Tezlikni rivojlantirishga.
1. Yo'lakcha bo'yicha yugurish. Polga mel bilan chiziq tortiladi yoki bo'lmasa shnur tortiladi. Natijada, 25 - 30 sm kenglikda va 10 - 15 m uzunlikda «yo'lakcha» yaratiladi. Start chizig'idan 10 - 15 m oraliqda bayroqchalar yoki ustunchalar qo'yiladi, shu ustunchalarni yugurish davomida aylanib o'tishadi. Signalga ko'ra yuqori startdan o'yinchilar yo'lakcha bo'ylab yugurishadi, bayroqchalarni aylanib o'tib, yana orqaga qaytishadi. Oldinda turgan birinchi sherigining qo'liga tegib unga startni topshiradi va kolonnaning oxiriga borib turishadi.
Yo’lakcha bo’yicha yugurish.
2. To 'siqlar osha yugurish. Yo'lakchalarda gimnastik o'rindiqlar yoki bo'lmasa katta to'plar singari to'siqlar qo'yiladi, bunda to'siqlar balandligi 35 — 40 sm dan oshmas-ligi lozim, soni esa ikkitadan oshmasligi kerak. Start chizig'idan birinchi to'siqqacha bo'Igan oraiiq 5 — 6 m, ikkinchisi 8 — 9 m ni tashkil etadi. Start chizig'idan burilish burchagigacha masofa 12 — 15 m bo'ladi. Bu o'yin ham oldingisi singari davom etadi, faqat bunda to'siqlarga tegib ketmaslik kerak.
Vazifaga qarab maydon uzunligi yoki to'siqlar balandligi o'zgartirilishi mumkin.
To’siqlar osha yugurish.
3. Predmet ustiga yugurib kelib sakrash. Start chizig'idan taxminan 6 — 7 m uzoqlikda 1 — 2 tagimnastik o'rindiqlar o'rnatilib, o'yinchilar buyruqqa asosan yo'lakchadan yugurib kelib, ana shu o'rindiq ustiga sakrab keyin yana yugurishda davom etishadi. Bayroqchadan aylanib o'tib, xuddi shu usulda orqaga startga qaytiladi.
Predmet ustida yugurish.
3.3. Yosh gandbolchilarda tezlik-kuch sifatini harakatli o’yinlar orqali rivojlantirish samaradorligi
Gandbol musobaqalarida barcha turdagi kuch sifatlari (umumiy va maxsus, mutloq va nisbiy, statik va dinamik, tezkor-portlovchi, kuch chidamliligi) hal qiluvchi ahamiyatiga ega bo’lishi isbotini talab qilmaydi. Shuning uchun o’quv-mashg’ulot jarayonida kuch va kuchlanish turlarini rivojlantirishga e`tibor qaratish malakali gandbolchilar tayyorlashning muhim shartlaridan biridir.
Yosh gandbolchilarda har xil turdagi kuch sifatlarini o’rganish qayd etilgan ko’rsatkichlar malakali yosh sportchilar nisbatan sezilarli darajada sayoz ekanligini ko’rsatdi (4-jadval). Jumladan, ikki guruhdagi bolalarni qo’shib hisoblaganda ham ularning ko’rsatkichlari tadqiqot boshlanmasdan avval deyarli farq qilmadi.
4-jadval
Dostları ilə paylaş: |