Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə76/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Turbodimetriya rangsiz suspenziyaning qattiq zarrachalariga yutiladigan nurning intensivligini o‘lchashga asoslangan.
Nefelometriya suspenziyaning qattiq zarrachalari tomonidan qaytarilgan yoki sochilgan nurning intensivligini o‘lchashga asos- langan.
Sindirish koeffitsientini o‘lchashga asoslangan refraktometrik usul, qutblanish tekisligining aylanishini o‘rganishga asoslangan polyarometrik usullar ham optik analiz usullariga kiradi.
      1. Molekular-absorbsion spektroskopiya


Analizning molekular-absorbsion spektroskopiya usullari elek- tromagnit nurlanishning optik qismini moddalarning molekulalari (yoki ionlari) tomonidan yutilishini o‘lchashga asoslangan.
Kvant nur – hv ning yutilishida zarrachalar juda yuqori ener- getik holatga o‘tadi. Agar emission spektroskopiyada atom yoki ionlar qo‘zgalgandagi nurlanishga e’tibor berilgan bo‘lsa, absorb- sion spektroskopiya usulida kvant nurni tanlab yutish jarayoniga e’tibor beriladi.
Optik diapazon sohasiga, o‘lchash usuliga, o‘lchanuvchi nur- lanish dastasining kengligiga qarab molekular-absorbsion usullar quyidagilarga bo‘linadi: kolorimetriya, fotokolorimetriya, spek- trofotometriya va boshqalar.
Kolorimetriya so‘zi ikkita lotin so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, color – rang, metreo – o‘lchash, ya’ni rang intensivligini o‘lchash ma’nosini bildiradi. Kolorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo‘lgan komponent biror reaktiv bilan o‘zaro ta’sirlashuvi nati- jasida eritmada rangli birikmaga aylanadi. Hosil bo‘lgan rangning intensivligi (och-to‘qligi)dan foydalanib aniqlanayotgan kompo- nentlarning miqdori to‘g‘risida xulosa qilinadi. Bu usul tek- shirilayotgan modda tomonidan to‘lqin uzunligi qat’iy aniq biror songa teng bo‘lgan nurlarning yutilishiga asoslanadi.
Har xil turdagi nurlanishning to‘lqin uzunligi ham har xil bo‘ladi. Agar nurlanish faqat bir to‘lqin uzunligida xarakterlansa, u monoxromatik nurlanish deb ataladi. Bir qancha to‘lqin uzun- ligidan iborat nurlanish polixromatik deyilib, u hosil qiluvchi nur- larga ajralishi mumkin.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin