1-misol. Texnik bura namunasidagi natriy tetraboratning Na2B 4O 7•10H 2O foiz miqdorini hisoblang, 0,2298 g burani titr- lash uchun 10,60 ml, 0,1060 n HCl eritmasi sarflangan.
Yechish. Avvalo, 10,60 ml 0,1060 n HCl eritmasini titrlash uchun sarflangan kislota eritmasida qancha gramm-ekvivalent HCl borligini EHCl hisoblab topamiz.
1000 ml HCl eritmasida 0,1060 g/ekv HCl bor. 10,60 ml HCl eritmasida n g/ekv HCl bor.
nHCl
= 0,1060⋅10,60
1000
g / ekv
Ekvivalentlik qoidasiga ko‘ra buraning titrlangan eritmasida shuncha gramm-ekvivalent bura Na2B 4O 7 · 10H 2O bor. Shuncha gramm-ekvivalentga necha gramm bura to‘g‘ri kelishini aniqlash uchun uni 190,69 ga ko‘paytirish kerak:
2 4 7 2
qNa B O ⋅10H O
= 190, 09⋅0,1060⋅10,60 = 0,2143 g
1000
Yoki foiz hisobida ifodalasak:
x = 190, 09⋅0,1060⋅10,60 ⋅
1000
100
0,2298
= 93,24%
2-misol. Noma’lum konsentratsiyali texnik soda eritmasi suv bilan aralashtirilgan va 250 ml li kolbaning belgisigacha keltirilgan. Hosil bo‘lgan eritmaning 25 ml ini metiloranj indikatori yordami-
da titrlash uchun 22,45 ml standart (titrlangan) 0,1095 n HCl eritmasi ishlatilgan. Dastlabki soda eritmasida qancha gramm Na, CO3 borligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |