Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə80/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Elektron spektrlar. Atomlardagi singari molekulalarda ham tash- qi elektronlar yuqoriroq energetik pog‘onalarga o‘tishi mumkin. Molekulalarning spektrlari atomlarnikidan ikkita muhim jihatdan farqlanadi. Birinchidan, molekulalarda elektronlar atomlardagiga qaraganda boshqacha holatda bo‘ladi, chunki ayni shu elektronlar kimyoviy bog‘lanishni hosil qilishda ishtirok etadi. Ikkinchidan, har bir elektron pog‘ona ko‘p sonli oddiy pog‘onachalarga parchalana- di. Oddiy pog‘onachalar guruhiga bir xil elektron holati, ammo molekula tebranma va aylanma harakatining turlicha energiyasi mos keladi. Elektronning o‘tishi ikkita oddiy pog‘onachalar orasi- da sodir bo‘ladi. Bu esa tebranish spektrlaridagi kabi chiziqlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Elektron spektrlardagi chiziqlar murakkab- roq, tebranma va aylanma tuzilishga ega bo‘ladi, xolos.
Tebranish spektrlari singari elektron spektrlarni ham har qan- day agregat holatdagi moddalar uchun olish mumkin. Gazsimon moddalar bilan ishlanganda, odatda, tebranma va aylanma tuzi- lishdagi chiziqlar yaqqol ko‘rinadi.
Suyuq va qattiq moddalar bilan ishlanganda elektron chiziq- larning aylanma tuzilishi yo‘qoladi, tebranma tuzilishi esa qisman saqlanib qoladi. Elektronlar o‘tishida molekula saqlanib qolgan hollarda aniq ifodalangan tuzilishli yutish chiziqlari hosil bo‘ladi. Molekuladagi tashqi elektronlar faqat ikkita atom bilan bog‘langan bo‘lib, ularning orasida kimyoviy bog‘lanish hosil qila- di. Bunday elektronlar bilan bog‘langan atomlarning har bir jufti muayyan yutish spektriga ega bo‘ladi. Bu spektr tarkibi ushbu atomlar jufti kiradigan va ularning bog‘lanish xususiyati hamda
kuchi o‘zgarmaydigan barcha birikmalarda saqlanib qoladi.
Ikkita bir xil yoki turlicha atom guruhlari o‘zaro kuchli ta’sir- lashganida har bir guruhning darajalari o‘zgaradi va ularga o‘z dara- jalariga ega bo‘lgan yangi murakkab guruh tarzida qarash kerak.
Alohida atom guruhlarining o‘zaro ta’siri ularning kimyoviy xos- salarining o‘zgarishiga olib keladi. Ayni moddadagi alohida atom guruhlarining kimyoviy xossalari qancha kuchli o‘zgargan bo‘lsa, ularning odatdagi spektrlari ham shuncha kuchli o‘zgargan bo‘ladi. O‘zgarmas spektrli oddiy va murakkab atom guruhlari, ayniq- sa, ularning yutish chiziqlari ko‘rinuvchi sohada bo‘lib, modda turli rangga kirigadigan bo‘lsa, bunday atomlar guruhlari xromo-
forlar deb ataladi.
Xromoforlar spektrlaridagi chiziqlarning holati va intensivligi o‘zaro ta’sir bo‘lmaganidagina doimiyligicha qoladi. Bu jihatdan elektron spektrlar ma’lum atom guruhlarini aniqlash uchun tebranma spektrlarga nisbatan noqulayroqdir. Elektron yutish chiziqlarining intensivligi, odatda, tebranmalarnikiga nisbatan an- cha katta bo‘ladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin