Kumush nitrat eritmasining konsentratsiyasini natriy xloridning titrlangan eritmasi bo‘yicha aniqlash. Tozalab yuvilgan byuretka ku- mush nitrat eritmasi bilan chayqib tashlanadi, shundan so‘ng unga AgNO3 eritmasi to‘ldiriladi va byuretka titrlash uchun tayyorlana- di. Sig‘imi 10 ml bo‘lgan toza pipetka natriy xlorid eritmasi bilan chayqab tashlanadi va NaCl eritmasidan 10,00 ml o‘lchab olib ko- nussimon kolbaga solinadi, so‘ngra 1–2 tomchi indikator (to‘yingan yoki 1 ml 5% li) K 2CrO 4 eritmasi qo‘shiladi. Ana shundan keyin aralashmaning sariq rangi kumush nitratning ortiqcha bir tom- chisidan qizg‘ish rangga o‘tguncha titrlanadi. AgNO 3 eritmasining oxirgi tomchilari sekin, suyuqlikni qattiq chayqatib turgan holda qo‘shiladi. 2–3 marta titrlash natijalari bo‘yicha kumush nitrat ish- chi eritmasining konsentratsiyasi hisoblab chiqiladi.
Masalan, konsentratsiyasi 0,01057 n bo‘lgan 10,00 ml natriy xlorid eritmasini titrlash uchun o‘rtacha 10,2 ml kumush nitrat eritmasidan sarflangan bo‘lsin. Unda:
3 3
NAgNO ⋅VAgNO = NNaCl ⋅VNaCl
NAgNO3
= 0, 01057⋅10, 00 = 0, 01030 n
10,26
AgNO 3 eritmasining normalligini odatdagi usulda topib, u AgNO 3 ning xlor bo‘yicha titriga aylantirilsa, namuna tarkibidagi xlorning miqdorini hisoblash ancha osonlashadi. Masalan, ku- mush nitrat eritmasining xlorga nisbatan normalligi 0,01030 bo‘lsa, u holda:
TAgNO3 / NaCl
= 0, 01030⋅35, 46 = 0, 0003653 g/ml ga teng.
1000
Bu qiymat titrlash uchun sarf bo‘lgan AgNO 3 eritmasining millilitrlar soniga ko‘paytirilsa, titrlanayotgan eritmaning sarf- langan hajmida necha gramm Cl– ioni borligi kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |