O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
səhifə 73/103 tarix 20.11.2023 ölçüsü 3,86 Mb. #163257
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)
Metall va uning tuzi eritmasi orasida potensiallar ayirmasi vujudga kelish mexanizmini tushuntirib bering.
Nernst tenglamasini yozib, unga kiruvchi kattaliklarning ma’nosini tushuntirib bering.
Indikator elektrod va taqqoslash elektrodi nimaligini aytib bering. Ularga qanday talablar qo‘yiladi?
Shisha elektrod , uning ishlash prinsipi va uning qaysi hol- larda ishlatilishini ayting.
Ion-selektiv elektrodlar, ularning asosiy turlari , tuzilishi va xususiyatlarini tavsiflab bering.
Bilvosita potensiometriya, uning afzalliklari , kamchiliklari va ishlatilish sohalarini bayon qiling.
Potensiometrik o‘lchashlar uchun ishlatiladigan qurilma- ning sxemasini aytib bering.
Bilvosita potensiometriya, potensiometrik titrlash , uning mohiyati, bevosita potensiometriyaga nisbatan afzallik va kam- chiliklarini tushuntiring.
Ekvivalentlik nuqtasini aniqlashning qanday usullari bor?
Potensiometrik titrlash egri chiziqlari qanday koordinata- larda yasaladi?
Potensiometriya usuli nima va qanday xossalarga asos- langan? Bu usulning afzalligi va kamchiligi nimadan iborat?
Real potensial normaldan qanday farqlanadi?
To‘g‘ri potensiometrik usulning mohiyatini aytib bering.
Potensiometrik titrlash nimaga asoslangan?
To‘g‘ri potensiometriya potensiometrik titrlash usulidan qanday farq qiladi?
Potensiometrik titrlash egri chizig‘i deb nimaga aytiladi?
Potensiometrik titrlash usulida foydalaniladigan reaksi- yalarga qanday talablar qo‘yiladi?
Potensiometrik titrlash usuli nimaga asoslanib tasniflana-
di?
Kislota-asosli, oksidlanish-qaytarilish, kompleks hosil qi- lish va cho‘ktirish usullarida titrlashda qanday indikator elek- trodlar qo‘llaniladi?
Potensiometrik titrlashda qo‘llaniladigan reaksiyalarga mi- sollar keltiring.
Potensiometrik titrlash usulida ekvivalentlik nuqtasi qan- day usullar bilan qayd qilinadi?
Vodorod indikator elektrodining potensiali nimaga teng?
Qanday elektrod taqqoslash elektrodi deyiladi va uning potensiali nimaga bog‘liq?
Shisha elektrodning potensiometrik usulda qo‘llanilishini aytib bering.
Qanday elektrod ion-selektiv elektrod deyiladi?
Normal vodorod elektrodning tuzilish sxemasini aytib be- ring.
Shisha va kumush xloridli elektrodlarning tuzilish sxema- larini keltiring.
Potensiometriyada qanday asboblar ishlatiladi? Ularning qismlarini aytib bering.
Kompensatsiya qilinmaydigan usul bilan potensiallarni o‘lchash asbobining sxemasini chizing.
Potensiometrik titrlash asbobining prinsipial sxemasini keltiring.
pH-metr, pH–340 asbobida ishlash texnikasini aytib bering.
Potensiometrik usulda eritma pH ini aniqlash nimaga asoslangan? Aniqlash usulini aytib bering.
Qanday hollarda ionlar aralashmasini cho‘ktirish usulida titrlash mumkin?
Standart, real potensiallar nima va ularning qiymatlari qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?
Tegishli elektrod juftlarining nomini ayting va ularning quyidagi reaksiyalardan foydalanib potensiometrik titrlash uchun ishlatilishiga misollar keltiring:
kislota-asosli titrlash reaksiyalari ;
cho‘ktirish reaksiyalari;
kompleks hosil qilish reaksiyalari ;
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Suvsiz muhitda potensiometrik titrlashning mohiyati, afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: