Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə28/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

8-rasm. Filtrlash: 9-rasm. Bryuxner voronkasi.

  1. filtrlash qurilmasi;

  2. shisha voronkalari.

Cho‘kma suvda sezilarli darajada eruvchan bo‘lsa, uning eruv- chanligini kamaytirish uchun yuvgichdagi suyuqlikka cho‘ktiruv- chi ionli eritmadan ozroq qo‘shiladi. So‘ngra cho‘kma yuviladi. Yuvilgan cho‘kma filtrga o‘tkaziladi. Buning uchun cho‘kmani ozroq miqdor chayindi suyuqlik bilan aralashtirib loyqalantiriladi va shisha tayoqcha yordamida asta-sekin filtrga o‘tkaziladi. Stakan devorlarida qolgan zarrachalar yuvgich va shisha tayoqcha yor- damida yuvib tushiriladi.
Cho‘kma toza suv bilan yuvilganda kolloid eritmalar hosil bo‘lishi yoki gidroliz tufayli uning bir qismi yo‘qolishi mumkin. Bu cho‘kmaning eruvchanligini kamaytirish va, demak, kolloid eritma hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida cho‘kma tarkibi- da cho‘ktiruvchi ion bo‘lgan elektrolit – koagulyator qo‘shilgan suv bilan yuviladi. Masalan, CaC2O4 cho‘kmasi suvda sezilarli da- rajada eriydi, shuning uchun cho‘kmani yuvishda cho‘ktiruvchi reaktiv (NH4)2C2O4 ning suyultirilgan eritmasidan foydalaniladi.
Cho‘kmani yuvishdan maqsad uning sirtiga yutilgan begona qo‘shimchalarni va cho‘kmaga shimilgan boshqa eritmalarni yo‘qo- tishdir.
Cho‘kmalarni yuvishda qanday suyuqlik bilan yuvish kerakligi muhim ahamiyatga ega. Cho‘kmalarning xususiyatiga, ularga suv qanday ta’sir etishiga qarab cho‘kmalar quyidagi to‘rt usulning bi- ri bilan yuviladi:

  1. Cho‘ktiruvchining suyultirilgan eritmasi bilan yuvish.

  2. Elektrolit eritmasi bilan yuvish.

  3. Cho‘kmani gidrolizlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan moddalar- ning eritmalari bilan yuvish.

  4. Distillangan suv bilan yuvish.



      1. Cho‘kmani quritish va qizdirish


Filtrlangan va yuvilgan cho‘kma nam bo‘lsa, uni quritish va qizdirish kerak. Ana shundan keyin tarkibi qat’iy formulaga to‘g‘ri keladigan modda olinadi.
Cho‘kma yuvilgandan keyin suvning silqib tushishi uchun filtr biroz qoldiriladi. Quritishda filtrga chang tushmasligi uchun vo- ronka ustiga filtr qog‘oz yopib, qog‘ozning chetlari voronka atro- figa qayirib qo‘yiladi.
Shundan keyin cho‘kmali voronka 20–30 minut davomida qu- ritish shkafiga qo‘yiladi. Quritish shkafning harorati 95–105°C atrofida saqlanadi. Cho‘kmali filtrni quritishni cho‘kma bilan filtr biroz namroq bo‘lganda tugallash kerak. Filtrni kuydirish keyingi mashg‘ulotda bajariladigan bo‘lsa, uni (quritish shkafida emas) xona haroratida quritish mumkin. Cho‘kma chinni yoki platina tigellarda qizdiriladi. Qizdirishdan oldin bo‘sh tigelning og‘irligini bilish zarur va uning og‘irligi qizdirilganda ham o‘zgarmasligiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun dastlab bo‘sh tigel og‘irligi o‘zgarmay qolguncha qizdiriladi, so‘ngra sovitish uchun eksikatorga qo‘yiladi. Agar analiz qilinadigan cho‘kma mufel pechda qizdirilsa, tigel ham birga qizdiriladi.
Eksikatordagi tigel xona haroratiga qadar sovigandan so‘ng analitik tarozida tortiladi. Shundan so‘ng tigel yana qizdiriladi, so- vitiladi va massasi aniqlanadi. Bu operatsiya tigelning massasi o‘zgarmay qolguncha (oxirgi ikki marta tortish orasidagi farq 0,0002 g dan oshmasligi kerak) takrorlanadi. Tigelni tigel qisqich bilan ushlash kerak (10-rasm).

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin