Kimyoviy texnologiya


Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar



Yüklə 320,77 Kb.
səhifə25/31
tarix07.01.2024
ölçüsü320,77 Kb.
#208732
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Kimyoviy texnologiya-fayllar.org

Plastinali issiqlik almashinish qurilmalar. Plastinali issiqlik almashinish
qurilmalarini butkul yig‘ilgan holatda barcha birikmalarni zichlikka tekshirilgandan 
so‘ng poydevorga o‘rnatiladi. Shtampovka qilingan plastinalarni qiyshayishi va
siljishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun issiqlik almashinish qurilmalarini olib boruvchi 
ustunlarni aniq o‘rnatish muhim ahamiyatga egadir. Taftish vaqtida va ta’mirlash
vaqtida, bloklar qismlarga bo‘linadi, hamda ulardagi plastinalar va yoriqlari 
ko‘rinuvchan (gofrirlangan) kanallarining butunligi tekshiriladi. Emirilgan plastinalarni
yangilari bilan almashtiriladi. Yig‘ishdan oldin barcha plastinalar yaxshilab yuviladi. 
Tutashuvchi plastinalar oralig‘idagi qistirmalarni, shuningdek, chetki plastinalar
oralig‘idagi va tegishli ravishda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan plitalar orasidagi 
qistirmalar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarini
ta’mirlashda eng muhim ish - bu ko‘plab shakldor qistirmalar tayyorlashdir. 
Yuqori temperaturalarda ishlaydigan ba’zi bir issiqlik almashinish qurilmalarini
payvandlab - qismlarga ajratib bo‘lmaydigan qilib yasaladi. Bunday issiqlik almashinish 
qurilmalaridagi plastinalar ta’mirlanmaydi, payvand birikmalarning nozichliklari
aniqlangan joylarini qayta payvandlash bilan chegaralaniladi. 


Ko‘mir-grafitli issiqlik almashinish qurilmalari. O‘ta agressiv muhitlar uchun
turli konstruksiyalardagi ko‘mir grafit materiallaridan ishlangan issiqlik almashinish 


qurilmalari qo‘llaniladi: blokli, qobiq blokli, cho‘ktirma va qobiq-trubali tiplardagi 


konstruksiyalar.
Ko‘mir grafitli issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish, ta’mirlash usullari, 
ularning konstruksiyalari, og‘irligi va o‘lchamlariga qarab tanlanadi. Ko‘p hollarda
asosiy e’tibor po‘lat bolt yoki shpilkalar bilan tortib bog‘lanadigan birlashtiruvchi 
elementlar (blok, truba kanallar) orasidagi zichlikni mustahkamlashni ta’minlashga
qaratilgan bo‘ladi. Metall qobiq va grafitli trubadan iborat bo‘lgan, murakkab qobiq-
trubali issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash va montaj qilish ba’zi
qiyinchiliklarni tug‘diradi

2.6-rasm. Grafit trubali qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi


1-qabul qiluvchi kamera; 2- tortuvchi bolt; 3- grafitli teshikli panjara; 4- metall 
qobiq; 5- grafitli truba; 6- tayanch.


Qobiq yon tomonlariga grafitli trubali panjaralar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga trubalar 


surtma moyga konusli yuzalar bilan mahkamlangan. Kiruvchi va chiquvchi kameralar
shakldor qopqoqlar bilan hosil qilingan. Birikmalarning zichlanishiga, boltlarni 
qistirmalar vositasida bir tekis tortib bog‘lash orqali erishiladi.


Yüklə 320,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin