Shuni nazarda tutish kerakki, permanganat toza bo‘lmaydi, uning tarkibida har doim qaytarilish mahsulotlari, masalan, MnO2 bo‘ladi. Bundan tashqari permanganat chang bilan birga suvga tu- shadigan qaytaruvchilar (ammiak, organik moddalar va b.) ta’siridan oson parchalanadi. Buning natijasida KMnO4eritmasi tayyorlanib bo‘lgandan keyin uning konsentratsiyasi biroz kama- yadi.
Demak, KMnO4 dan aniq miqdorda tortib olish yo‘li bilan permanganatning titrlangan eritmasini tayyorlab bo‘lmaydi. Tay- yorlab qo‘yilgan permanganat eritmasining titrini 7–10 kundan keyin aniqlash kerak.
Kaliy permanganat eritmasini qorong‘i joyda yoki qoramtir shisha idishlarda saqlash zarur, chunki uning parchalanish reaksi- yasi yorug‘lik nuri ta’sirida tezlashadi:
4KMnO4+2H2O= ↓4MnO2+4KOH+3O2↑
10% KMnO4 tayyorlash kaliy permanganatning eritmasidan 250 ml hajmdagi 0,1 n li eritmasini tayyorlash.
Ushbu reaksiyaga:
MnO−+ 8H++ 5e= Mn++ 4HO 4
4 2
EKMnO = 31, 61 g ko‘ra
Proporsiya tuzamiz:
1 n KMnO4 eritmasida 31,61 g KMnO4 bor. 0,1 n KMnO4eritmasida xg KMnO4 bor.
x= 0,1⋅31,61= 3,161 g.
1
1000 ml eritmada 3,161 g KMnO4 erigan. 250 ml eritmada xg KMnO4 erigan.
x=250⋅31,61=0,79 g. 1000
10 g KMnO4 100 ml eritmada erigan. 0,79 g KMnO4xml eritmada erigan.
x=0,79⋅100=7,9ml.
10
Demak, 0,1 n eritma tayyorlash uchun 10% li KMnO4 eritmasi- dan taxminan 8,0 ml olib, 250 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi va belgisiga qadar distillangan suv qo‘shib suyultiriladi.