Texnik natriy xloriddagi xlor ionlari miqdorini Mor usuli bo‘yicha aniqlash
Eriydigan xloriddagi xlor ionini aniqlash analiz qilinayotgan modda tortimi yoki uning eritmasini AgNO3 ning standart erit- masi bilan indikator – kaliy xromat ishtirokida to‘g‘ridan to‘g‘ri titrlashga asoslangan:
Ag++Cl–=AgCl↓
Hisoblab chiqilgan texnik natriy xlorid tortimi yoki uning erit- masi o‘lchov kolbasiga solinadi, belgisigacha distillangan suv qu- yiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan eritmadan pipet- ka yordamida 10,00 ml miqdorda olinadi va AgNO3 ning titri ma’lum eritmasi bilan K2CrO4 ishtirokida titrlanadi.
Agar analiz uchun kristall holatdagi modda olingan bo‘lsa, u holda NaCl yoki Cl– ionlarining namunadagi miqdori foiz hiso- bida aniqlanadi. Agar analiz uchun NaCl eritmasi berilgan bo‘lsa, u holda undagi Cl– ionlari miqdori grammlarda hisoblanadi.
Rodanometriya
Hajmiy analizning rodanometrik usuli (Folgard usuli) cho‘k- tiruvchi sifatida molekulasida CNS– ionlar bor titri ma’lum bo‘l- gan NH4CNS eritma ishlatishga asoslangan:
AgNO3+NH4CNS=AgCNS↓+NH4NO3 Ag++CNS–=AgCNS↓
Standart eritmalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: Ag+ ionlarini aniqlash uchun ammoniy rodanid; galogenidlar hamda boshqa anionlarni aniqlash uchun kumush nitrat va kumush qotishmalaridagi kumush. Bu usulda indikator vazifasini Fe3+ ionlari bajaradi, chunki u eritmadagi ortiqcha NH4CNS bilan reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan qizil tusli modda – temir rodanid Fe(CNS)3 ni hosil qiladi:
Fe3++3CNS–=Fe(CNS)3 Amalda indikator sifatida temir-ammoniyli achchiqtosh NH4Fe(SO4)2·12H2O ning to‘yingan eritmasi ishlatiladi. Faqat unga gidrolizni susaytirish va eritmaning gidrolizi tufayli paydo bo‘ladigan qo‘ng‘ir tusini yo‘qotish uchun ozgina konsentrlangan
HNO3 qo‘shilgan bo‘lishi kerak. Bu usulda Mor usulidan farqli ravishda eritmada kislotaning ishtirok etishi titrlashga zarar yetkazmaydi, balki aniqroq natijalar olishga yordam beradi.
Rodanometrik analizning qator afzalliklari bor:
Rodanometrik analizni xloridlar, bromidlar, yodidlar va ku- mush ionlarini aniqlashda qo‘llasa bo‘ladi.
Usuldan kislotali eritmalarni titrlash uchun foydalanish mumkin, chunki AgCNS cho‘kmasi kislotalarda erimaydi. Usul- ning bu xususiyati kislotalarda eriydigan kumush qotishmalarini analiz qilishda hamda kuchli kislotali muhitda galogenidlarni miqdoriy aniqlashda qulaylik tug‘diradi, chunki galogenidlarni kislotali muhitda Mor usuli bo‘yicha titrlab bo‘lmaydi.
Boshqa ionlar Ba2+, Pb2+ Mor usuli bo‘yicha aniqlashga to‘sqinlik qilsalar-da, ko‘p hollarda Folgrad usuli bo‘yicha aniq- lashga xalal bermaydi.
Bu usul bilan titrlashga faqat simob tuzlari va oksidlovchilar xalal beradi, chunki simob tuzlari CNS– ionini cho‘ktiradi, oksid- lovchilar esa uni oksidlaydi.