Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Fotometrik reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə84/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Fotometrik reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar


Fotometriyada rangli birikmalar olish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalar qator talablarga javob berishi kerak:

  1. Reaksiya natijasida rangli mahsulot hosil bo‘lishi lozim. Bunga kompleks hosil qilishdan foydalanish, xromofor guruhlarni kiritish; oralab keluvchi π bog‘lar miqdorini oshirish va boshqa usullar bilan erishiladi.

  2. Fotometrik reaksiya mahsulotining tarkibi o‘zgarmas bo‘li- shi kerak. Masalan, kompleks birikmalarning tarkibini barqaror etish uchun muhitning sharoiti, mo‘l reagent, reaksiyani o‘tka- zishning optimal vaqti tanlanadi.

  3. Fotometrik reaksiya mahsulotining rangi juda intensiv bo‘li- shi kerak. Fotometrik reaksiyalar uchun molyar yutish koef- fitsientlari 5000–10000 dan kam bo‘lmagan mahsulotlar hosil qi- ladigan reaksiyalar yaroqlidir. Bu holda reaksiya nihoyatda sezgir bo‘ladi.

  4. Barcha fotometrik o‘lchashlar mutlaqo bir xil sharoitlarda o‘tkaziladi: zaruriy reagentlar tekshiriluvchi eritmaga ham, taqqos- lash eritmasiga ham qo‘shiladi va pH, harorat hamda eritmalar hajmi tenglashtirib turiladi.

  5. Fotometrik reaksiyalar doimo kerakli yo‘nalishda o‘tishi kerak.

  6. Fotometrik reaksiya tanlovchan va faqat muayyan kompo- nent bilangina sodir bo‘lishi lozim.

Fotometrik reaksiyalardan anorganik moddalar analizida ham, organik moddalarni tekshirishda ham keng ko‘lamda foydalanila- di.
Fotomefik analizning har qanday turida ham analitik shaklga yutilish spektrofotometrda ishlanganda optimal to‘lqin uzunligida va elektrokolorimetrda ishlanganda to‘lqin uzunliklarining opti- mal oralig‘ida aniqlanadi.
Amalda ishlatilishi. Analizning fotometrik va spektrofotometrik usullari D.I. Mendeleevning davriy jadvalidagi 50 dan ortiq ele- mentni, asosan, metallarni aniqlashda ishlatiladi. Absorbsion spek- troskopiya usullarida rudalar, minerallar va boshqa tabiiy obyektlar, boyituvchi va gidrometallurgiya korxonalarining qayta ishlash mah- sulotlari analiz qilinadi. Bu usullardan sanoatning metallurgiya, elektronika, kimyo va boshqa tarmoqlarida, tibbiyotda, biologiyada juda samarali foydalaniladi. Ular atrof-muhitning ifloslanganlik darajasini nazorat qilishda ham katta ahamiyatga ega.
Absorbsion spektroskopiya usullari nihoyatda sezgir, tan- lovchan va yetarli darajada aniqligi tufayli kam miqdordagi moddalarni analiz qilishda, ayniqsa, 10–5–10–6% miqdorlardagi qo‘shimchalarni aniqlashda ahamiyati katta. Murakkab namunal- arni kimyoviy yo‘l bilan tarkibiy qismlarga oldindan ajratmay tu- rib elementlarni aniqlashga imkon beruvchi ko‘pchilik fotometrik usullar tanlovchanligi tufayli ham muhim ahamiyatga ega. Bunda bitta elementni 15–20 ta begona elementlar ishtirokida aniqlash mumkin. Shuningdek, bitta aralashma tarkibidagi uch-to‘rtta ele- mentni bitta reaktiv ta’sirida aniqlasa ham bo‘ladi (masalan, ga- logenlar aralashmasini kumush nitrat ta’sirida).
Oddiy, tezkor, aniq fotometrik analiz usullaridan ishlab chiqa- rishni nazorat qilishda, zavod va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarida keng foydalaniladi.


      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin