Kimyoviy kinetika. Kimyoviy reaksiya tezligi va unga tasir etuvchi omillar. Kinetika


Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liqligi



Yüklə 37 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü37 Kb.
#50961
1   2   3   4   5   6
2 5318974644252836297

2. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog’liqligi. A va B moddalar o’zaro kimyoviy reaksiyaga kirishish uchun ularning molekulalari bir-biri bilan to’qnashishi kerak. To’qnashuvlar qancha ko’p bo’lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, to’qnashuvlar soni ko’p bo’ladi. Kimyoviy reaksiya tezligiga konsentratsiyani tasirini 1867-yil norvegiyalik olimlar; K.Mguldberg va P.Vagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar tasiri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko’ra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koefitsent konsentratsiya darajasiga bog’liq. Masalan; NH3 ni hosil bo’lish reaksiyasi uchun to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari quyidagicha ifodalanadi.

N2 + 3H2 ↔ 2NH3

V1 = k [N2] [H2]3; V2 = [NH3]2

Bu formulalarda [N2] [H2] va [NH3] lar tegishlicha N2 va NH3 larning molyar konsentratsiyalari; k1 va k2 lar proporsionallik koefitsentlari bo’lib, reaksiyaning tezlik doimiysi deb ataladi. tezlik doimiysi reaksiyada qatnashuvchi moddalar tabiatiga, temperaturaga, katalizatorning bor-yo’qligiga bog’liq, lekin konsentratsiyaga bog’liq bo’lmaydi.

Agar reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri qattiq holatda bo’lsa, masalan, uglerodning yonishi:

C + O2 = CO2

Bu reaksiya tezligi faqat kislorod konsentratsiyasiga bog’liq. v = k[O2]


Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin