Kompleksonometriktitrlash. Kationlarni komplekson III (EDTA) bilan potensiometrik titrlashda indikator elektrod sifati- da tegishli metallardan foydalanish mumkin. Masalan, mis tuz- larini mis elektrod, rux tuzlarini rux elektrod yordamida yoki mos keluvchi ionselektiv elektrod yordamida titrlash mumkin. Lekin ko‘pchilik metall indikator elektrodlar qaytmas ta’sirlanadi, ionselektiv elektrodlar soni esa unchalik ko‘p emas.
Amaldaqo‘llanilishi. Eritma pH ini shisha va boshqa elektrod- lardan foydalanib potensiometrik aniqlash usullari, shuningdek, ion-selektiv elektrodlar vositasida ionlar konsentratsiyasini (aktiv- ligini) bevosita potensiometrik aniqlash usullari (ionometriya) amalda keng qo‘llaniladi. Cu2+, Hg2+, Ag+, Ca2+, Na+, K+, Cl–, F–, S2– va boshqa ionlarga sezgir ionselektiv elektrodlar yaratilib, ular turli texnologik eritmalarni, atrof-muhit obyektlarini va b. analiz qilishda muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Ion-selektiv elek- trodlar asosida yasalgan potensiometrik datchiklar texnologik ja- rayonlarning borishini kuzatish imkonini beradi.
Kalsiyli ion-selektiv elektroddan ko‘p sohalarda amalda foyda- laniladi. Suv va turli eritmalarning odatdagi analizidan tashqari kalsiyli elektroddan tibbiy-biologik tadqiqotlarda, klinik tibbiyot- da va b. keng foydalaniladi, chunki kalsiy ionlarining konsentra- tsiyasi (aktivligi) ko‘pchilik hayot faoliyati jarayonlariga va fiziologik jarayonlarga (asab faoliyati, fermentlarning ishlashi va b.) ta’sir ko‘rsatadi. Suvning qattiqligini aniqlashga imkon beruv- chi membranali ion-selektiv elektrod yaratilgan, uning suvdagi Sa2+ va Mg2+ ionlariga sezgirligi bir xil bo‘ladi.
Potensiometrik usullar qo‘llaniladigan yana bir muhim soha kislota, asos, tuz va b. moddalarni ion-selektiv elektrodlardan foydalanib potensiometrik titrlashdir. Potensiometrik usullar
loyqa va rangli eritmalarni tekshirishda hamda suvsiz va aralash eruvchilar asosidagi eritmalar analizida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda.