Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə79/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Tebranma spektrlar. Qo‘zg‘atilmagan molekulada barcha atomlar bir-biriga nisbatan ma’lum holatni egallab turadi va bu holat sistemaning eng kichik potensial energiyasiga mos keladi. Ikki atomli molekulada oddiy holatda energiya eng kam bo‘ladi. Agar molekulaga uning kimyoviy bog‘lanish energiyasi Ekim dan kamroq qo‘shimcha energiya berilsa, uning atomlari muvozanat holati atrofida tebranadi. Bunda molekulaga qancha ko‘p qo‘shimcha energiya berilgan bo‘lsa, tebranish amplitudasi shun- cha katta bo‘ladi.
Molekulani qo‘zg‘atilmagan holatdan eng yaqin tebranish darajasiga va birinchi darajadan ikkinchisiga o‘tkazish uchun taxminan bir xil energiya talab etiladi. Hatto eng yaqin tebranma harakatlarni qo‘zg‘atish uchun zaruriy energiya ham molekula- larning xona haroratidagi kinetik energiyasidan ancha katta bo‘ladi. Shuning uchun oddiy sharoitlarda ko‘pchilik molekulalar eng past tebranish darajasida bo‘ladi.
Dipol momentiga ega bo‘lgan molekula fotonni yutib, yuqori- roq tebranish darajasiga o‘tishi mumkin. Tebranish darajalarida o‘tish qoidasi kvant soni faqat bir birlikka o‘zgarishini talab qila- di, ya’ni faqat eng yaqin qo‘zg‘algan darajaga o‘tishi mumkin. Tebranish spektrlarini olish ham ancha qiyin.
Shuni ta’kidlash kerakki, barcha molekulalar ham tebranish infraqizil spektrlariga ega bo‘lavermaydi. Tebranganida dipol mo- mentlari o‘zgaradigan molekulalardagina bunday spektrlar bo‘ladi. Masalan, IQ spektrlari HCl, HBr kabi molekulalar hosil qiladi. Ammo bir xil atomlardan tashkil topgan H2, O2 singari moleku- lalarda tebranishning IQ spektrlari hosil bo‘lmaydi.
Ikki atomli molekulalarda tebranish yoki tebranish-aylanish spektrlarining nisbatan sodda bo‘lishiga sabab shuki, ular faqat yadrolarni biriktiruvchi chiziq bo‘ylab tebranadi. Bunday mole- kulalarda tebranishning faqat bir turi – valentli tebranish bo‘lishi mumkin, bunda kovalent bog‘lanishli atomlar orasidagi masofa o‘zgaradi.
Ko‘p atomli molekulada atomlarning hammasi tebranadi. N ta atomlardan tashkil topgan chiziqsiz molekulada tebranish erkinlik darajalarining soni 3N – 6 ga teng bo‘ladi, chiziqlisida esa 3N – 5 ga teng, chunki ularda bitta tebranish erkinlik darajasi yetish- maydi.
Tebranishlar, odatda, valentli tebranish hamda valentsiz tebra- nishga, ya’ni deformatsion tebranishga ajratiladi. Murakkab mole- kulalarda atomlarning faqat kichik guruhdari ishtirokidagi tebran- ishlarni ham ko‘rsatish mumkin. Bunday tebranishlarning chiziqlari ma’lum guruhlarga xos bo‘lib, molekulaning shu turdagi tebranishlarda ishtirok etmaydigan asosiy qismining tuzilishi o‘zgarganida ham tebranish chastotalari kam o‘zgaradi. Masalan, murakkab molekulalarda uglerod, kislorod yoki azot bilan bog‘langan yengil vodorod atomining valentli va deformatsion tebranishlari og‘irroq atomlarning holatiga kam ta’sir ko‘rsatadi. Shu vodorod atomi bilan valentli bog‘lanmagan uzoqroqdagi atomlar uning tebranishiga yana ham kamroq ta’sir etadi. Shu sababdan kimyoviy birikmalarning yutish spektrlarida C–H, O–H, H–H bog‘lari mavjudligini ularning valentli yoki deforma- tsion tebranish chiziqlariga qarab aniqlash va ularni bir-biridan
farqlash oson. Ularning massalari va vodorod atomi bilan bog‘lanish kuchlari har xil bo‘lgani sababli chastotalari ham tur- licha bo‘ladi. Bundan tashqari chastotalarining ozgina siljiganiga qarab uglerod, kislorod va azot boshqa qanday atomlar bilan bog‘langanligini ham aniqlash mumkin.
Tebranish spektrlaridagi yutilish chiziqlarining intensivligi, asosan, bog‘lanishning dipol momentiga bog‘liq. Masalan, faqat kichik dipol momentli C–C va C–H bog‘lanishlari bo‘ladigan to‘yingan uglevodorodlar uchun ko‘pchilik chiziqlarning intensiv- ligi katta bo‘lmaydi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin