Kirish 3 I bob. Yosh gandbolchilarni tayyorlashda jismoniy qobiliyatlarning o’rni



Yüklə 66,53 Kb.
səhifə16/30
tarix28.09.2023
ölçüsü66,53 Kb.
#150093
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Tezkorli-kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va uslubiy asoslari.

II BOB BO’YICHA XULOSA
Maktab davridan boshlab o’quvchilarning ma’naviy, jismoniy va funksional shakllanishida harakatli o’yinlarining o’rni beqiyosdir. Standart mazmundagi vazifa, ko’rsatma yoki mehnat va sport mashqlarini bajarish kishini tez toliqtiradi. Lekin, shunday harakatlarni milliy o’yinlari asosida, ijro etish odamning ruhiyatiga ijobiy ta’sir etib, charchash muddatini orqaga suradi. Shuning uchun sport mashg’ulotlarida, ayniqsa yosh sportchilarni dastlabki tayyorlashda turli mazmunga xos harakatli o’yinlardan foydalanish alohida amaliy axmiyatga egadir.

O’yinlar o’zining hammabopligi (universalligi), ko’p funksionalligi va keng ta’sirchanligi bilan xilma-xil toifalarga bo’linadi. Jumladan, jismoniy sifatlarni, nuqtani, talaffuzni, merganlikni, tadbirkorlikni, hisobni va hokazo xislatlarni rivojlantiruvchi o’yinlari shular jumlasiga kiradi. Lekin, qanday o’yin bo’lmasin, unda harakat elementi yoki harakatlar majmuasi mavjud bo’ladi.


Harakatli o’yinlari o’z mazmuni va mohiyati jihatidan sport o’yinlaridan tubdan farq qiladi. Harakatli o’yinlar sport o’yinlari kabi maxsus tayyorgarlik, muayyan musobaqa qoidasi, sport kiyimi, muddati, maydoni, ishtirokchilar tarkibi kabi aniq chegaragalangan me’yoriy omillarni talab qilmaydi. Faqat bittagina harakatli o’yinni turli joyda, vaqt davomida, kiyimda, tarkibda (soni jihatidan) o’ynash mumkin. Eng muhimi harakatli o’yin davomida kuzatiladigan erkin va ixtiyoriy harakatlanishlar (nostandart harakat yo’nalishi, qichqiriq, xushchaqchaqlik va hokazo) ijobiy emosional holatni (reaksiyasini) yuzaga keltiradi. Ushbu holat esa o’z navbatida sport mashg’ylotida (yoki standart mashqlar seriyasini ijro etganda) tezroq vujudga keladigan charchash asoratlarini «chetlab» o’tishga yoki kechroq paydo bo’lishiga yordam beradi.

III BOB. YOsh gandbolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini harakatli o’yinlar vositasida rivojlantirish uslubiyati



3.1. