Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va masalalar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə61/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savol va masalalar


  1. Titrimetrik analizda cho‘ktirish reaksiyalarini qo‘llash uchun qanday sharoitlar yaratish talab qilinadi?

  2. Ushbu AgCl, Fe(OH)3, CaSO4, PbCl2, AgBr, A1(ON)3 cho‘kmalarining qaysilaridan cho‘ktirish usulida foydalaniladi?

  3. Quyidagi reaksiyalarda dastlab hosil bo‘ladigan moddalar- ning gramm-ekvivalentini hisoblang:

NaCl+AgNO3→↓AgCl+NaNO3 Hg2Cl2+2KBr=Hg2Br2+2KCl 3ZnSO4+2K4[Fe(CN)6]=K2Zn3[Fe(CN)6]2+3K2SO4 MgCl2+NH4OH+Na2HPO4=MgNH4PO4+H2O+2NaCl

  1. Cho‘ktirish usulida titrlashdagi «sakrash»ning qiymati eruv-

chanlik ko‘paytmasiga, eritmaning konsentratsiyasiga qanday bog‘liq bo‘ladi?

  1. Cl, Br, J ionlari bo‘lgan aralashmani argentometrik aniqlashda ular qanday tartibda cho‘kmaga tushadi? Titrlash egri chizig‘ining ko‘rinishi qanday bo‘ladi?

  2. Mor usulining mohiyati nimadan iborat?

  3. Folgard usulining mohiyati va qo‘llanish shartlari nimalar- dan iborat?

  4. Galogenlarni aniqlashda ekvivalentlik nuqtasi qanday usul bilan aniqlanadi?

  5. Galogenlarni argentometrik titrlashda qo‘llaniladigan indi- katorlarni aytib bering.

  6. Galogenlarni aniqlashda: a) Mor, b) Folgard usullarining mohiyati nimadan iborat? Standart ishchi eritmasining asosiy reaksiyasi tenglamasini yozing.

  7. AgNO3 ning standart ishchi eritmasi qanday tayyorlanadi va uning normalligi qanday aniqlanadi? Bu eritma qanday saqlanadi?

  8. Galogenlarni rodanometrik titrlashda temirli achchiqtosh indikatorning ta’sir etish mexanizmi qanday?

  9. Galogenlarni aniqlashdagi Mor va Folgard usullarining afzalliklari va kamchiliklarini solishtiring.

  10. Ag+ va CI ionlarining konsentratsiyasi rodanometrik usulda qanday aniqlanadi? Hisoblash formulasini keltiring.

  11. 0,025 n li AgNO3 eritmasi berilgan. Uning titrini: a) xlorid- ion bo‘yicha; b) NaCl bo‘yicha hisoblang. Javobi: a) TAgNO3 /Cl=

=0,0008875 g/ml;
b) TAgNO3 /NaCl =0,001463 g/ml.

  1. 25 ml NaCl eritmasini titrlashga 26,45 ml 0,05000 n AgNO3 eritmasi sarf bo‘lgan. 250 ml eritmada necha gramm NaCl bor? Javobi: 0,07200 g.

  2. Tarkibida 86% Ag bo‘lgan qotishmadan analiz uchun 0,5000 g tortib olib eritilgan. Namuna eritmasini titrlash uchun 50 ml KSCN eritmasi sarflangan. Kaliy rodanid eritmasining nor- malligini hisoblang. Javobi: 0,1091 n.

  3. N12 ml eritma tarkibida 6,5 g KCl bor. Shu eritmani titr- lash uchun 0,100 n AgNO3 dan qancha hajmda olish kerak? Javo- bi: 10,46 ml.

  4. Suyultirilgan HCl eritmasi 250 ml li o‘lchov kolbasida eri- tilgan va distillangan suv qo‘shib, kolbaning belgisiga qadar keltirilgan. Ana shu eritmadan 20 ml olib, cho‘ktirish uchun 0,9850 n AgNO3 dan 24,37 ml sarflangan; HCl ning 1 litr tek- shiriladigan eritmasida qancha gramm HCl bor? Javobi: 0,43761 g.

  5. Kaliy xlorid namunasidan 0,9000 g tortib olib, 200 ml li o‘lchov kolbasida eritilgan va suv qo‘shib, kolba belgisigacha to‘ldirilgan. Shu eritmaning 25 ml ni titrlash uchun 0,05000 n AgNO3 eritmasidan 30 ml sarflangan. Berilgan namunada necha foiz HCl borligini hisoblang. Javobi: 99,33%.

