Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə78/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Aylanish spektrlari. Molekulaning aylanish tezligi ortishi bilan uning ichki energiyasi ortadi va darajalar orasidagi masofa ham ko‘payadi. Molekulani birinchi daraja E1 dan ikkinchisiga o‘tkazish uchun E1 ga nisbatan ikki baravar ko‘proq energiya talab etiladi. Ikkinchi darajadan uchinchisiga o‘tkazish uchun esa E1 ga nis- batan uch baravar ko‘proq energiya talab etiladi va h.k. Shunday qilib, qo‘shni darajalar orasidagi energiya farqi aylanish kvant sonining ortishi bilan tezda ortib boradi:
E0E1E2(2E1)→E3(3E1)→E4(4E1)
Aylanish darajalari orasidagi energiya farqi juda kichkina bo‘ladi, shuning uchun hatto xona haroratida ham molekulalar
bir-biri bilan to‘qnashganidagi kinetik energiya ularning aylanish darajalarini qo‘zg‘atishga kifoya qiladi. Shunday qilib, oddiy ha- roratda ko‘pchilik molekulalar turlicha tezlikda aylanma harakat qiladi. Molekulaning pastroq aylanish darajalarga o‘z-o‘zidan o‘tishi va fotonlar ajratishi kamdan kam sodir bo‘ladi va nurlanish spektrlarini olishning imkoniyati bo‘lmaydi. Molekulalarning aylanish tezligi, odatda, ular to‘qnashganidagina o‘zgaradi. Am- mo molekula foton yutib, yuqoriroq aylanish darajasiga o‘tishi mumkin. Buning uchun foton energiyasi ikki aylanish darajalari energiyalarining farqiga teng bo‘lishi lozim.
Aylanish spektrlarini gaz holatdagi moddalarda kuzatish mum- kin. Suyuq va qattiq jismlarda molekulalararo bog‘lanish mavjud- ligi tufayli molekulalar mutlaqo aylanmaydi yoki aylanishi juda kamaygan bo‘ladi. Aylanish darajalari bir-biridan katta farq qilib, aniq spektr olishning iloji bo‘lmaydi.
Tekshiriluvchi modda molekulasini parchalamay gazsimon holat- ga o‘tkazish va spektrning uzoq infraqizil sohasida ishlash qiyinligi aylanma spektrlardan foydalanishni juda cheklab qo‘yadi. Keyingi vaqtlarda mikroto‘lqinlar sohasida aylanma spektrlarni radiotexnik usullar bilan olish imkoniyati (radiospektroskopiya) paydo bo‘lganligi munosabati bilan ulardan foydalanish birmuncha kengaydi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin