Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


NaOH eritmasining normalligini shavel kislotasining standart eritmasi bo‘yicha aniqlash



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə45/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

NaOH eritmasining normalligini shavel kislotasining standart eritmasi bo‘yicha aniqlash


Yaxshilab yuvilgan byuretka titri aniqlanishi lozim bo‘lgan ishqor eritmasi bilan chayiladi va shu eritma bilan to‘ldiriladi. Suyuqlikning meniski byuretkaning nol darajasiga keltiriladi.
Pipetka oksalat kislotaning standart eritmasi bilan chayiladi, so‘ngra eritmadan pipetka bilan 10,00 ml olinib konussimon kol- baga solinadi va unga 1 tomchi fenolftalein qo‘shib aralashtiriladi. So‘ngra 1 minut davomida chayqatilganda yo‘qolmaydigan push- ti rang (qizil) paydo bo‘lguncha ishqor eritmasi bilan titrlanadi. 4–5 marta titrlashdan keyin o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi va o‘yuvchi natriy eritmasining normalligi hisoblab topiladi.

3.6 Oksidlanish-qaytarilish usullari


3.6.1 Oksidlanish-qaytarilish potensiali
Oksidlanish potensiali tushunchasi haqida sifat analizi kursida o‘tgan va uning katta ahamiyati borligini aytib o‘tgan edik. Miq- doriy analizda oksidlanish potensiali yanada katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, oksidlovchi elektronlar biriktirib olib qaytariladi, qaytaruvchi esa elektronlar berib oksidlanadi. Oksidlanayotgan atom yoki ionlarning valentligi ortadi, qaytarilayotgan atom yoki ionlarning valentligi esa kamayadi.
Oksidlovchi va qaytaruvchilar bir-biridan xossalariga va kuchiga qarab farqlanadi. Kuchli oksidlovchilarda elektronlarni biriktirib olish xossasi kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pchilik qaytaruv- chilar elektronlarini, shu jumladan, kuchsiz, ya’ni o‘z elektron- larini qiyinchilik bilan beradigan qaytaruvchilar elektronlarini ham tortib oladi. Aksincha, kuchsiz oksidlovchilarning elektron birikti- rish xossasi juda kuchsiz bo‘ladi. Shu sababli ular faqat kuchli (ya’ni elektronlarini osongina beradigan) qaytaruvchilarnigina oksidlaydi. Oksidlash potensiallariga qarab oksidlovchi va qaytaruvchilar- ning kuchi haqida fikr yuritish mumkin. Eritmaga botirilgan elek- trodning eng yuqori potensiali oksidlash aktivligining o‘lchovi
bo‘ladi va u eritmaning oksidlash potensiali deyiladi.
Haqiqatan ham hech qachon mutlaqo toza oksidlochi yoki mutlaqo toza qaytaruvchi bo‘lmaydi. Eritmada ular o‘zlarining

4
oksidlanish yoki qaytarilish mahsulotlari bilan aralash holda uchraydi. Masalan, qaytaruvchi Fe++ ionlari bo‘lgan eritmada hamma vaqt uning oksidlanish mahsuloti – Fe+++ ionlari bo‘ladi. Shuningdek, Cl2 MnO va oksidlovchilar ham toza bo‘lmaydi, ularning tarkibida doimo oz miqdorda bo‘lsa ham qaytarilish mahsulotlari, ya’ni Cl, Mn++ ionlari bo‘ladi.

4
Demak, ayrim oksidlovchi yoki ayrim qaytaruvchining oksidlash potensiali haqida emas, balki Fe+++/Fe++, Cl2/2Cl, MnO/Mn++ va shular kabi oksidlanish-qaytarilish juftlarining oksidlanish-qay- tarilish potensiallari to‘g‘risida gapirish to‘g‘ri bo‘ladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kuchini bilish uchun ok- sidlovchi va qaytaruvchilar juftining normal oksidlanish-qaytari- lish potensialini aniqlash kerak.
Oksidlanish-qaytarilish potensiali E ning konsentratsiya va ha- roratga bog‘liqligi Nernst tenglamasi orqali ifodalanadi:

E = E + RT ⋅ ln
nF
[Ox]a


[Re d ]b

Bu yerda E – birorta juftning potensiali; B, E° – standart po- tensial, B, R – gaz doimiysi, 8,314 Dj/grad, molga teng; T – absolyut harorat; °K, F – Faradey soni, 96500 kulonga teng; n – reaksiyada olinayotgan yoki berilayotgan elektronlar soni; a,b – oksidlovchi va qaytaruvchilar uchun stexiometrik koeffi- tsientlar [Ox], [Red] – oksidlovchi va qaytaruvchining konsen- tratsiyasi.
Agar konstantalarning son qiymatlarini tenglamaga qo‘yib, natural logarifmni o‘nlik logarifmga aylantirsak (25°C uchun), quyidagi tenglama hosil bo‘ladi:


Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin