Potensial, mB
Kislota asosli titrlashda indikator elek- trod sifatida, odatda, sanoatda ko‘plab ishlab chiqariladigan pH-metrlar tarkibi- ga kiruvchi shisha elektroddan foydalani- ladi, ikkinchi elektrod taqqoslash elektro- di bo‘ladi. Shisha elektrod muhit pHining o‘zgarishiga sezgir bo‘lgani uchun poten- siometrda titrlash jarayonida muhit pH- ining o‘zgarishi qayd etiladi. Potensio- metrik titrlash natijasida titrlash egri chiziqlari olinadi. Neytrallash usulida titrlash egri chizig‘ining yo‘nalishi titr- lanuvchi eritmaning konsentratsiyasiga va
rasm.Turli kuchlilik- ka ega bo‘lgan kis- lotalarni kuchli ishqor bilan potensiometrik titrlash egri chiziqlari.
kislota hamda ishqorning dissotsilanish konstantalariga bog‘liq bo‘ladi. Neytral- lash usulida titrlanuvchi kislota yoki asos- ning konsentratsiyasi va ularning dissotsi- lanish konstantalari qancha katta bo‘lsa,
potensialning sakrashi ham shuncha keskin bo‘ladi. 23- rasmda turlicha kuchdagi kislo- talarni kuchli asoslar bilan titr- lash egri chiziqlari keltirilgan.
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, kuchsiz kislotalarni kuchli asos- lar bilan titrlash yaxshi natija bermaydi va ekvivalentlik nuqtasini aniqlash qiyin bo‘ladi. Ko‘p negizli kislotalarni yoki ko‘p kislotali asoslarni titrlash- da titrlash egri chizig‘ida bir nechta bukilish hosil bo‘ladi. 24-rasmda Me(OH)2 turdagi asosni titrlash egri chizig‘i keltirilgan, unda ikkita bukilish (sakrash) yaqqol ko‘rinadi.
Potensiometrik titrlash egri chizig‘ida bir nechta bukilish hosil bo‘lishi uchun birinchi va ikkinchi pog‘ona bo‘yicha dis- sotsilanish konstantalari bir- biridan katta farqlanishi kerak. Agar dissotsilanish konstantasi
rasm.Me(OH) turidagi asoslar- ni kislota bilan titrash egri chizig‘i.
rasm.Turli muhitda titrash egri chizig‘i.
10–6 dan kam bo‘lmasa, titrlash egri chiziqlari juda aniq chiqadi. Bu xromat, selenit kabi kislotalarda kuzatiladi.
Neytrallash usulida potensiometrik titrlashdan suvsiz erituv- chilarda titrlashda foydalaniladi. Suvsiz erituvchilarda titrlashning o‘ziga xos xususiyati kislota bilan titrlash bu muhitlarda dissotsi- lanish konstantasining o‘zgarib turishidir. Potensiometrik titrlash- ni suvli eritmalarda olib borish qiyin bo‘lganida yoki iloji bo‘lmaganida suvsiz erituvchilardan foydalaniladi. Misol tariqasi- da 25-rasmda xlorid va monoxlorsirka kislotalar aralashmasini o‘yuvchi natriy bilan suv, atseton muhitida u ml potensiometrik titrlash egri chiziqlarida keltirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, suvli eritmani titrlashda egri chiziqdagi birinchi va ikkinchi kislotaga
xos bukilish zo‘rg‘a aniqlanadi. Ayni vaqtda atsetonda titrlashda egri chiziqda ikkita keskin ifodalangan bukilish hosil bo‘ladi.
Cho‘ktirish usulida titrlashda cho‘ktirish reaksiyalaridan foy- dalaniladi va aniqlanuvchi yoki cho‘ktiruvchi (titrant) ionlariga sezgir bo‘lgan metall yoki membrana elektrodlar ishlatiladi. Cho‘ktirish usuli vositasida amalda kumush, simob, rux, qo‘rg‘oshin kationlari, xlor, brom, yod va ba’zi boshqa anionlarni aniqlash mumkin.