III. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi
III.1. Mehnatni muhofaza qilish
1. Inson mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash – davlatimizning amalga
oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalaridan biridir.
Ekologik xavfsizlik muammosi allqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib,
butun insoniyatnig umumiy muammosiga aylangan.
Insoniyat qanday xavf qarshisida turganligini, atrof muhitga inson faoliyati tufayli
yetkazilayotgan zarar qanday natijalarga olib kelganligini yaqqol xis etish qiyin emas.
Turli kimyoviy vositalar, zararli moddalar mineral o‘g‘itlarni sanoat va qurilish
materiallarini saqlash, tashish va ulardan foydalanish qoidalarininig qo‘pol ravishda
buzilishi yer va havoni ifloslanishiga olib kelmokda.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunlari Kodekslari asosida ish olib boriladi.
Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan.
Mehnatkashlarni xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni Davlat o‘zini
asosiy vazifasi deb xisoblaydi, buning uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni qonun
asosida amalga oshiradi.
Mehnat muhofazasini amaliy faoliyati mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasb
kasalliklarini va shkastlanishni oldini olishdan iborat.
O‘zbekistonda mehnatnt muhofaza qilish borasida bir qancha qonuniyatlar qabul
qilingan. Bu qonunlar faqat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi texnika xavfsizligi
qoidalarini nazorat qilib qolmay, balki mehnat muhofazasi qonunlari buzulmasligi uchun
javobgardir.
“Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi m
ehnatni muhofaza qilish
borasidagi tadbirlar qabul qilingan bo‘lib, ular mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsiz
mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi uslubiy qo‘llanmalar, instruktsiya ko‘rsatmalar,
tavsiyalar kabi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Mehnatni muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi 2009 y 47-son 59
moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2009 y 16 noyabrda 2042 soni
bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2000 y 267- sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlar to‘plami, 2000 y 7-son 39 modda bilan
tasdiqlangan.
“Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi
xodimlar xavfli va zararli
ishlab chikarish omillari ularning tavsifi, yuzaga kelish ma’nbalari, ishchilarga ta’sir
qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavfli darajasi va kelgusidagi oqibatlari
to‘g‘risida ma’lumotga ega. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoning
xavfli hamda zararli omillari to‘g‘risida ma’lumotlar, ishlab chiqarish muhitining fizik,
kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek
og‘irligi ish joylarini mehnat sharoitlari bo‘yicha attestatsiya qilinishi bilan tasdiqlanadi.
Korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan kasblar va ishlar ro‘yxatiga ega.
Ro‘yxatda, aniq te’nologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo
va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar xisobga olingan.
Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarishdan oldin, mexnat muxofazasi
bo‘yicha yo‘l - yo‘riq olish va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘zlashtirib olganlar.
2. “Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi
, chiqindi tashlash bo‘yicha
SN-245-71 ga asosan 1 kategoriyaga kiradi.
Sanitar ximoya zonasi SNIP-2.01.03-96 ga asosan (1000) m Ma’lum bir tadbirlar,
ishlab chiqarish va mehnat intizomiga rioya qilmaslik, xom ashyo va undan olinadigan
mahsulotning ishchilar salomatligiga zararli ta’sir o‘tkazishiga olib kelishi mumkin.
3 Havo tarkibida neft mahsulotlari (gaz kondensati, neft, benzin, dizel
yoqilg‘isi,kerosin)
bug‘larining
miqdori
chegaralangan
ijozat
etilgan
kontsentratsiyasidan (ChIEK) oshganida, ular bilan zaharlanish mumkin.
Uglerod (P) oksidi – rangsiz, xidsiz nixoyatda zaxarli gaz. Ishlab chiqarish
binolarida SO ning miqdori 11mg ni, xavoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan
chiqayotgan tutun gazlarida xayot uchun xavfli miqdorda bo‘ladi. Shu sababli korxonada
ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bo‘lishi kerak.
Vodorod sulfid –nafas olishda
yuqori nafas organlarini zararlaydi, yuqori kontsentralnagan miqdori o‘limga olib kelishi
mumkin.
Zaxarli gaz, palag‘da tuxum xidiga ega.
Azot (1U) oksidi- sariq rangli, spetsifik xidga ega gaz, suv bug‘lari bilan
reaktsiyaga kirishib azot kislotasi xosil qiladi.
4.
“Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi
shamol yo‘nalishi bo‘yicha
SNIP 2.01.01.83 ga asosan joylashgan. Bunda zaxarli gaz va changlarni chiqishi xisobga
olinib korxona axoli punktiga teskari qilib joylashtirilgan. Bu esa zaxarli gaz va
changlarni axoli punkitiga yetib kelmasligini ta’minlaydi.
5,6. Texnologik jarayon uzluksiz tarzda davom etadi. Ish ikki smenada olib
boriladi. GOST 12-2.03.91 KMK -3-05-98 ga asosan “Texnologik jarayonlarni
tashkilashtirish sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish jihozlariga gigenik talablar” ga
muvofiq tashkil qilingan. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash texnologik
uskunaning pasportida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Korxonada SANPIN-0120-01, SANPIN 122-01 ga asosan shovqin, tebranishdan
ximoya choralari ko‘rilgan. Shovqin, tebranishdan ximoyalash maqsadida, desorbtsiya
tsexini ishlab chiqarish maydonidan tashqariga joylashtirilgan. Sex, bo‘limlarni eshik,
derazalari maxsus tovush o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlangan.
8.
Korxona bo‘limlarini yoritish asosan tabiiy va sun’iy ravishda amalga
oshiriladi. Kunduz kuni asosan tabiiy yorug‘likdan foydalaniladi. Tabiiy yoritilish SNIP
2-01-05.98 ga asosan qabul qilingan. Kechki smenalarda esa, sun’iy yoritishdan
foydalaniladi, yoritilish uchun lyumenistsent lampalardan foydalaniladi.
9.“Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi
sexlrini havosi
mo‘‘tadillashtirilib turiladi. Shamollatash qurilmalaridan foydalaniladi. Isitish SanPiN -
0058-96 ga asosan amalga oshiriladi. Shamollatish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, uni
to‘liq ishlaydigan holatda bo‘lishi uchun javobgarlik, mexanik zimmasiga, tsexda esa tsex
boshlig‘i va mexanik zimmasiga yuklatilgan.
10.Elektr uskunalarining nosozligi yoki ularning ishlatish qoida talablariga amal
qilmaslik ishchi-xizmatchilarning shkastlanishiga olib keladi. Insonlarni elektr toki
ta’sirida shkastlanishidan himoya qilish uchun ishlab chiqarish sharoitlarida xavfsiz tok
usti qoplangan simlar, yerga ulangan va neytrallovchi ximoya tizimlarilan foydalanilgan.
Shuningdek, elektr uskunalarni tanlash, o‘rnatishda mavjud bo‘lgan qonun-
qoidalar normalariga amal qilingan. Statik elektr zaryadlarining kelib chiqishi
moddalarning deformatsiyasi, parchalanishi (sachratilishi) oqibatida, ikki muloqotda
bo‘lgan tanalar, suyuq yoki to‘kiluvchan materiallarning aralashishi, moddalarning zo‘r
berib aralashuvi, kristallanishi, bug‘lanishi oqibatida sodir bo‘ladi.
Texnologik jihozlarda zaryadlarning paydo bo‘lishi jadalligi qayta ishlanadigan
moddalar, aniqlanadigan muhit va jihozlar yasalgan materiallarning fizikaviy-kimyoviy
xossalari bilan aniqlanadi.
Solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 10
5
Om dan yuqori bo‘lgan moddalar va
meteriallar qayta ishlangan va tashilgan vaqtida statik elektr zaryadlarini to‘plashga
qodir.
Statik elektr zaryadlaridan himoyalanish uchun yerlantirish konturi bilan
bog‘langan, «Kimyo, neft kimyosi va neftni qayta ishlash sanoati ishlab chiqarishining
statik elektrdan himoyalash qoidalari» ga muvofiq bajarilgan, barcha texnologik
apparatlarni yerlantirish ko‘zda tutilgan.
1.Ishchilar va xizmatchilarni shaxsiy ximoya vostalari bilan ta’minlash.
Ta’sir etuvchi zaxarli gaz va chang bilan ishlovchi tsexlarda, ishchi va xizmatchilar
ob’ekt fuqoro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya
vositalari bilan ta’minlanganlar.
- nafas olish a’zolari himoyasi vositalari uglevodorodlardan filtrlovchi A» va
«BKF» rusumli protivogazlar, «PSh-1» va «PSh-2» rusumli shlangli protivogazlar,
changdan saqlovchi respiratorlar.
- maxsus kiyim: paxtaqog‘ozli bir yoqlama tugmali kostyum;
- maxsus oyoq kiyimi: rezina poshnali charm botinkalar;
- qo‘lni himoyalovchi vositalar: paxtaqog‘ozli qo‘lqoplar, kislota va ishqorlardan
rezinali qo‘lqoplar;
- boshni himoyalovchi vositalar: himoyalovchi kaskalar podshlemniklari bilan;
- ko‘zni himoyalovchi vositalar: himoyalovchi ko‘zoynaklar
- saqlovchi moslamalar: saqlovchi belbog‘lar;
- eshitish a’zolarini himoyalovchi vositalar: shovqinga qarshi quloqchinlar
(kompressorlar mashinistlari uchun
Nafas
olish
organlarini
muxofazalash
maqsadida
shaxsiy
ximoya
vositalaridangazniqoblar nazarda tutilgan.
Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:
1.
Filtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2Sh);
2.
Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).
12. “Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi
SNIP- 2.08.12.98 ga asosan
ishchi-xizmatchilar uchun dam olish, ovqatlanish, uy va ish kiyimlarini saqlash xonasi,
zararsizlantirish, yuvish-yuvinish va boshqa madaniy-sanitariya xizmatlari uchun
mo‘ljallangan qo‘shimcha binolar qurilgan.
16. Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish,
tashkillashtirish va olib borish SNIP-2.01.02-04 ga asosan, “Yong‘in xavfsizligi”
umumiy talablariga ONTP 24/86 ga asosan “Portlash xavfi” umumiy talablariga va ushbu
qoidalarga muvofiq ta’minlangan. Ishlab chiqarishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash
xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan modda va materiallar qo‘llanilmaydi.
1.
Gaz kondensati va neftni haydash
, yengilalangalanadigan yonuvchi
suyuqliklar va gazlarning mavjudligi, hamda jarayonning yuqori harorat va bosimda olib
borilishi sabab, A kategoriyali yong‘inga-portlashga xavfli ishlab chiqarishga kiradi.
Yong‘inlarning yuzaga kelishi texnologik va yong‘inga qarshi rejimning buzilishi va
ta’mir ishlarining sifatsiz bajarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
13. Qo‘llanadigan modda va materiallarning yong‘in-portlash xavfliligi
ko‘rsatgichlarini texnologik jaroyon ko‘rsatgichlari bilan taqqoslash natijasida ishlab
chiqarish korxonalarini yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kategoriyalari aniqlanadi.
Korxonada yong‘in va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish
va olib borish SNIP-2.01.02-04 ga asosan “Yong‘in xavfsizligi” Umumiy talablariga
ONTP 24/86 ga asosan“Portlash xavfi” ligi buyicha A sinfga – yonuvchi gazlar,
alanganadigan suyuqliklar ya’ni (t
2
<28
0
C)qo‘llanadigan korxona, xonalar kiradi.
14. Korxona binolarining yong‘in xavfsizligi ularning o‘tga chilamlilik darajasi
bilan aniqlangan. SNIP 2.09.12-98 ga asosan qurilish materiallari bo‘yicha
yonmaydigan, qiyin yonadigan xillari mavjud.
15. Yong‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odmlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish
yo‘llari binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. Yong‘in havfsizligi
norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan,
harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya
yo‘llari mavjud.
Barcha ishlab chiqarish tsexlarida, xom ashyo va tayyor maxsulot omborxonalari
ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish
vositalari bilan ta’minlangan.
18. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan
birlashtirilgan va (SNIP 2.04.02 84., GOST 12.2.2002.89, SNiP 2.04.09.07) bo‘yicha
o‘rnatilgan.
Bino va yong‘in suv ma’nbalari yo‘lkalari hamda yong‘in vositalari va
uskunalariga boradigan yo‘lkalar doimo bo‘sh bo‘lishi ta’minlangan, binolar oralig‘idagi
yong‘inga qarshi masofa uzulmalarida materiallar, uskunalar, bo‘sh idishlar taxlashga
ruxsat etilmaydi.
28> Dostları ilə paylaş: |