Suv – kishi organizmi uchun eng muhim modda hisoblanadi.Tirik organizmda bo‘ladigan hamma fiziologik o‘zgarishlar suv ishtirokida bo‘ladi. Suv hamma oziqa moddalarini eritib, organizmda o‘zlashishini osonlashtiradi. Suvsiz hayot yo‘q. Organizmda suv 20 % kamaygan taqdirda hayot to‘xtaydi.

Kishi hayoti doimo bir tekis borishini ta’minlash uchun kuniga 2-3litr suv iste’mol qilishi shart. Suv bevosita iste’mol qilinadi va boshqa oziq mahsulotlari vositasida to‘ldirib turiladi.
Suv oziq-ovqat mahsulotlarida ikki xil ko‘rinishda uchraydi. Biri mahsulot suvlari (sharbat, zardob, sel va suv tomchilari) ko‘rinishida bo‘lib, ularni quritish, presslash yo‘li bilan ajratib olish mumkin. Bu suvlar mahsulot xususiyatiga kata ta’sir ko‘rsatadi va tayyor mahsulotning sifatini, ovqatlik qiymatini va saqlash muddatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi
K U L
K U L
Mahsulotlarni kuydirish natijasida hosil bo‘lgan kul miqdori ularning sifatini va xususiyatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Kul tarkibini tekshirib mahsulotlar tarkibida qanday mineral moddalar borligini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Mineral moddalar organizmni tiklash va normal rivojlanishi uchun zarurdir. Ayniqsa, fosfor, kalsiy, temir, magniy, natriy, xlor va yod moddalari kundalik oziq tarkibida bo‘lishi lozim. Kalsiy va fosfor tuzlari suyaklarni qotirish va o‘stirish uchun zarurdir. Yod organizmda bo‘qoq kasalligining rivojlanishini oldini oladi va boshqalar.
Kul ayrim tovarlar sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Masalan, un, yorma, kraxmal, kofe va shu kabi mahsulotlarda kul miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, sorti shuncha past bo‘ladi. Masalan, a’lo sort unning kuli 0,55 %, 1 sortiniki – 0,75% va 2-sortiniki -1,25%-ni tashkil etadi.

Tovarshunoslikda mahsulotlarning sifatini aniqlashda bu usul keng ravishda qo‘llaniladi.
OQSIL MODDALAR Kishi organizmi uchun eng muhim moddalardan biri oqsil hisobla nadi. Oqsil moddalar issiqlik energiyasidan tashqari organizmning o‘sishi uchun yangi xo‘jayralar ham hosil qiladi.
Kishi hayotida oqsil moddalar asosiy o‘rinni egallaydi. SHuning uchun organizm doimo oqsil moddalar bilan to‘ldirilib turilishi kerak.
Oqsil moddalar ikkiga – o‘simlik oqsillari va hayvon oqsillariga bo‘linadi. O‘simlik oqsillari mevada va uning mag‘izlarida chuqur sintez orqali hosil bo‘ladi. Bunga dukkakli, boshoqli donlarda va ayrim sabzavot va mevalarda uchraydigan oqsillar kiradi. Ayniqsa, dukkakli donlar oqsilga boy bo‘ladi. Ularning tarkibida 30-36%-gacha oqsil moddasi bo‘ladi. O‘simlik oqsillari nisbatan organizmda to‘liq o‘zlashmaydi. Hayvon oqsillari hayvon organizmida oziq orqali o‘tgan azot moddalari hisobiga hosil bo‘ladi.