Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə87/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Amaliy mashg‘ulotlar


  1. ish. Temir (III)ni rodanid ko‘rinishda fotometrik aniqlash.

Bu tajriba kuchsiz kislotali muhitda temir (III) rodanid ioni bilan o‘zaro ta’sirlashib, qizil-qon rangli temir rodanid komplek- sini hosil qilishga asoslangan:

3
Fe3+ + 3SCN ← → Fe(SCN )
Bu soddalashtirilgan tenglama, aslida esa bu yerda rang inten- sivligi har xil qator temir rodanidli komplekslar hosil bo‘ladi. Rodanid komplekslar barqaror emas, eritmaning rangi reaktiv- ning ortiqchasiga, haroratga va muhit pH iga bog‘liq. Rangli birikmaning nurni maksimal yutish sohasi 450–500 nm da.
Asbob va reaktivlar. ФЭК–56M asbobi, o‘lchov kolbasi, yorug‘lik filtri, analitik tarozi, temir-ammoniyli achchiqtosh, nit- rat kislota, kaliy rodanid yoki ammoniy rodanid eritmasi.
Ishni bajarish tartibi. k.t. markali temir-ammoniyli achchiq- toshdan (NH4)2 Fe(S04)2·12H2O tarozida 0,8640 g tortib olib,
1000 ml sig‘imli o‘lchov kolbasiga solinadi, ustidan 25 ml konsentrlangan nitrat kislota quyib, hosil bo‘lgan eritmaning hajmini 100 ml gacha suyultiriladi. Bunday eritmaning 1 ml ida 0,1 mg temir bo‘ladi, ya’ni konsentratsiyasi 0,1 mg•10–3 ga teng nitrat kislota (1:1); 10% li kaliy yoki ammoniy rodanid eritmasi. Analizga tayyorlanishda yuqoridagi ko‘rsatmaga qarang.
Standart va tekshiriladigan rangli temir (III) rodanid eritmasi- ni tayyorlash. 50 ml sig‘imli 5 ta o‘lchov kolbasiga temir tuzining standart ish eritmasidan 0,5; 1,0; 2,0; 3,0; 4,0 va 6-o‘lchov kol- baga tekshiriladigan eritmadan solib, so‘ngra har bir kolbaga 1 ml dan (1:1) HNO3, 5 ml dan 10% li kaliy yoki ammoniy rodanid eritmasidan qo‘shiladi, kolbaning belgisigacha distillangan suv to‘ldiriladi va yaxshilab aralashtiriladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin