Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə93/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Amaliy mashg‘ulotlar


1-ish. ЛМФ–69 nefelometrda ishlash tartibi bilan tanishish. ЛМФ–69 nefelometrning oldingi paneliga quyidagi boshqar-
ish dastalari o‘rnatilgan:
1. Asbobni ulovchi tumbler. 2. Nolni o‘rnatish dastasi.
3. O‘lchash oralig‘i dastasi. 4. Ish turlari dastasi. 5. Aralashtirgich- ni ishga tushiradigan tumbler. 6. Aralashtirgichning bir me’yorda aylanishini ta’minlovchi dasta. 7. O‘lchash asbobi. 8. Planka.
9. Kyuveta bloki. 10. Baraban-to‘sqich (32-rasm).
So‘ngra signal hisoblash mikroampermetri (mA)ga o‘tadi. Qarshilik ko‘prigi (KM) fotoelement bilan parallel biriktirilgan asbobni nolga keltirish uchun xizmat qiladi. Stabilizator (ST) elektr ta’minlash bloki orqali ulanadi.
Asbobda ishlash tartibi: 1. Asbob 220 V li elektr manbayiga ula- nadi. 2. Baraban-to‘sqich (10)ning yopiq holatda turganligi tek- shiriladi. 3. Asbob ishga tushirilib, Tumbler (1) «Tarmoq ulan- gan» holatiga qo‘yiladi. 4. (4) «Ish turi», «Nefelometr» holatiga qo‘yiladi. 5. Stakanga distillangan suv solib, dasta (2) «nolni o‘rnatish» yordamida mikroampermetrning ko‘rsatkichi nol holat- ga qo‘yiladi. 6. Stakanga tayyorlangan eng yuqori konsentratsiya- li standart eritmadan solib, baraban-to‘sqich (10) aylantiriladi va
«ochiq» holatida mikroampermetrning ko‘rsatkichi «100»ga keltiriladi. 7. Stakanga suyultirilgan standart suspenziyadan solib, konsentratsiyasi ortib borishi tartibida yorug‘likning tarqalishi o‘lchanadi, mikroampermetrning ko‘rsatishi yoziladi. Har bir o‘lchash uch marta takrorlanadi. 8. Yorug‘lik tarqalishi qiymati- ning optik zichligiga fonogramma planka (8) yordamida o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlarga asosan hamma standart eritmalar uchun «konsentratsiya (mg) – shkala darajasining foizi (yoki op-
tik zichligi)» koordinatalarida diagramma yasaladi.
Eslatma. Kyuveta yoki stakanda ehtiyot bo‘lib ishlash, uning silindr yuzasini toza tutish lozim. Tashqi devori filtr qog‘ozi bilan quruq qilib artiladi. Ishni bajarib bo‘lgandan keyin stakan yoki kyuveta va o‘lchov kolbasini tozalab yuvish kerak.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin