Mazkur BMI ekologik turizm muammolarini ilmiy jihatdan yechishga qaratilgan bo’lib, unda e’tibor Namangan viloyati misolida ekoturlarning tasniflanishi, geografik komplekslarning ekoturistik imkoniyatlari, ekoturistik rayonlarni ajratish va ularda marshrutlar tashkil etishga qaratilgan.
Mazkur ekoturizm muammosining yechimi jarayonida quyidagi bir-biri bilan bog’liq bo’lgan ilmiy natijalarga erishildi.
1.Ekologik turizm yoki ekoturizm dunyo miqyosida tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan turizm tarmoqlaridan biridir.
2. Hududning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda geografik komplekslar (landshaftlar) asosiy baholanish ob’ekti bo’lib, hududning tabiiy imkoniyatini ob’ektiv aks ettiradi. SHuning uchun biz geokomplekslarni aniqlashni, kartaga tushirishni va ularni har tomonlama o’rganishni hududning ekoturistik imkoniyatlarini aniqlashda va baholashda bajariladigan dastlabki bosqich deb hisoblaymiz.
3. Viloyatning o’ziga xos tabiiy sharoiti va ekoturistik imkoniyatlarining xilma-xilligi uning hududini ekoturistik rayonlashtirishni talab etadi.
Hozirgi kunda chet ellarda (Kanada, Avstraliya, Germaniya, Afrikaning bir qancha mamlakatlari, Nepal va boshqa) daromadlarning katta qismi sayyohlik orqali keladi. O’zbekistonda, jumladan Namangan viloyatida ham chetdan keladigan valyuta miqdorini ko’paytirish uchun turizm, xususan ekoturizm sohasini keng miqyosda rivojlantirish lozim.