Kimyoviy analiz metodlari ma’ruza matni



Yüklə 3,86 Mb.
səhifə92/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,86 Mb.
#163257
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
analizning kimyoviy usullari o\'zbek (2)

Turbidimetriya dispers sistemadan o‘tgan yorug‘lik oqimining intensivligini o‘lchashga asoslangan. Turbidimetrik aniqlashlarda o‘tuvchi yorug‘lik oqimining intensivligini quyidagi tenglama yor- damida topish mumkin:
lg IO = K I
Bunda Io, I – tegishlicha suspenziyaga tushuvchi va undan o‘tuvchi yorug‘lik oqimining intensivliklari.
Agar suspenziyadagi yutuvchi zarrachalar konsentratsiyasini C, zarrachalarning o‘rtacha diametrini d, suspenziyaning tabiatiga va o‘lchash usuliga bog‘liq konstantalarni K hamda α, to‘lqin uzun- ligini λ bilan belgilasak, d, λ, K va α kattaliklar o‘zgarmas bo‘lgan- da quyidagini olamiz:

lg I IO
= Kl C

Shunday qilib, turbidimetriya asosiy tenglamasining ko‘rinishi Buger–Lambert–Ber tenglamasiga o‘xshash bo‘ladi:
I =Io·10–K/C
K – molyar loyqalik koeffitsienti.
Tushuvchi yorug‘lik intensivligining tarqalgan yorug‘lik inten- sivligiga nisbati muallaq zarrachalarning konsentratsiyasiga muta- nosib bo‘ladi. I/Io = KlC ni logarifmlagandan keyin:
lgI/Io = lgKl + lgC,

yoki:


Ako‘r = lgC lgKl.

I/Io – C ning funksiyasi koordinatalaridagi darajalash grafigi to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Ko‘rinma optik zichlik konsentratsiya ortishi bilan kamayadi, chunki konsentratsiya ortishi bilan yorug‘likni tarqatuvchi zarrachalar soni va tarqalgan yorug‘lik intensivligi ortadi.
Fogonefelometrik va fototurbidimetrik aniqlashlarning nati- jalari bo‘yicha darajalash grafigi tuziladi, so‘ngra tekshiriluvchi eritma analiz qilinadi va modda konsentratsiyasi grafik bo‘yicha topiladi. Olinuvchi suspenziyalarni barqarorlashtirish uchun himoyalovchi kolloid – kraxmal, jelatina va boshqalarning erit- malari qo‘shiladi.
Nefelometriya va turbidimetriya usullari nihoyatda sezgir, bu usullar elementlar yoki ionlarning rangli reaksiyalari bo‘lmaganida qo‘llaniladi. Masalan, xlorid va sulfatlarni tabiiy suvda va shunga o‘xshash obyektlarda aniqlash uchun shu usullardan foydalaniladi. Nefelometriya va turbidimetriya usullari aniqligi jihatidan ab- sorbsion spektroskopiya usullaridan keyin turadi, lekin hozirgi vaqtda fototurbidimetrik va fotonefelometrik titrlash usullari keng qo‘llanilmoqda. Agar titrlanadigan modda titrant bilan juda kam eriydigan birikma hosil qilsa, titrant qo‘shilganda har gal cho‘kma hosil bo‘ladi, buning natijasida eritmaning loyqaligi ortadi va ek- vivalentlik nuqtasida maksimumga ega bo‘ladi. Keyingi qo‘shilgan titrant ta’sirida loyqalanish darajasi o‘zgarmay qolsa, maksimal loyqalanish va nurning maksimal yutilishi ekvivalentlik nuqtasiga
to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, fotometrik titrlash aniqlanadigan moddaning titrant qo‘shilganda yutish darajasi o‘zgarishini qayd qilishga asos- langan.
Bu o‘lchashlar natijasida A=f (B) koordinat sistemasida (bu yer- da B – qo‘shiladigan titrantning hajmi) moddalarning optik zichlik xossasiga ko‘ra har xil tipdagi titrlash egri chiziqlari tuziladi.

Yüklə 3,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin