Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə96/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


  1. Nefelometrik usul qanday prinsipga asoslangan?

  2. Reley tenglamasi qanday bayon etiladi?

  3. Turbidimetrik usulni ta’riflab bering?

  4. Turbimetriya qonunining matematik ifodasini yozing.

  5. Nefelometrik va turbidimetrik aniqlashlar uchun qanday shartlar bajarilishi lozim?

  6. Turbidimetrik va nefelometrik aniqlashlarda tajribaning xa- tosi va aniqlashning sezgirligi qanaqa?

  7. Nefelometrik va turbimetrik usullar yordamida qanday moddalarning konsentratsiyasi aniqlanadi?

  8. Nefelometriya va turbidimetriyada qo‘llaniladigan asbob qanday qismlardan tuzilgan?

  9. LMF–69 asbobining prinsipial sxemasini chizing.

  10. LMF–69 asbobida qanday tartibda ishlanadi?

  11. Xlorid ionni nefelometrik aniqlash qanday reaksiyaga asos- langan? Aniqlash usulini ayting.

  12. Turbidimetrik usulda sulfat ionini bariy xlorid bilan aniq- lash usulini ayting.

  13. Nefelometriya va turbidimetriyada moddalar miqdorini aniqlash uchun qanday usullardan foydalaniladi?

  14. Nefelometrik va turbidimetrik usullarning qanday afzal- liklari va kamchiliklari bor?

  15. Fotonefelometrik va fototurbidimetrik tirtlash usulining mohiyati nima?

  16. Nefelometrik va turbidimetrik titrlash egri chiziqlarining ko‘rinishi qanaqa?

  17. Fotonefelometrik va turbidimetrik titrlash usulining qan- day afzalliklari bor?
    1. Xromatografik analiz usullari


Kimyoviy birikmalarni ajratish, analiz qilish va xossalarini tek- shirishning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari orasida xromatografik analiz usullari muhim o‘rinni egallaydi.

Xromatografik analiz usullari soddaligi, samaradorligi, tan- lovchanligi, tezkorligi, shuningdek, uni boshqa fizik-kimyoviy usullar bilan birgalikda avtomatlashtirish mumkinligi tufayli keng tarqalgan.
Xromatografiya usullarining o‘ziga xos xususiyati ularning universalligida bo‘lib, turli konsentratsiyalarda olingan anorganik va organik qattiq, suyuq hamda gazsimon moddalarni ajratish va aniqlashga imkon beradi. Bu usullarning yana bir muhim tomo- ni shundaki, xossalari bir-biriga yaqin bo‘lgan birikmalarni ular yordamida tarkibiy qismlarga to‘la va oson ajratish mumkin.
Xromatografiya tekshiriluvchi obyektlarni sifat va miqdoriy analiz qilishga, moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rga- nishga, texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatik bosh- qarishga imkon beradi. Keyingi vaqtlarda xromatografiya atrof- muhitni nazorat qilishning asosiy usullaridan biri bo‘lib qoldi.
Xromatografiyaga rus botanik olimi M.S. Svetning tadqiqotlari asos soldi va uni 1903-yilda bosib chiqarilgan «Adsorbsion hodi- salarning yangi kategoriyasi va ularning biokimyoviy analizda qo‘llanilishi» nomli maqolasida bayon etdi.
O‘zi taklif etgan usulning asoslarini Svet quyidagicha ta’riflaydi:
«Aralash eritma adsorbent ustuni orqali filtrlanganda pigmentlar turli rangdagi alohida hududlarga ajraladi. Murakkab pigment- ning turli tarkibiy qismlari spektrdagi yorug‘lik nurlari singari ad- sorbent ustunida ma’lum qonuniyat asosida bir-biridan har xil rangli qavatma-qavat bo‘lib ajraladi va ularni sifat jihatdan aniq- lash imkoni tug‘iladi. Bunday rang-barang preparatni men xro- matogramma, tegishli usulni esa xromatografik usul deb atadim». Moddalarni xromatografik ajratish usullari sorbsiya jarayon- lariga asoslangan. Gaz, bug‘ yoki erigan moddalarning qattiq yo- ki suyuq yutuvchilarga (sorbentlar) yutilishi sorbsiya deyiladi. Teskari jarayon desorbsiya deyiladi. Sorbsiya adsorbsiya (fazaning yutuvchi sirtiga yutilishi) va absorbsiya (fazaning yutuvchi hajmi-
ga yutilishi)dan iborat.
Sorbsiyani ikki yo‘l bilan: statik va dinamik sharoitda amalga oshirish mumkin. Statik sorbsiya – ikkala fazaning nisbiy harakat- siz holatida ro‘y beruvchi sorbsion jarayon bo‘lib, moddaning fazalar orasida taqsimlanish muvozanati qaror topishi bilan yakun-
lanadi. Dinamik sorbsiya harakatchan faza harakatsiz fazaga nis- batan bir yo‘nalishda siljiydigan sorbsion jarayondir. Moddalar aralashmasini xromatofafik ajratish usuli dinamik sorbsiya jara- yoniga asoslangan. Barcha xromatografik usullarning mohiyati shundaki, tarkibiy qismlarga ajratiladigan modda harakatchan faza (suyuq yoki gazsimon) bilan birgalikda harakatsiz sorbent (harakat- siz faza) qatlami orqali o‘tadi, yutilishi turlicha bo‘lgani uchun ularning sorbent orqali o‘tish tezligi turlicha bo‘ladi. Aralashma- larni ajratishning ba’zi turlaridan farqli ravishda xromatografik usullarning o‘ziga xos xususiyati sorbsiya va desorbsiya jarayonlari- ning sorbentning yangi qatlamlarida ko‘p marta takrorlanishidadir. Bu esa ajratishning juda samarali bo‘lishini ta’milaydi. Demak, xromatografiya aralashmalarni ajratishning dinamik, sorbsion usu- li bo‘lib, u moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asos- langan (fazalardan biri hapakatchan bo‘lib, ikkinchisi qo‘zg‘almas).
Xromatofafik usullarni tasniflashning turli yo‘llari bor:

