Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


ФЭК–56M asbobida ishlash texnikasi



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə86/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

ФЭК–56M asbobida ishlash texnikasi:


    1. Asbob ish boshlashdan 25–30 minut oldin stabilizator orqali СЦ–98 holatga keltiriladi. Bu paytda parda (5) yopiq bo‘lishi kerak.

    2. Hisobga oluvchi ikkala baraban (6) qizil shkala bo‘yicha nolga qo‘yiladi, diafragmalar to‘liq ochiladi. Tutqich (7)ni burab, milliampermetr mili 0 ga olib kelinadi.

    3. Bir xil uzunlikdagi 3 ta kyuveta olinadi; ulardan ikkitasi ish- chi erituvchi bilan, bittasi esa tekshiriladigan eritma bilan to‘ldiriladi. Chapdagi kyuveta tutqichiga erituvchi solingan kyuve-

ta, o‘ngdagisiga avval tekshiriladigan eritma solingan kyuveta, so‘ngra erituvchi solingan kyuveta qo‘yiladi.

    1. Parda (3) ochiladi, bunda mikroampermetr mili noldan chetlashadi, chapdagi hisob barabani (6)ni oldinga qarab burab mikroampermetr mili nolga keltiriladi.

    2. Parda bekitiladi.

    3. Tutqich (4)ni burab, yorug‘lik nuri yo‘liga eritma solingan kyuveta joylashtiriladi.

    4. Parda ochiladi. Mikroampermetr mili yana nol holatdan chetlashadi.

    5. O‘ngdagi hisob barabanini oldinga burab, mikroampermetr mili nolga keltiriladi.

    6. Parda yopiladi. O‘ngdagi hisob barabanining qizil shkalasi bo‘yicha optik zichlik 0 ko‘rsatmasi yozib olinadi.

    7. Darajalovchi egri chiziqli ko‘rsatkich yoki jadval bo‘yicha aniqlanayotgan modda miqdori topiladi.
      1. Fotokolorimetrik analizda tajriba o‘tkazishga doir umumiy ko‘rsatmalar


Tajriba ishlarini boshlashdan oldin quyidagi ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish zarur:

  1. Berilgan topshiriqni sinchiklab o‘qib chiqish kerak.

  2. Eritmalar tayyorlash usuliga qat’iy rioya qilish lozim.

  3. Etalon eritma tayyorlash uchun standart eritmalarni byuretka yoki pipetka yordamida eng yuqori aniqlikda o‘lchab olish zarur.

  4. Kyuvetalarni distillangan suv bilan yuvib, qog‘oz filtr ustiga to‘nkarib qo‘yish kerak.

  5. Kyuvetalarni eritma bilan shunday to‘ldirish kerakki, undan nur faqat eritma qavatidan o‘tsin.

  6. Asbob ish boshlashdan 25–30 minut oldin ishga tushiriladi, chunki ish paytida ko‘rsatish doimiy bo‘lishi uchun sistema qizigan bo‘lishi kerak.

  7. Bir xil natijalar olish uchun asbob shkalasi bo‘yicha ulashni bir necha marta takrorlash lozim.

  8. Ish tugagandan so‘ng asbob o‘chiriladi, kyuvetalar yuviladi va laborantga topshiriladi. Ish joyi tartibga keltiriladi.

  9. Ish jurnaliga quyidagi tartibda yoziladi:

    1. bajariladigan ishning nomi;

    2. fotokolorimetrik reaksiyaning sxemasi va uning mohiyati;

  1. eritma tayyorlash usulining qisqacha matni;

  2. har bir aniq ishga berilgan ko‘rsatmaga muvofiq olingan ma’lumotlar.

Tajriba ishlari quyidagi tartibda bajariladi:

  1. Tarkibida aniqlanadigan element bo‘lgan standart eritma va boshqa reaktivlar tayyorlab qo‘yiladi. Standart eritmalar tiniq bo‘lishi kerak, chunki ozgina loyqa bo‘lsa ham olinadigan nati- jalar to‘g‘ri bo‘lmaydi.

  2. Konsentratsiyasi ma’lum bo‘lgan 5–6 ta standart rangli eritma tayyorlanadi.

  3. Yorug‘lik filtri va kyuvetalar tanlanadi (millimetrli qog‘ozda A ning λ ga bog‘liqlik jadvali chiziladi va λmax topiladi).

  4. Hamma rangli standart eritmalar va aniqlanadigan erit- maning optik zichligi o‘lchanadi.

  5. Olingan ma’lumotlar asosida A ning C ga bog‘liqlik grafigi (jadvali) chizilib, undan noma’lum konsentratsiyali modda miq- dori topiladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin