Markaziy Namangan ekoturistik rayoni - Bu zonaga CHust, Kosonsoy, To’raqo’rg’on tuman hududlari va Mingbuloq tumani hudu-dining markaziy qismi kiradi. (Buonamozor tepaligi, CHust, Kosonsoy shahri, Axsikent, Oqqum cho’llari).
- Bu rayon o’zining tabiiy landshaftlari tarixiy yodgorliklari va milliy xunarmandchiligi bilan mashhurdir. Ayniqsa, CHust mada-niyatini asosi «Buonamozor» arxeologik yodgorligini topilishi va ilmiy jihatidan o’rganilishi Namangan viloyatida bundan 2800-3000 yil ilgari sug’orma dexqonchilik, xunarmandchilik rivojlanishi, xilma-xil foydali qazilmalar (ko’mir, simob va boshqalar) ni qazib olib foydalanilganligidan dalolat beradi.
- SHuningdek, ko’xna Kosonsoy shahrining shimoliy hududidagi nihoyatda qadimiy va boy tarixiy ma’lumot beruvchi Mug’ qal’asi xarobalari hamda Gurmiron qishlog’i hududidagi qadimgi qabrlar o’rganilishi oqibatida bronza davriga oid qimmatli ma’lumotlar qo’lga kiritilgan. SHuningdek, Namangan atlaslari, shoyilari va do’ppilari, CHust pichoqchiligi, charmdo’zlik mahsulotlari kabilar nafaqat respublika, balki jahon ko’rgazmalarida ishtirok etib kelmoqda.
SHarqiy Namangan ekoturistik rayoni - Ushbu zonaga Namangan, Uychi, Yangiqo’rg’on, CHortoq, Uchqo’rg’on, Norin tumanlari hududi ki-radi (CHortoq, Gulshan, Uchqo’rg’on sihatgohlari, CHortoq va Yangiqo’r-g’on suv omborlari hududi). Bu rekreatsiya zonasi respublikamizning eng so’lim, tabiati go’zal maskanlaridan biridir. +adimdan rivoj-lanib, ko’p ming yillik tarixiy taraqqiyoti jarayonida qishloq xo’jaligi, xunarmandchilik markazlari sifatida hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotmagan. SHuningdek zonada, nafaqat respulikada balki MDX davlatlari ichida o’ziga xos o’rin tutadigan CHortoq, Gulshan, CHortoq bolalar sihatgohlari joylashgan bo’lib, hozirda ham kishilarni dam olishi va sog’ligini tiklashda katta ahamiyatga egadir. CHortoq mineral suvi 1946 yilda ochilgan bo’lib, 1000-3000m chuqurlikdan 47-550S issiqlikda otilib chiqadi. Bu yerda poliartrit, me’da ichak, xotin-qizlar kasalliklari, teri xastaligi va boshqa kasalliklar davolanadi. Bundan tashqari Nanay, Zarkent kabi ko’p-lab rekreatsiya va dam olish ob’ektlari, go’zal sermanzara soylar zonaning rekreatsiya imkoniyatini yanada oshiradi. Hozirgi paytda mahalliy sayyohlik nihoyatda faol bo’lib, chet ellik sayyohlarni qabul qilish va ularni jalb qilish ancha past darajada. CHunki, bu zona rekreatsiya jihatdan keng ko’lamli o’rganilmagan bo’lib, rekreatsiya va turistik infratuzilmalarning pastligi (Nanay, Zarkent) kelajakda ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar asosida taklif va loyihalar yara-tishni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |