Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə70/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Potensiometrik titrlash


Potensiometrik titrlash sof amaliy maqsadga – eritmadagi aniqlanuvchi modda miqdorini tegishli reagentning standart erit- masi bilan titrlab topishga asoslangan. Titrlashda tekshiriluvchi eritmaga indikator elektrod tushiriladi. Unda potensial hosil bo‘lishi aniqlanuvchi moddaga bevosita (agar u elektr faol bo‘lsa) yoki bilvosita (agar u elektronofaol bo‘lsa) bog‘liq. Potensial shu moddaning eritmadagi potensialini belgilovchi boshqa kompo- nent bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirlanishi natijasida vujudga keladi. Titrlash jarayonidagi kimyoviy reaksiyada aniqlanuvchi modda konsentratsiyasining o‘zgarishi indikator elektrod potensialining o‘zgarishi orqali kuzatiladi.
Potensiometrik titrlash potensiometrik o‘lchashlar natijasiga qarab ekvivalentlik nuqtasini aniqlashga aoslangan. Ekvivalentlik nuqtasi yaqinida indikator elektrod potensiali keskin o‘zgaradi (sakraydi). Potensiometrik titrlashni shisha elektroddan foydalanib kislota-asosli o‘zaro ta’sir usulida, kumush xloridli elektroddan foydalanib xloridlarni aniqlashda cho‘ktirish usulida o‘tkazish mumkin va h.k. Bunda oddiy titrimetrik analiz usulida ishlatiluv- chi standart eritmalarning deyarli barchasidan foydalansa bo‘ladi. Usulning umumiy tavsifi. Potensiometrik usulning asosiy afzal- liklari uning yuqori aniqligi, nihoyatda sezgirligi, o‘lchashlarning oddiyligi va tez bajarilishidir. Indikator elektrodlar muvozanat po- tensialining qisqa vaqt ichida qaror topishi reaksiyalar kinetikasini o‘rganishda va texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilishda qulaylik yaratadi. Indikatorli vizual usullardan farqli ravishda po- tensiometrik titrlash vositasida ancha suyultirilgan eritmalarni ham tekshirish mumkin. Bundan tashqari ushbu usulda eritmadagi bir nechta modda aralashmasini oldindan bir-biridan ajratmay turib aniqlash, shuningdek, loyqa va rangli muhitlarda ham titrlash
mumkin. Suvsiz erituvchilardan foydalanilganda potensiometrik titrlashdan foydalanish sohasi anchagina kengayadi. Masalan, bun- da suvdagi eritmalarda alohida-alohida titrlab bo‘lmaydigan kom- ponentlar miqdorini aniqlash, suvda erimaydigan yoki suv ta’sirida parchalanadigan moddalarni analiz qilish ham mumkin.
Potensiometriyaning afzalliklaridan yana biri titrlash jarayoni- ni avtomatlashtirish imkonidadir. Sanoatda potensiometrik dat- chiklardan foydalaniladigan avtotitratorlarning bir nechta turi ish- lab chiqariladi.
Bevosita potensiometrik aniqlashdagi xatolik 2–10% ni tashkil etadi. Potensiometrik usulda turli tabiiy va sanoat obyektlaridagi komponentlarni (tarkibiy qismlarni) aniqlash oralig‘i shisha elek- trodlar uchun pH ning 0 dan 14 gacha oralig‘ida va boshqa ion- selektiv elektrodlar uchun aniqlanuvchi ionning 10–2 dan 10–5 (10–7) M konsentratsiyalari oralig‘ida bo‘ladi.
Potensiometrik titrlashning kamchiliklariga titrlash davomida ko‘p sonli o‘lchashlarni bajarish zarurligi kiradi.

      1. Yüklə 3,86 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin