Aniqlash tartibi. Analiz qilinayotgan (tarkibida temirning miq- dori 0,1 g dan ortiq bo‘lmagan) eritmaga HNO3 ning 2 n eritma- sidan 3–5 ml qo‘shiladi va gorelka alangasida isitiladi, to hidi chiqquncha 10% li NH4OH eritmasidan tomchilab qo‘shiladi, so‘ngra shisha tayoqcha bilan stakandagi eritma yaxshilab aralash- tiriladi va adsorblanishini kamaytirish uchun 100 ml distillangan issiq suv qo‘shiladi. Yana bir marta yaxshilab aralashtiriladi, tin- dirish uchun 5 daqiqaga qo‘yib qo‘yiladi, keyin sekin-asta 1–2 tomchi NH4OH qo‘shib, cho‘kish to‘la bo‘lganligini tekshiriladi va o‘sha zahoti cho‘kmani filtrlashga kirishiladi.
Cho‘kma zichligi o‘rtacha (oq lenta) va diametri 9 sm bo‘lgan filtrda filtrlanadi. Cho‘kma ustidagi tiniq suyuqlikni filtrga quyib, so‘ngra cho‘kma NH4NO3 ning 2% li eritmasi bilan yuviladi.
Yuvilgan cho‘kma quritiladi va biroz nam holda filtr bilan bir- ga qizdirilgan va og‘irligi o‘lchangan tigelga solinadi. Tigel cho‘kma bilan birga og‘irligi o‘zgarmay qolguncha qizdiriladi.
Hisoblash. Cho‘kmaning og‘irligini topib, uning tarkibida qan- cha temir borligi proporsiya orqali hisoblanadi:
M Fe O
— 2AFe
2 3
m – x
Bu yerda m – olingan cho‘kmaning og‘irligi (tortiladigan shakl). Bundan:
x = m ⋅
2AFe
MFe2O3
= m ⋅F
F – qayta hisoblash faktori. Bu yerda:
F = 2⋅55,65 = 0,6994
159,7
Magniy sulfat tarkibidagi magniyni aniqlash. Magniyni aniq- lashda berilgan tuz tarkibidagi magniy MgNH4PO4 holida cho‘ktiriladi. Reaksiya tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
MgSO4+ Na2HPO4+ NH4OH = ↓MgNH4PO4+ Na2SO4+ H2O
Qizdirilgan vaqtda cho‘kma tarkibidagi ammiak va suv yo‘qolib, u gravimetrik (tortiladigan) shaklga – magniy pirofosfat Mg 2P 2O 7 ga aylanadi:
MgNH PO
tqizd
→ Mg PO + 2NH
↑+H O ↑
4 4 2 2 7 3 2
Eritmadagi ammiak kuchsiz elektrolit bo‘lib, qisman ionlarga dissotsilanadi:
4 4
NH OH ← → NH + +OH −
Massalar ta’siri qonuni asosida quyidagicha yozish mumkin:
[NH +]⋅[OH −]
Kq = 4 = 1,79⋅10−5 [NH 4OH ]
Magniy gidroksid uchun EKMg (OH )2 = 5⋅10−12
Bundan kelib chiqadiki, eritmada bizga kerakli MgNH4PO4 bi- lan bir qatorda Mg(OH)2 cho‘kmasi ham hosil bo‘lib, analiz nati- jasini buzadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun cho‘ktirish NH4Cl ishtirokida olib boriladi; NH4Cl tarkibida NH4OH bilan bir ismli ion borligi uchun dissotsilanishni kuchli darajada kamaytiradi.
4
Tuz NH4Cl qo‘shilishi natijasida eritmada NH+ ionlari kon- senratsiyasi ko‘payadi va ularning ON ionlari bilan birikishidan ON ionlarining miqdori juda kamayadi, natijada ionlar ko‘paytmasi
EK
[Mg2+]·[ON–] qiymatidan kam bo‘lib qoladi va magniy
Mg (OH )2
gidroksid cho‘kmaga tushmaydi.
MgNH4PO4 ning yaxshi kristall cho‘kmasini olish uchun tarki- bida Na2HPO4 va NH4CI bo‘lgan xlorid kislotali eritmaga ammi- akning suyultirilgan eritmasi asta-sekin qo‘shiladi. Bu vaqtda eng avval HCl neytrallanadi, so‘ngra MgNH4PO4 cho‘kma hosil bo‘ladi, bu cho‘kma suvda sezilarli darajada eriydi:
4 4
[Mg 2+]⋅[NH +]⋅[PO3−] = 2,5⋅10−13
yoki
4 4
[Mg 2+]⋅[NH +]⋅[PO3−] = 2,5⋅10−13 =
= 6,3⋅10−5 M
Demak, 1 litr eritmada ionlar tarzida 6,3•10–5•137=0,0086 g MgNH4PO4 bo‘ladi. Bu eruvchanlik MgNH4PO4 ning yanada gidrolizlanishi natijasida ortib ketadi.
Gidrolizni kamaytirish va MgNH4PO4 ning eruvchanligini ka- maytirish uchun cho‘kma toza suv bilan emas, balki NH4OH ning suyultirilgan eritmasi bilan yuviladi. MgNH4PO4 ni cho‘k- tirish uchun o‘ta to‘yingan eritmalardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |