Bu usul eritmalarda kislota va asoslarning o‘zaro ta’siri reaksi- yasiga asoslangan va bunda kuchsiz dissotsilanadigan suv moleku- lalari hosil bo‘ladi:
2
H ++OH − → H O Bu usul bilan to‘g‘ri titrlashda elementlarning miqdorini yoki kislota va asoslarning konsentratsiyasini aniqlash mumkin. Tes- kari yoki o‘rin almashtirish bilan titrlash, asosan, tuzlar, kuchsiz kislota va asoslar miqdorini topishda qo‘llaniladi. Kislota-asosli reaksiyalar vodorod ionining konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan bo- radi, shu sababli vodorod ionining konsentratsiyasini [H+] aniq- lash kislota-asosli titrlashda muhim ahamiyatga ega.
Neytrallash usulida neytrallash reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hajmiy aniqlashlar ham o‘tkaziladi. Masalan, gidrolizlani- shi natijasida kuchli ishqoriy muhit hosil qiladigan va shuning uchun ham kislotalar bilan titrlanadigan Na2CO3 va Na2B4O7 ga o‘xshash ba’zi tuzlarni, suvning qattiqligini, ammoniyli tuzlarni, organik birikmalar tarkibidagi azot va h.k. shunday aniqlanadi.
Neytrallash usulining asosiy ish eritmalari kislota (HCl yoki H2SO4) va ishqor (NaOH yoki KOH) eritmalaridir.
Sanoatda sulfat va xlorid kislotalar, o‘yuvchi ishqorlar (natriy va kaliy gidroksid) eritmalarining, quruq holdagi kaliy permanga- nat, natriy karbonat, natriy oksalat va boshqa tuzlarning fiksanal- lari chiqarilmoqda. Fiksanallar joylashtirilgan idish (ampula) sir- tiga ularning yaroqlilik muddati ham yozib qo‘yilgan bo‘ladi.
Standart ish eritmalari to‘g‘ri saqlanganda bir necha oy ishla- tish uchun yaroqli bo‘ladi, bunda ularning konsentratsiyasi o‘zgarmasdan turadi.
Kimyoviy analiz laboratoriyasida ishlatiladigan titrlangan erit- malar ko‘pincha fiksanallardan tayyorlanadi. Fiksanallar 1 l aniq 0,1 n yoki 0,01 n eritma tayyorlash uchun kerakli moddadan aniq tortib olingan miqdori yoki o‘lchab olingan hajmi solingan va og‘zi kavsharlangan shisha ampulalardir.
Fiksanaldan eritma tayyorlash uchun ampula sirti dastlab od- diy suv, so‘ngra distillangan suv bilan yaxshilab yuviladi. Shundan so‘ng ampula ochiladi va uning ichidagi moddani to‘kmasdan ju- da ehtiyotlik bilan o‘lchov kolbasiga batamom o‘tkaziladi. Buning uchun 1000 ml li o‘lchov kolbasiga oddiy voronka qo‘yiladi. So‘ngra voronkaga bo‘yni yo‘g‘on, uchi ingichka urgich (boyok – urgich, sindirgich) qo‘yiladi.
Ampulaning bir tomonini pastga qara- tib, uning chuqurcha joyi o‘rtasiga sekin uriladi. Ampulani voronka ichida ushla- gan holda urgichdan foydalanib, ampu- laning ikkinchi (ya’ni yuqori) tomonidagi chuqurchasi ham teshiladi. So‘ngra mod- daning yoki eritmaning hammasi kolbaga yuvgichdagi distillangan suv bilan yax- shilab yuvib tushiriladi. Ampula ichidagi modda erigandan so‘ng kolbadagi suyuq- lik hajmi distillangan suv qo‘shib, kol- baning belgisigacha yetkaziladi, so‘ngra
kolbaning og‘zi tiqin bilan berkitiladi va eritma yaxshilab chayqatiladi (14-rasm).
Kislota-asosli titrlashda ekvivalentlik