Kirish 1-bob. Ekologik turizmning nazariy va metodologik asoslari


SHimoliy Namangan ekoturistik rayoni



Yüklə 307 Kb.
səhifə7/11
tarix25.08.2022
ölçüsü307 Kb.
#63272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
eko

SHimoliy Namangan ekoturistik rayoni

  • Pop, CHust, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, CHortoq tumanining tog’li hududlari kiradi(CHotqol, +u-rama tog’larining janubiy va janubiy g’arbiy qismidagi qisqa muddatli dam olish maskanlari, bolalar oromgohi, turistik bazalar).
  • Bu zona viloyatning asosiy tabiiy rekreatsiya ob’ektlari joy-lashganligi bilan ajralib turadi. Bunga CHotqol, +urama tog’lari-ning janubiy va janubiy-g’arbiy qismidagi viloyatga tegishli tog’ va tog’oldi hududlari kiradi. CHodaksoy, Parda Tursun, /ovasoy, Koson-soy, Podshoota soy soxillarida barpo etilgan qisqa muddatli dam olish maskanlari va bolalar oromgohi, Ko’ksaroy turistik bazalari kishilarning yozgi dam olishida katta ahamiyat kasb etadi.
  • Viloyatda rekreatsiya imkoniyatlarining tadbiq qilish bilan bir-galikda barcha rekreatsiya zonalarda jaxon andozalar asosida rekrea-tsiya infratuzilmasini shakllantirish va yaratish lozim. SHu bilan birga kichik va o’rta tadbirkorlik ob’ekt va sub’ektlarini rivoj-lantirish, bozor munosabatlarini shakllantirish, firma va korxona-lar o’rtasida sof raqobatni yuzaga keltirish, shuningdek, rekreatsiya sohasini mukammal egallagan malakali turli kadrlarni tayyorlash, o’qitish har bir mintaqaning rekreatsiya muammolarini xal etishda hamda kelajakda mazkur sohani mintaqa iqtisodiyotining ustuvor tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Binobarin, viloyatning har bir tumanidagi o’ziga xos rekreatsiya imkoniyatlaridan oqilona foy-dalanish kelajakda Namanganni rekreatsiya rivojlangan viloyatlar qatoriga olib chiqish shubhasizdir. Yuqoridagi rekreatsiya zonalari-ning salohiyatini geografik jihatdan tadqiq etish bevosita O’zbekiston Respublikasi rekreatsiya imkoniyatlarini ochishda muhim ahamiyatga ega.

CHortoq sihatgohi

  • 1946-47 yillarda CHortoqsoy sohilida olib borilgan neft qidiruv ishlari natijasida yer qa’ridan neft o’rniga issiq, taxir, sho’r suv katta bosim bilan otilib chiqqan. Bu suvning fizik-kimyoviy taxlili N. A.Semashko nomidagi O’zbekiston kurortologiya va fizioterapiya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan o’rganilib, uning tarkibida yod, brom, xlor, natriy, kaliy, kaltsiy moddalar mavjudligi hamda uning qimmatli shifobahsh xususiyatga egaligi aniqlangan. SHunga asosan 1949 yili bu hududda 30 urinli «CHortoq» balьneologik shifoxonasi barpo etiladi.
  • 1950-60 yillarda 300 o’rinli bino qurildi va dam oluvchilarning soni ko’paytirildi. Natijada respublika kasaba uyushmalari Markaziy boshqarmasining 1960 yil 31 dekabrdagi buyrugiga asosan balьneologik shifoxonasi CHortoq sihatgohiga aylantirildi. 1962-75 yillarda sihatgohning har jihatdan rivojlanishi natijasida o’rinlar soni ortdi, yangi davolash yo’nalishlari ochildi, yangi asbob-uskunalar bilan jihozlangan xonalar tashkil etildi.

Yüklə 307 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin