analiz nati- jasini hisoblab bo‘lmaydi.
Havoda kimyoviy tarkibi o‘zgarmaydigan, havodagi gaz va namlikni yutmaydigan, yuqori haroratda parchalanmaydigan bo‘lishi kerak.
Hech qaysi cho‘kma bu shartlarni to‘liq qanoatlantira olmaydi. Cho‘kmalarning to‘liq hosil bo‘lishi va xossalariga quyidagilar kuchli ta’sir ko‘rsatadi: 1. Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi
(miqdori). 2. Harorat. 3. Begona tuzlarning konsentratsiyasi.
Cho‘ktiruvchi miqdorining cho‘ktirishga ta’siri
Tekshirilayotgan moddani to‘liq cho‘ktirish uchun cho‘ktiruv- chining miqdori katta ahamiyatga ega. Qiyin eriydigan elektrolit eritmasida ionlar konsentratsiyalarining ko‘paytmalari ayni haro- ratda o‘zgarmas va eruvchanlik ko‘paytmasi (EK)ga teng bo‘ladi. Masalan, bariy sulfatning 25°C da to‘yingan eritmasi uchun:
EKBaSO
4 = [Ba2+
]⋅[SO 2−] = 1,1⋅10−10
4
4
Eruvchanlik ko‘paytmasi juda kichik son 1,1·10–10 bo‘lishiga qaramay bariy ionlari qandaydir miqdorda eritmada qoladi. Ionlar- ning konsentratsiyasi to‘yingan eritmada [Ba2+]=SO 2− =1·10–5 g–ion/l ga teng bo‘ladi. Nazariya va tajriba shuni ko‘rsatadiki,
cho‘ktiruvchi reagentdan 1,5 marta ortiqcha miqdorda qo‘shilgan- da cho‘ktiriladigan shakl nisbatan to‘liq cho‘kishi yoki xatolik taro- zi aniqligidan kichik bo‘lishi mumkin.
Shuni esda saqlash kerakki, cho‘kmaning eruvchanligini ka- maytirishda har bir holatda sharoitni bilib tanlash kerak bo‘ladi. Cho‘kma ustidagi eritmada elektrolitlar bo‘lsa, ular cho‘kmaning eruvchanligini oshirib yuboradi. Bu hodisa tuz effekti deyiladi. Ko‘pchilik hollarda bir ismli ionlar ishtirokida kompleks birikma va nordon tuzlar hosil bo‘lishi yoki amfoterligi natijasida cho‘kma erib ketishi mumkin:
CaCl2 +(NH 4 )2 SO4 =CaSO4 ↓+2NH 4Cl CaSO4 +(NH 4 )2 SO4 = (NH 4 )2Ca(SO4 )2 Hg(NO3 )2 + 2KJ = HgJ 2 ↓+2KNO3
HgJ 2 + 2KJ = K2 [HgJ 4 ]
Zaruriy ionni to‘liq cho‘ktirishga erishish uchun cho‘ktiruvchi ortiqcha miqdorda bo‘lishi va tarkibida begona elektrolit modda- lar bo‘lmasligi kerak. Biroq cho‘ktiruvchi miqdorining juda ko‘p bo‘lishi ham nomaqbuldir, chunki bunda kompleks birikmalar va tuz effekti hosil bo‘lishi hisobiga cho‘kma qisman erishi mumkin. Bundan tashqari cho‘ktiruvchi reagent miqdori ko‘p bo‘lsa, bir- galashib cho‘kish hisobiga cho‘kmaga begona modda aralashib qoladi.
Amalda cho‘ktiruvchi miqdori analitik miqdorga nisbatan biroz ortiqcha olinadi. Cho‘ktiruvchidan qanday miqdorda olish kerakligini reaksiya tenglamasidan taxminan hisoblab topish mumkin. Masalan, qo‘rg‘oshin atsetat Pb(CH3COO)2·3H2O dagi qo‘rg‘oshinning miqdorini Pb2+ ionini sulfat kislota ta’sirida cho‘ktirish yo‘li bilan aniqlaymiz:
Pb(CH 3COO)2 ⋅3H 2O + H 2SO4 =
=↓PbSO4 + 2CH 3COOH + 3H 2O
Agar Pb(CH3COO)2·3H2O ning analiz uchun tortib olingan miqdori 0,6525 g bo‘lsa, u vaqtda shunday yozish mumkin:
3 3 2 2 4
MPb(CH COO ) ⋅3H O − MH SO
sarf bo‘ladi.
0,6525 g Rb(CH3COO)2 ga – x g H2SO4 sarf bo‘ladi.
x = 0, 6525⋅98 = 0, 2 g
380
Cho‘ktiruvchining konsentratsiyasi, odatda, ma’lum bo‘ladi, masalan, H2SO4 ning 10% li eritmasi. Bu holda uning kerak bo‘lgan hajmini quyidagi proportsiyadan topamiz:
100 ml eritmada 10 g H2SO4 bor.
x ml eritmada 0,2 g H2SO4 bor.
x = 100⋅0,2 = 2 ml
10
Demak, Pb(CH3COO)2 dagi Pb2+ ionini to‘la cho‘ktirish uchun ~ 2·1,5=3 ml 10% li H2SO4 olish kerak. (1,5 – hamma cho‘ktiruvchilar uchun nazariya bo‘yicha chiqarilgan koeffitsient).
Dostları ilə paylaş: |