2 4
TH SO
12-rasm. Pipetkalar va pipet- kalar qo‘yiladigan shtativ.
= 0.0049
g /
ml.
Titrimetrik analiz bajarilish ji- hatidan gravimetrik analizga nis- batan birmuncha afzallikka ega. Masalan, hajmiy analizda reaksi- ya mahsulotini ko‘p vaqt oladi- gan tarozida tortish o‘rniga reak- tivning aniq konsentratsiyali standart ishchi eritmasi yoki titr- langan eritmasi bilan reaksiyaga sarflangan hajmi aniq o‘lchanadi. Ammo titrimetrik analizdagi natijalarning
aniqligi gravimetrik
analizdagiga qaraganda birmuncha kam bo‘ladi. Har qanday tit- rimetrik analitik reaksiyani olib borishda titrlangan eritmani byuretkadan (
11–13-rasmlar) kolbadagi hajmi aniq o‘lchangan tekshiriladigan eritmaga oz-ozdan tomchilab qo‘shiladi.
Bu ja- rayon titrlash deyiladi. Buni biroz tajribaga ega bo‘lgan kishi bir necha minutda bajaradi.
Titrlash jarayonida reaksiyaga kirishayotgan moddalarning miqdorlari aralashmada ekvivalentiga tenglashganini ko‘rsatuvchi ekvivalentlik nuqtasi kuzatiladi. Shu nuqqada sarflangan standart ishchi eritmaning hajmi belgilanadi va titrlash to‘xtatiladi.
Titrimetrik analizda ekvivalent- lik nuqtasini aniq qayd qilish zarur. Ekvivalentlik nuqtasini bel- gilashga imkon beradigan
mod- dalar indikatorlar, rangli reaktivlar bo‘lib, ular reaksiya jarayonida o‘z rangini o‘zgartiradi.
Odatda, rangli yoki loyqa erit- malarni indikatorlar bilan titrlab bo‘lmaydi, chunki bunda indikator rangining o‘zgarishini bilish qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda ekvivalent- lik nuqtasini belgilash uchun titr- lashda eritmaning ba’zi fizik xossa- lari (elektrod
potensiali, elektr o‘tkazuvchanligi va b.) o‘zgarishi- dan foydalaniladi.