Yechish. Proporsionallik qoidasiga binoan:
VHCl ⋅NHCl =VNa CO ⋅NNa CO
N – eritmaning normalligi.
2 3 2 3
NNa2CO3
= VHCl ⋅NHCl
2 3
VNa CO
= 22, 45⋅0,1090 = 0, 09835
25
1000 ml titrlanayotgan eritmada 0,0963 g-ekv Na 2CO 3 bor.
Demak, 250 ml eritmada x ml bor.
misol. NCl ning 50 ml 2 n eritmasini 0,3 n ga aylantirish uchun qanday hajmgacha suyultirish kerak?
Yechish. Eritma hajmining uning normalligiga ko‘paytmasi eritmaning shu hajmidagi tegishli moddaning milligramm-ekviva- lentlar sonini ko‘rsatadi. Agar eritma suyultirilsa, uning hajmi va normalligi o‘zgaradi, lekin undagi erigan moddaning umumiy milligramm-ekvivalentlar miqdori o‘zgarmasdan qoladi:
N1· V1 = N2· V2
Misolga tatbiq etsak:
Bundan:
V · 0,3 = 50,0 · 2
V=50,0 · 0,2/0,3 = 333 ml
Shunday qilib, HCl ning 2 n 50 ml eritmasini 0,3 n li eritma- ga aylantirish uchun eritmaning hajmi 333 ml ga yetguncha suv bilan suyultirish kerak.
misol. 30 ml 0,2 n eritmada erigan modda 1 n eritmaning qancha hajmida bo‘ladi?
Yechish. Ikkala eritmada ham erigan moddaning miqdori bir xil bo‘lgani uchun ular hajmining normalliklariga ko‘paytmasining qiymati ham bir xil bo‘lishi kerak:
V · 1 = 30 · 0,2; V = 6 ml
Normalligi ma’lum bo‘lgan berilgan eritma 1 n eritmaning qanchasiga ekvivalent ekanligini topish uchun berilgan eritmaning hajmini uning normalligiga ko‘paytirish kerak.
Dostları ilə paylaş: |