Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Elektr kimyoviy analiz usullari



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə64/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Elektr kimyoviy analiz usullari. Elektr-tortma analiz – elek- trolit eritmalaridan o‘zgarmas tok o‘tkazilganida elektrodlarda cho‘kma tarzida ajraluvchi moddalarni (metallar yoki oksidlarni) ajratib olib, analitik tarozida tortish va cho‘kma massasi bo‘yicha tekshiriluvchi eritmadagi moddaning miqdorini aniqlashga asos- langan. Hozirgi vaqtda bu usul kam qo‘llaniladi.
Elektr-kimyoviy analiz usullari elektrodlarda yoki elektrodlar orasidagi fazada o‘tayotgan jarayonlarga asoslangan. Elektrod ja- rayoni tashqi elektr toki bo‘lmaganda doimiy kuchlanish berish bilan sodir bo‘lishi mumkin. Elektrometrik usullar moddalarning elektrometrik xususiyatlarini (elektr o‘tkazuvchanlik, potensial, tok kuchi va b.) tekshirishga asoslangan.
    1. Potensiometrik analiz


Potensiometrik analiz usulida eritmaga tushirilgan elektrod bilan eritma orasida hosil bo‘lgan potensial o‘rganiladi va uning noma’lum moddaning konsentratsiyasiga bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi.
Potensiometrik analiz potensiali aniqlanadigan eritmadagi komponentning aktivligi, elektrodning potensialini o‘lchashga va uning qiymati orasidagi bog‘lanishni topishga asoslangan.
Potensiometrik analiz usullari bevosita potensiometriya (iono- metriya) va potensiometrik titrlash turlariga bo‘linali. Bevosita potensiometriya usullari elektrod reaksiyasida ishtirok etuvchi moddaning aktivligi yoki konsentratsiyasini zanjirning tajribada o‘lchangan EYKi yoki tegishli elektrodning potensiali orqali Nernst tenglamasidan foydalanib topishga asoslangan. Potensio- metrik titrlashda ekvivalentlik nuqtasi shu nuqta yaqinida poten- sialning keskin o‘zgarishi (sakrashi) orqali aniqlanadi.
Potensiometrik analiz usuli qaytar galvanik elementlarda tek- shiriluvchi eritmaga botirilgan har xil ishorali elektrodlar orasida yuzaga keluvchi potensiallar ayirmasini o‘lchashga asoslangan. Potensiometriyada, odatda, ikki elektroddan iborat galvanik ele- ment ishlatiladi. Bunda elektrodlar bitta eritmaning o‘ziga botiri- lishi (ionlar ko‘chmaydigan) yoki tarkibi har xil va oralarida suyuqlik kontakti bo‘lgan ikkita eritmaga botirilishi (ion ko‘cha- digan zanjir) mumkin.
Potensiali eritmadagi aniqlanuvchi ionlar aktivligiga (konsen- tratsiyasiga) bog‘liq bo‘lgan elektrod indikator elektrod deyiladi. Iadikator elektrodning potensialini o‘lchash uchun eritmaga po- tensiali aniqlanuvchi ionlar konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan ikkinchi elektrod tushiriladi. Bunday elektrod taqqoslash elektro- di yoki standart elektrod deb ataladi. Indikator elektrodning po- tensiali shu elektrodga nisbatan aniqlanadi. Indikator va standart elektrodning bir necha turlari ishlatiladi.
Potensiometriyada indikator elektrodlarning ikki asosiy turi- dan foydalaniladi: 1. Fazalari orasidagi chegaralarda elektronlar ishtirok etuvchi reaksiyalar sodir bo‘ladigan elektrodlar. Bular elektron almashuvchi elektrodlar deb ataladi. 2. Fazalari orasidagi chegaralarda ion almashinish reaksiyalari sodir bo‘luvchi elek- trodlar. Bular membranali yoki ion almashuvchi, ion-selektiv elek- trodlar deb ataladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin