Yig‘ish va sinash. Ta’mirdan so‘ng issiqlik almashinish qurilmalarini bosim bilan
tekshirishga qopqoqlari ochilgan holda beriladi, so‘ngra qopqoq osiladi va
mahkamlanadi.
Qobiq va qopqoqdagi barcha muftalar tozalangan bo‘lishi kerak.
Yig‘ilgan qurilmalarni suv bilan yakuniy bosim ostida tekshirishga yuboriladi.
Avval trubalararo bo‘shliqni (qobiq) qopqoqlaridagi tushiruvchi muftalarni ochiq
holatda nazorat bosimida bosim bilan tekshiriladi. Keyin undan suv batamom chiqarib
tashlanadi va korpusdagi ochiq tushiruvchi muftalarda truba bo‘shlig‘i bosim bilan
tekshiriladi. Nazorat bosimi kattaligi odatda qurilma pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Bunday ko‘rsatkich mavjud bo‘lmagan hollarda qurilma qobig‘i (trubalararo bo‘shliq)ni
sig‘im sifatida sinaladi, truba bo‘shlig‘ini esa-ikkilangan ishchi bosimga tekshiriladi.
Tushiruvchi va flanesli birikmalar orqali tomchilashlarning yo‘qligi,
mustahkamlik va zichlikning ishonarli ekanligidan dololat beradi. Tiqinlarni olib
tashlangandan keyin qurilmani ekspluatatsiya qilishga beriladi.
U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari.U-simon trubali issiqlik
almashinish qurilmalarining asosiy afzaliklari - suzuvchi kallaklarning yo‘qligi va
qobiqning ajratiladigan tagligi yo‘qligidir. Ammo, issiqlik almashinish trubalarining
ichki yuzalarini mexanik tozalash imkoni bu holatda deyarli, mumkin emas. SHuning
uchun ekspluatatsiya jarayonida trubalar devorlarida eruvchan va erimaydigan
cho‘kindilarning hosil bo‘lishini oldini olishga imkon beradigan zaruriy choralar qabul
qilinadi. Yuvish texnologiyasi va kimyoviy tozalash xuddi qobiq trubali issiqlik
almashinish qurilmalarinikiga o‘xshash. Montaj shtutserlari orqali yangi truba
bog‘lamini o‘rnatishda qulaylik bo‘lishi uchun qobiq tagligiga tros sim uzatiladi, bu sim
bilan truba panjarasiga mahkamlangan tortki quloqchasi ilib olinadi. Montaj qilib
bo‘lingandan so‘ng shtutserga tiqin tiqib qo‘yiladi