Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə42/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

14-rasm. Fiksanaldan eritma tayyorlash.

nuqtasi aniqlanadi. Ma’lumki, neytrallash reaksiyasidagi o‘zgarishlarni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. Shuning uchun ekvi- valentlik nuqtasini topishda titrlanayotgan eritmaga mos keladi- gan biror indikator qo‘shishga to‘g‘ri keladi. Eritmaning pH qiy- mati o‘zgarishi bilan o‘z rangini o‘zgartirish xossasiga ega bo‘lgan moddalar indikatorlar deyiladi. Indikatorlarning rangi keskin o‘zgaradigan vaqt titrlash nuqtasining oxiri deyiladi. U qancha aniq topilsa, analiz natijasi shuncha to‘g‘ri chiqadi.
      1. Titrlash egri chiziqlari


Kislota-asosli titrlashda indikatorlar nazariyasi bilan tanishib chiqdik. Titrlashda ekvivalentlik nuqtasidagi pH ning qiymati reak- siyaga kirishayotgan kislota va asosning tabiatiga, ularning konsen- tratsiyasiga bog‘liq. Aksari hollarda titrlash jarayonida hosil bo‘ladigan tuzning gidrolizlanishiga bog‘liq ravishda ekvivalentlik

nuqtasi kislotali yoki ishqoriy muhitda ham bo‘ladi. Shuning uchun har qaysi holda shu titrlashning ekvivalentlik nuqtasi yaqinidagi yoki ekvivalentlik nuqtasining o‘zidagi pH qiymatida o‘z rangini o‘zgartiradigan indikator tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Kislota-asosli titrlash jarayoni grafik shaklda ifodalanadi. Bu egri chiziq neytrallashning turli holatlarida, titrlanadigan modda eritmasiga kislota yoki asosning standart ishchi eritmasini qo‘shish jarayonida uning pH qiymati o‘zgarishini ifodalaydi va titrlash egri chiziqlari deb ataladi.
Titrlash egri chiziqlari titrlashning turli holatlarida eritmaning pH qiymati o‘zgarishini, neytrallash jarayoniga haroratning, o‘zaro ta’sir etuvchi moddalar konsentratsiyasining ta’sirini, titr- lashning oxirgi nuqtasini ko‘rsatib, titrlash uchun indikator tan- lashga imkon beradi.
Titrlashda egri chiziqning shakli titrlanadigan va standart ish- chi eritmaning o‘zaro ta’sir xususiyati bilan aniqlanadi. Kislota- asosli titrlash turli xil Efi chiziqlar bilan ifodalanishi mumkin.
Titrlash egri chiziqlarida ekvivalentlik nuqtasida va titrlash oxirida pH ning g‘oyat keskin o‘zgarishi («sakrash») kuzatiladi. Bunday keskin o‘zgarishda eritmaning rangi ham o‘zgaradi.
Titrlash egri chizig‘ining titrlashdan oldingi, ekvivalentlik nuq- tasigacha, ekvivalentlik nuqtasidagi va ekvivalentlik nuqtasidan keyingi nuqtalari asosiy nuqtalar hisoblanadi.
Titrlashdan oldin titrlanadigan eritmaning pH qiymati uning konsentratsiyasiga, dissotsilanish konstantasiga yoki gidrolizlanish konstantasiga bog‘liq bo‘ladi.
Kuchli kislota yoki asos eritmalarining pH qiymati ularning kon- sentratsiyasiga deyarli teng bo‘ladi, chunki ular ionga to‘liq dissotsi- langan. Titrlangandan keyin [H+] faqat titrlanmasdan qolgan kislo- ta yoki asosning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi, chunki hosil bo‘lgan tuz gidrolizlanmaydi va pH qiymatiga ta’sir qilmaydi.
Kuchsiz kislota yoki asos eritmasining pH qiymati eritmaning konsentratsiyasidan tashqari uning dissotsilanish konstantasiga va gidrolizlanadigan tuzlar eritmalarining gidrolizlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ekvivalentlik nuqtasida eritmaning muhiti pH hosil bo‘lgan tuzlarning xossasiga va ekvivalentlik nuqtasidan keyin qo‘shilgan reaktivning ortiqchasiga bog‘liq bo‘ladi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin