Amaliy mashg‘ulotlarga doir nazariy ma’lumotlarYorug‘likfiltrlari. Fotokolorimetrik analiz usulida sezgirlikni
oshirish va aniq natija olish uchun fotometrlanayotgan rangli erit- maga yutilayotgan nurning eng katta qiymatini ishlatish maqsad- ga muvofiqdir. Ko‘zga ko‘rinadigan spektrlar sohasidan ma’lum bir to‘lqin uzunlikdagi nurlarni ajratib olish uchun nur yutuvchi
eritmalar oldiga yorug‘lik oqimi yo‘liga nur yutgichlar, ya’ni yorug‘lik filtrlari o‘rnatiladi. Nur filtrlari sifatida rangli shishalar va plyonkalar, rangli suyuqliklar va interferension nur filtrlari ish- latiladi.
Fotoelektrokolorimetrikanaliz. Fotoelektrokolorimetrik aniq- lash ishlarida fotoelementning nur yoyuvchi sirti yoritilishi nati- jasida paydo bo‘ladigan va zanjirdagi galvanomer yordamida yozib olinadigan fototok kuchiga qarab rangli eritmadan o‘tgan nur intensivligi haqida fikr yuritiladi. Aniqlash ishlari maxsus as- boblar – fotokolorimetrlarda olib boriladi. Eng ko‘p tarqalgan fotokolorimetrlar ikki yelkali yoki differensial fotokolorimetr- lardir.
rasmda fotoelektrometrning ishlash sxemasi keltirilgan. Nur manbayi – cho‘g‘lanuvchi lampa (1)dan nur oqimi uni ikki oqimga bo‘luvchi va yassi ko‘zgular (4)ga yo‘naltiruvchi prizma (3)ga tushadi. Ko‘zgular nurni ikki parallel oqimlar ko‘rinishida qaytaradi. Nurning parallel oqimlari nur filtrlagich (5)dan o‘tadi va eritma solingan kyuvetalarga tushadi. 6-kyuvetaga erituvchi, 7-kyuvetaga esa tekshiriladigan eritma solinadi. Nur kyuvetalar- dan o‘tganda qisman yutiladi. Kyuvetalardan o‘tgan nur oqimlari suriluvchi diafragmalar (8)dan o‘tib, ko‘zgular (4)dan qaytadi va orqasida fotoelement (9) bo‘lgan oq rangli shisha (12)ga tushadi. Suriluvchi diafragmalar ularga biriktirilgan hisob barabanlari aylanganda tirqish kengligini o‘zgartiradi va fotoelementga tusha- yotgan nur oqimining intensivligini o‘zgartiradi. Fotoelementda nur oqimiga mutanosib bo‘lgan tok vujudga keladi. Ikkala foto- element mikroampermetr (10) bilan ulangan.
Fotoelektrokolorimetr ФЭK–56M ning tashqi ko‘rinishi 31-rasmda tasvirlangan. Cho‘g‘lanuvchi lampa asbobning orqa qismida joylashgan. Yorug‘lik nurini fotoelementga faqat aniqlash vaqtida qo‘shishini ta’minlash uchun nur oqimini berkitadigan parda bor. Parda tutqich (7) yordamida ochiladi. Har xil rangda- gi nur filtrlagichlar asbobning orqa tomoniga mahkamlangan disk- ka o‘rnatilgan. Nur filtrlagich tutqich (8) yordamida yopiladi. Tutqichda nur filtrlagichlarning soni ko‘rsatilgan. Tajribani bosh- lashda asbobga kyuvetalar to‘plami (3 ta kyuveta) o‘rnatiladi. Yorug‘lik nuri eritma solingan kyuvetadan o‘tib, fotoelementga
tushadi. Har bir fotoelementning yoritilganlik darajasi diafragma yordamida sozlansa, diafragma tirqishining kengligi hisobga oli- nuvchi barabanlar (5) yordamida to‘siladi. Har bir baraban (5) ga ikkita shkala chizilgan. Qora shkala – yorug‘lik o‘tkazish shkala- si, yorug‘lik o‘tkazish koeffitsientini ko‘rsatadi. Qizil shkala tek- shiriladigan eritmaning optik zichligini ko‘rsatadi.
2
3 1 1 2
3
4'
5
4
4
6
5 5'
6 6'
7 7'
11 10 9 8
8
31-rasm.ФЭK–56M fotoelektrokolorimetri va uning sxemasi.
ФЭК–56M asbobida cho‘g‘lanuvchi lampa РН–35 (8 V, 3 Vt) va simob-kvarsli lampa ДРК–120 ishlatiladi. Ular 314–630 nm diapazonda ishlash imkonini yaratadi.