  6. Kompleksonometrik titrlashning mohiyati nimadan iborat?

  7. Qanday organik reaktivlar kompleksonlar deyiladi? Kom- pleksonlardagi qaysi guruhlar kislotalilik xossasini belgilaydi va kompleks hosil qilish qobiliyatiga ega?

  8. Kompleksonometrik titrlashda ekvivalentlik nuqtasi qan- day aniqlanadi?

  9. Kompleksonometrik bevosita titrlashda kalsiy, magniy, rux kationlari bilan reaksiya tenglamasini yozing, reaksiyaning sharoiti, indikatorlarini aytib bering.

  10. Kompleksonometrik teskari titrlash usuli bilan aluminiyni aniqlashda sodir bo‘ladigan reaksiya sharoitini, foydalaniladigan indikatorlarni va reaksiya tenglamasini yozing.

  11. Kompleksonometrik titrlashda azobo‘yoq, erioxrom qora T ni indikator sifatida ishlatish nimaga asoslangan? Ishqoriy muhitda indikatorning rangi qanaqa bo‘ladi? Kislotali muhit- da-chi? Ammiakli muhitda metall ionlari Ca2+, Mg2+, Zn2+ in- dikator bilan hosil qilgan birikmalar qanday rangga ega bo‘ladi?

  12. Kompleksonometrik titrlash uchun qanday indikatorlar- dan foydalaniladi va ularning ta’siri nimaga asoslangan?

  13. Metall ionlari bo‘lgan eritmani komplekson III bilan titr- lashdan oldin bufer eritma qo‘shishning sababi nima?

  14. Kalsiy ionini komplekson III bilan titrlashda qanday bufer eritma ishlatiladi?

  15. Komplekson III ning normalligini aniqlash uchun qanday moddalar qo‘llaniladi?

  16. Etilendiamintetraasetat ikki natriyli tuzining standart ish- chi eritmasi qanday tayyorlanadi?

  17. Kompleksonometrik titrlash usullari haqida batafsil so‘zlab bering.

  18. Tabiiy suvning qattiqligi kompleksonometrik usulda qan- day aniqlanadi? Suvning qattiqligi qanday o‘lchov birligi bilan ifodalanadi?

  19. Kompleksonometriya usulining mohiyatini aytib bering.

  20. Kompleksonometriyada qanday indikatorlar ishlatiladi?

  21. Suvning umumiy qattiqligini kompleksonometrik titrlash usuli bilan aniqlang.

  22. Komplekson III ning Ca2+ va Mg2+ ionlari bilan kompleks hosil qilish sxemasini yozing.

  23. Indikator – qora erioxrom T ikki valentli kalsiy va magniy tuzlari bilan qanday kompleks birikma hosil qiladi?

  24. Agar 25 ml hajmdagi eritmani titrlashga 25 ml 0,1 n li ZnSO4 eritmasi sarflangan bo‘lsa, komplekson III ning titrini hi- soblang.

  25. 0,4025 g texnik ammoniy fosfatning eritmasiga 25 ml 0,1 n MgSO4 eritmasi qo‘shilgan va cho‘kma filtrlab olingan. Filtratni titrlash uchun 0,1 n komplekson III eritmasidan 5 ml sarf bo‘lgan. Aniqlanayotgan namunada necha foiz (NH4)2HPO4 bor?


4 2 4
M(NH ) HPO
= 132. Javobi: 32,87%.

  1. Aluminiy tuzining 1,802 g tortimidan 250 ml eritma tay- yorlangan. Shu eritmaga 0,1 n komplekson III ning 25 ml eritma- si tegishli sharoitda ta’sir ettirilgan. Teskari titrlash uchun 0,1 n rux sulfat eritmasidan 15 ml sarf bo‘lgan. Namunada qancha foiz aluminiy bor? AAl=27%. Javobi: 7,5%.

  2. 3,0340 g shisha namunasi tegishli ishlovdan so‘ng eritildi va eritma hajmi 100 ml ga yetkazildi. Shu eritmaning 20 ml ini titr- lash uchun komplekson III eritmasidan 7,06 ml sarflanadi. Shisha tarkibidagi Ca ning foiz miqdorini hisoblang. Javobi: 0,32%.


IV bob. FIZIK-KIMYOVIY ANALIZ USULLARI





    1. Yüklə 3,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin