Spektral analiz usuli tekshiriladigan moddaning atomi yoki molekulasi elektromagnit nurni chiqarish hodisasidan foydala- nishga yoki bu nurning ular bilan o‘zaro ta’sirlanishiga (ko‘proq nurning yutilishiga) asoslangan.
Analizning spektral usullariguruhiga quyidagilar kiradi: emis- sion spektral analiz – tekshiriluvchi modda nurlarining emission spektrlarini (nur tarqatish yoki nurlanish spektrlarini) o‘rganishga asoslangan fizikaviy usullar. Bu nurlar kuchli qo‘zg‘atuvchi man- balar (elektr yoyi, yuqori voltli uchqun) ta’sirida hosil bo‘lali. Bu usul moddaning element tarkibini – ayni modda tarkibiga qanday elementlar kirganligini aniqlashga imkon beradi.
Alanga spektrofotometriyasi yoki alanga fotometriyasi emission spektral analizning bir turi bo‘lib, tekshirilayotgan modda ele- mentlarining zaifroq qo‘zg‘atish manbalari ta’sirida hosil bo‘luvchi emission spektrlarini tekshirishga asoslangan. Bu usul tekshiriluv-
chi namunada, asosan, ishqoriy va ishqoriy – yer metallar, shu- ningdek, galliy, indiy, talliy, qo‘rg‘oshin, marganes, mis singari metallarning miqdori haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Atom-adsorbsion spektrofotometrik analiz usuli alanga gazlari- da metall erkin atomlarining shu elementga xos to‘lqin uzunligi- dagi yorug‘lik energiyasini yutishiga asoslangan. Bu usulda emis- sion alanga fotometriyasi usulida aniqlab bo‘lmaydigan surma, vismut, selen, rux, simob kabi elementlarni aniqlash mumkin.
Adsorbsion spektroskopiyamoddalarning har biriga xos bo‘lgan yutish spektrlarini o‘rganishga asoslangan. U quyidagi usullarga bo‘linadi:
Spektrofotometrik usul spektrning ultrabinafsha, ko‘rinuvchi va infraqizil sohalarida muayyan to‘lqin uzunlikda yorug‘lik yuti- lishini o‘lchashga asoslangan.
Fotokolorimetrik usulspektrning ko‘rinuvchi sohasida nur yuti- lishini yoki yutilish spektrini aniqlashga asoslangan. Analizning lyuminessent yoki fluoressent usulida moddalar ultrabinafsha nur- lar bilan nurlantirilganda ulardan tarqaluvchi ko‘rinuvchi nurlar- ning intensivligi (fluoressensiya) aniqlanadi.