Bu tajriba kuchsiz kislotali muhitda temir (III) rodanid ioni bilan o‘zaro ta’sirlashib, qizil-qon rangli temir rodanid komplek- sini hosil qilishga asoslangan:
3
Fe3++ 3SCN −← → Fe(SCN )
Bu soddalashtirilgan tenglama, aslida esa bu yerda rang inten- sivligi har xil qator temir rodanidli komplekslar hosil bo‘ladi. Rodanid komplekslar barqaror emas, eritmaning rangi reaktiv- ning ortiqchasiga, haroratga va muhit pH iga bog‘liq. Rangli birikmaning nurni maksimal yutish sohasi 450–500 nm da.
Asbobvareaktivlar. ФЭК–56M asbobi, o‘lchov kolbasi, yorug‘lik filtri, analitik tarozi, temir-ammoniyli achchiqtosh, nit- rat kislota, kaliy rodanid yoki ammoniy rodanid eritmasi.
Ishni bajarish tartibi. k.t. markali temir-ammoniyli achchiq- toshdan (NH4)2 Fe(S04)2·12H2O tarozida 0,8640 g tortib olib,
1000 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinadi, ustidan 25 ml konsentrlangan nitrat kislota quyib, hosil bo‘lgan eritmaning hajmini 100 ml gacha suyultiriladi. Bunday eritmaning 1 ml ida 0,1 mg temir bo‘ladi, ya’ni konsentratsiyasi 0,1 mg•10–3 ga teng nitrat kislota (1:1); 10% li kaliy yoki ammoniy rodanid eritmasi. Analizga tayyorlanishda yuqoridagi ko‘rsatmaga qarang.
Standartvatekshiriladiganranglitemir(III)rodanideritmasi-ni tayyorlash. 50 ml sig‘imli 5 ta o‘lchov kolbasiga temir tuzining standart ish eritmasidan 0,5; 1,0; 2,0; 3,0; 4,0 va 6-o‘lchov kol- baga tekshiriladigan eritmadan solib, so‘ngra har bir kolbaga 1 ml dan (1:1) HNO3, 5 ml dan 10% li kaliy yoki ammoniy rodanid eritmasidan qo‘shiladi, kolbaning belgisigacha distillangan suv to‘ldiriladi va yaxshilab aralashtiriladi.