  1. Qo‘zg‘almas va harakatchan fazalarning fizikaviy tabiatiga qarab suyuqlik xromatografiyasi (harakatchan faza suyuq bo‘lga- nida) va gaz xromatografiyasi (harakatchan faza gaz bo‘lganida) bo‘ladi. Suyuqlik xromatografiyasini o‘z navbatida qo‘zg‘almas fazaning agregat holatiga qarab qattiq-suyuq fazali xromatografi- yaga (QSX) (qo‘zg‘almas faza qattiq modda) va suyuq-suyuq faza- li xromatografiyaga (SSX) (qo‘zg‘almas fazasi suyuqlik) ajratish mumkin. «Suyuqlik-suyuqlik» xromatografiyasi (SSX) ko‘pincha taqsimlovchi xromatografiya deb yuritiladi.

Gaz xromatofafiyasi qo‘zg‘almas fazaning agregat holatiga qa- rab «gaz-adsorbsion» (GAX) va «gaz-suyuqlik» xromatografiyasi- ga (GSX) yoki gaz taqsimlovchi xromatofagriyaga bo‘linadi.

  1. Sorbsiya mexanizmiga qarab xromatografiya molekular va xemosorbsion xromatografiyaga bo‘linadi. Molekular xromato- grafiyada qo‘zg‘almas faza (sorbent) bilan ajratilayotgan aralash- maning tarkibiy qismlari orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari tabiati bo‘yicha molekulalararo Van–Der–Vaals kuchlaridir. Xemosorb- sion xromatografiyaga ion almashinish, cho‘ktirish, kompleks hosil qilish (yoki ligand almashish), oksidlanish-qaytarilish xromato- grafiyasi kiradi. Xemosorbsion xromatografiyada tegishli kimyoviy reaksiyalar sorbsiyaga sabab bo‘ladi.

  2. Xromatografiyalash usullari bo‘yicha frontal ochiltirish (el- yuent) va siqib chiqarish xromatogafiyalariga bo‘linadi. Kimyoviy analizda ko‘pincha ochiltirish xromatografiyasi qo‘llaniladi.

  3. Bajarish texnikasi bo‘yicha kolonkali (nayli) xromatografiya (qo‘zg‘almas faza nayda joylashtirilgan) va qog‘ozdagi xroma- togafiya, yupqa qatlamli xromatografiyalarga (qo‘zg‘almas faza sorbent qog‘oz varag‘iga yoki shisha va metall plastinkaga yupqa qatlam qilib joylashtirilgan) ajratiladi.

Xromatografik analizning mohiyati quyidagilardan iborat: kolonkaga (sorbentning yupqa qatlamiga yoki qog‘oz lentaga) ajratiladigan aralashmadan ozgina solinadi. Aralashmaning tarki- biy qismlari sorbentning yuqori qatlamlarida (tekis yuzadagi xro- matografiyada esa namuna solingan joyda) yutila boshlaydi. Bun- da yaxshi yutilmaydigan komponent kolonka bo‘ylab keyingi qatlamlarga (qog‘ozda dog‘ning chekkalari tomon) yaxshi yutila- diganlariga nisbatan kattaroq tezlik bilan o‘tadi. Dastlabki xro- matogramma hosil bo‘ladi, unda aralashma tarkibiy qismlarga hali to‘liq ajralmagan bo‘ladi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin