Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


Kolorimetrik analiz usuli



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə77/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Kolorimetrik analiz usuli tekshirilayotgan eritma rangining in- tensivligini ma’lum konsentratsiyali standart eritma rangining in- tensivligi bilan vizual taqqoslashga asoslangan; (rotokolorimetriya tekshirilayotgan rangli eritma rangining intensivligini rangli standart eritma rangining intensivligi bilan fotoelektrik usulda taqqoslashga asoslangan; spektrofotometriya yutish spektrlarini aniqlashga yoki tekshirilayotgan modda yutish egri chizig‘ining maksimumiga mos keladigan qat’iy aniq to‘lqin uzunligidagi yorug‘likning yutilishini o‘lchashga asoslangan usul. To‘lqin uzunligiga bog‘liq ravishda spektrofotometriya spektrning ultrabinafsha (UB), ko‘rinuvchi (K) va infraqizil (IQ) sohalaridagi spektrofotometriyaga bo‘linadi.
Molekular yutish spektrlarining kelib chiqishi. Emission spektrlar modda molekulalari alohida atomlar va ionlarga parchalanadigan yuqori haroratlarda olinadi. Nurlanish spektrlarida parchalanmagan zarrachalarning molekular dastalari kam bo‘lishiga qaramay, bu spektrlar, asosan, atom va ionlarning spektlaridir hamda namunan- ing elementar tarkibini aniqlash uchun foydalaniladi.
Yutish spektrini olish uchun moddani yorug‘lik manbayiga kiritish kerak emas, bu yerda u yuqori harorat ta’sirida parcha-
lanib ketishi mumkin. Spektrdagi chiziqlarning dastalari modda molekulalarining odatdagi sharoitda bo‘ladigan quyi darajalaridan qo‘zg‘atilgan holatga o‘tishiga mos keladi. Shu sababli emission spektrlardan farq qilib, yutish spektrlari moddaning molekular tuzilishi orqali aniqlanadi va absorbsion analiz, asosan, molekular analiz hisoblanadi. Lekin keyingi vaqtlarda yutish spektrlaridan atom analizi uchun foydalanish usuli paydo bo‘ldi. (Atom-emis- sion analizga qarang.)
Molekulyar spektrlar atom spektrlariga nisbatan ancha murak- kabroq va turli-tuman bo‘ladi, chunki molekulalarning tuzilishi atom tuzilishiga qaraganda ancha murakkabroqdir. Molekular spektrlarning hosil bo‘lishi va tuzilishini tushunib olish uchun molekulalar ortiqcha energiya yutganda qanday ichki o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligini aniqlab olish zarur. Atomlar qo‘zg‘atilganda qo‘shimcha energiya elektronlar harakatini o‘zgartirish uchun sarflanadi. Xuddi shuningdek, molekulalarda ham elektron energetik darajalar bo‘ladi. Bu darajalar tashqi elek- tronlarning qo‘zg‘atilganda yadrodan uzoqroq orbitalarga o‘tishi bilan bog‘liq. Ular tabiati jihatidan atomlarning energetik dara- jalaridan farq qilmaydi.
Agar ma’lum to‘lqin uzunligidagi nurlanish moddadan yutilmay o‘tsa, bunda modda molekulalarining energetik holatlari o‘zgarmay qolaveradi. Ammo agar nurlanish, ya’ni nur energiyasi yutilsa, bu energiya faqat ichki harakat uchun sarflanadi, bunda atom yoki molekulaning og‘irlik markazi harakatsiz qoladi. Atomlarda faqat elektonlargina ichki harakatda bo‘ladi. Molekulalarda esa bundan tashqari alohida atomlarning muvozanat holati yaqinida tebranishi va butun molekula o‘z o‘qi atrofida aylanishi mumkin.
Barcha bu harakatlar energiyaning elektron, tebranma, aylan- ma darajalari hosil bo‘lishiga olib keladi. Zarrachaning massasi qancha katta bo‘lsa, unga bog‘liq bo‘lgan to‘lqin shuncha qisqa va ikkita qo‘shni darajalarning energiyalari orasidagi farq kichkina bo‘ladi. Demak, aylanma harakatlanish darajalari bir-biriga juda yaqin bo‘lib, ularning bir-biriga o‘tishi uchun kam energiya talab qilinadi. Tebranma harakatlanish darajalari oralarida energiya far- qi anchagina katta bo‘ladi, chunki bunday harakatlanishda alohi- da atomlar yoki molekulalari eng kichik qismlari ishtirok etadi.
Molekulalarda elektron darajalarning biridan ikkinchisiga o‘tish uchun atomlardagi singari ko‘p energiya talab qilinadi.
Molekulaning aylanma holatini o‘zgartirish uchun juda oz energiya zarur bo‘ladi va u bir vaqtning o‘zida tebranma harakat- ni, ayniqsa, elektron o‘tishini ta’minlash uchun mutlaqo ozlik qiladi. Shu sababli faqat aylanish spektrlarini, ya’ni molekulalar aylanish tezligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan spektrlarnigi- na olish mumkin. Sof tebranish spektrlarini olishning iloji bo‘lmaydi, chunki tebranish darajalarini qo‘zg‘atish vaqtida mole- kulalarning aylanish tezliklari ham o‘zgarib qoladi. Shu sababli amalda tebranish-aylanish spektrlari bilan ish yuritiladi.
Sof elektron spektrlarni mutlaqo olib bo‘lmaydi. Elektronlar bir pog‘onadan ikkinchisiga o‘tishida molekulaning tebranma va aylanma holatlari o‘zgaradi va uchala harakat turining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan spektrlar kuzatiladi.
Demak, nur kvantlari yutilganida zarrachaning ichki energiya- si ko‘payadi, bu energiya zarrachaning aylanish energiyasi, atom- larning tebranish energiyalari va elektronlar harakatining energi- yalaridan tashkil topadi:
E=Eay+Etebr+Eel
Bunda Eay – aylanish energiyasi, Etebrtebranish energiyasi,
Eel – elektron energiyasi.
Molekula ichki energiyasining har bir turi kvant xossasiga ega va ma’lum energetik holatlarning yig‘indisi tarzida yoki tegishli kvant sonlari orqali tavsiflanishi mumkin.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin