Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə90/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


  1. Absorbsion spektroskopiyaning analiz usullari: kolorimetriya, fotokolorimetriya va spektofogometriya nimaga asoslangan?

  2. Nur yutilishining asosiy qonunini ta’riflab bering. U qanday tenglama bilan ifodalanadi?

  3. Yutilish spektri deb nimaga aytiladi va uni qanday koordi- natlarda ifodalash mumkin?

  4. Yutilish spektri balandligining maksimumi nima bilan xarakterlanadi?

  5. O‘tkazuvchanlik koeffitsienti va optik zichlik deb nimaga aytiladi?

  6. Molyar yutilish koeffitsientiga qanday omillar ta’sir qiladi?

  7. Spektrofotometriya qanday xususiyatlarga ega?

  8. To‘lqin uzunligi va yorug‘lik filtri qanday tanlanadi?

  9. Fotoelementlarning asosiy xususiyatlarini aytib bering.

  10. Stoletov qonunini ta’riflab bering.

  11. Bekitiladigan qavatli fotoelementning ishlash prinsipini ta’riflab bering.

  12. Spektrning: a) ko‘zga ko‘rinadigan sohasida; b) ultrabi- nafsha sohasida ishlaydigan fotometrik asboblarni ayting.

  13. Qanday spektr oralig‘ida nur manbayi sifatida nikol priz- masi, vodorod lampasi, simob lampasidan foydalaniladi?

  14. Quyidagi monoxromatorlarning afzalliklari va kamchiliklarini bir-biriga solishtiring: yorug‘lik filtri, prizma, difraksion panjara.

  15. Absorbsion spektroskopiya asboblarining optik detallari qanday materialdan tayyorlanadi?

  16. Nol eritma yoki taqqoslash eritmasi deganda nimani tushu- nasiz?

  17. Fotometrik analizda moddalarning konsentratsiyasini qan- day usullar bilan aniqlash mumkin?

  18. Fotometrik usulda bitta standart eritma yordamida modda- ning konsentratsiyasi qanday aniqlanadi?

  19. Darajalash grafigi usulining mohiyati va xususiyati qanday?

  20. Qo‘shish usulining mohiyati qanday? Bu usul bilan modda- larning konsentratsiyasini aniqlashda foydalaniladigan hisoblash formulasini keltirib chiqaring.

  21. Differensial spektroskopiya usulidan qanday hollarda foy- dalaniladi va u qanday xususiyatga ega?

  22. Rangdor aralashma moddalarni ajratmasdan fotometrik aniqlash nimaga asoslangan?

  23. Fotometrik analiz uchun rangdor eritmalar olishda qanday tipdagi kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi?

  24. Fotoelektrokolorimetr va spektrofotometrning ishlash prinsipi nimaga asoslangan?

  25. Ko‘zga ko‘rinadigan, ultrabinafsha va infraqizil sohadagi spektrlar uchun fotometrik asboblarni ayting.

  26. Fotoelektrokolorimetr ФЭK–56M ning prinsipial sxe- masini chizing.

  27. Fotoelektrokolorimetr ФЭK–56M ni ishga tayyorlash ni- madan iborat va u qanday tartibda ishlatiladi?

  28. Fotometrik usullar qayerda qo‘llaniladi?




    1. Yüklə 3,86 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin