Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Cho‘ktiriladigan shaklga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə25/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Cho‘ktiriladigan shaklga qo‘yiladigan talablar


Cho‘ktiriladigan shakl nihoyatda kam eriydigan bo‘lishi, ya’ni cho‘ktirish yetarli darajada to‘liq amalga oshishi kerak, aks holda aniqlanayotgan ion (element)ni amalda to‘la cho‘ktirib bo‘lmaydi. Ma’lumki, qiyin eriydigan elektrolitlarning eruvchan-
ligi ularning eruvchanlik ko‘paytmalarining (EK) qiymati bilan belgilanadi. Gravimetrik analizda EK>10–8 dan katta bo‘lmasligi kerak.
Cho‘kma kam eruvchanligi sababli cho‘ktirish reaksiyasi juda seziluvchan va hosil bo‘lgan birikmalarning molekular massalari katta bo‘lishi kerak.
Cho‘ktiriladigan shakl oson filtrlanadigan va yaxshi yuviladi- gan bo‘lishi lozim, bularga misol qilib yirik kristall holdagi cho‘kmalarni olishimiz mumkin.
Cho‘ktiriladigan shakl qizdirilganda tortiladigan shaklga oson va to‘liq o‘tadigan bo‘lishi zarur.
Shu qo‘yilgan talablarning hammasiga organik cho‘ktiruvchilar to‘liq javob beradi. Analizni o‘tkazishda organik reaktivlarning cho‘ktiruvchi sifatida tobora ko‘proq ishlatilishi sababi shunda.
Va2+ ionini aniqlashda cho‘ktiriladigan shakl BaSO4, Ag+ ioni- ni aniqlashda AgCl, temir (III) Fe3+ ionini aniqlashda Fe(ON)3 bo‘ladi:

4

4
Ba2+ + SO2 BaSO
Ag+ +Cl AgCl

3
Fe3+ + 3OH Fe(OH ) ↓
Cho‘kma filtrlanib, yuvilgandan keyin quritiladi, og‘irligi o‘z- garmay qolguncha yuqori haroratda qizdiriladi. Cho‘kma qizdi- rilganda ma’lum o‘zgarishga uchrashi mumkin. Qizdirish natijasi- da hosil bo‘lgan modda gravimetrik (tortiladigan) shakl deyiladi.
Cho‘ktiriladigan shakl gravimetrik shakl
Gravimetrik shakl cho‘ktiriladigan shakldan tarkibi bilan farqlanishi mumkin. Ko‘pincha cho‘ktiriladigan va gravimetrik shakllar bir xil bo‘ladi. Masalan:

BaSO


o

t C 800
4  →
BaSO4

AgCl
o

t C 900
 →
AgCl

Fe(OH )
t oC 700
Fe O

3  → 2 3

MgNH PO
t oC 800
Mg PO

4 4  →

2 2 7



Cho‘ktiriladigan shaklni og‘irligi o‘zgarmay qolguncha qizdi- rib, gravimetrik shaklga keltirishda uchuvchan qoldiq yo‘qoladi va cho‘kma tortiladigan shaklga o‘tadi. Organik cho‘ktiruvchilar (8-oksixinolin, alizarin, dimetilglioksim va b.) bilan hosil qilingan cho‘kmalar, odatda, quritiladi. Anorganik birikmadan hosil qilin- gan cho‘kma esa, odatda, yuqori haroratda qizdiriladi.
Gravimetrik shakl massasi ancha katta bo‘lishi va unda aniq- lanuvchi element miqdori mumkin qadar oz bo‘lishi maqsadga muvofiq. Analiz qilinadigan cho‘kma tarkibida aniqlanuvchi ele- ment qancha oz bo‘lsa, analizda xato shuncha kamayadi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin