Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni


Yosh gandbolchidarda tezlik-kuch sifatining pedagogik tadqiqot davomida o’zgarishi (n = N -10; T -10)



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə24/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

Yosh gandbolchidarda tezlik-kuch sifatining pedagogik tadqiqot davomida o’zgarishi (n = N -10; T -10)

Test mashqlari


Guruh

Ko’rsatkichlar

Tadqiqot boshida


Tadqiqot oxirida


Gavda kuchi, kg


N

53,2±2,6

56,3±3,2


T

53,9±1,9

59,7±2,8


Turnikda tortilish


N

5,2±0,8

6,3±1D

T

5,4±0,7

3,8±1,7

Brusyada qo’llarni bukish-yozish


N

4,8±0,§

6,0*1,4

T

4,9±0,7

7,2±1,8

Gorizontal holatdan qo’llarni bukish-yozish


(30 s)

N

8,2±1,4

9,2±2,0

T

8,0±1,7

11,3±2,2


N - nazorat guruhi;



T – tajriba guruhi;
n – tekshiriluvchilar soni.
Tadqiqot guruhida bu ko’rsatkichlar 53,9 va 59,7 kg miqdorida qayd etildi. Qo’llarni bukuvchi mushaklar kuchi taddiqot guruhida 3,4 martaga ortgan bo’lsa, nazorat. guruhida faqatgina 1,1 martaga teng bo’ldi, xolos.
Qo’llarni yozuvchi mushaklar kuchi: nazorat guruhida 4,8-•6,0 marta; tadqiqot guruhida 4,9-7,2 marta miqdorda o’z ifodasini topdi.
Qo’llarga tayanib gorizontal yotgan holatda qo’llarni bukish-yozish soni: 8,2-9,2; 8,0-11,3 martaga teng bo’ldi.
Qayd etilgan ko’rsatkichlar dinamikasidan ko’rinib turibdiki, tajriba guruhidagi bolalarning tezlik-kuch sifatini belgilovchi barcha natijalar nazorat guruhidagi yosh gandbolchilarnikidan nihoyatda yuksak darajada o’zgarganligidan darak bermoqda. Ushbu vaziyat yana bir bor tajriba guruhi mashg’ulotlari davomida qo’llanilgan nostandart maxsus mashqlar tezlik-kuch sifatini rivojlantirishda o’ta samarali ekanligini isbotlayapti. Shu bilan bir qatorda tajriba guruhida qayd etilgan kuch sifati boshqa sport turi bilan shug’ullanuvchi shu yoshdagi bolalar kuchidan ancha kam rivojlanganligi ma`lum bo’ldi. R.A. Piloyanni (1991) fikriga ko’ra, hatto 8-9 yoshli bolalarda tezkor kuch sifatlari nisbatan o’sgan bo’lar ekan. 11-12 yoshli sportchilar mashg’ulotida tezlik-kuch va chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar hajmini bemalol ko’paytirish tavsiya etiladi. 13-14 yoshli sportchilarda esa, chidamkorlik, 14-15 yoshda egiluvchanlik va tezlik-kuchni rivojlantirishga oid mashqlar hajmini oshirish maqsadga muvofiq deb ta`kidlangan.
Ma`lumki, malakali gandbolchilarni tayyorlashda bel, qorin, qo’l va oyoq mushaklariga xos tezlik-kuch sifati nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bu borada portlovchi kuch (tezlik-kuch) hal qiluvchi xususiyatga egadir. Bizning tadqiqotimizda ishtirok etgan yosh gandbolchilarda eguvchi va yozuvchi mushaklar kuchining sezilarli farq, asosida kam rivojlanganligi shu bolalarning bog’cha yoshidan boshlab tezlik-kuch mashqlari bilan juda kam shug’ullanganligidan dalolat beradi.
Binobarin, olingan tadqiqot natijalari yosh gandbolchilarning o’quv-mashg’ulotlarda kuch va tezlik-kuch mashqlari hajmini orttirish chorasini ko’rish taqozo etiladi. Aytish zarurki, bunday mashqlar hajmini oshirish faqatgana standart mashqlar hisobiga bo’lmasdan, balki ko’proq nostandart maxsus mashqlarni musobaqa tariqasida qo’llash yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, dastlab o’rgatish bosqichida yosh gandbolchilar tarkibidan tezroq iste`dodli gandbolchi tayyorlash maqsadida kuchni rivojlantirishga oid mashqlarni zo’rma-zo’raki qo’llash ko’ngilsiz oqibatlarga olib kelishi diqqat markazida bo’lishi kerak.
Demak, tezlik-kuchga oid mashqlar bolalarning jismoniy funktsional imkoniyatlariga mos bo’lishi darkor.

Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin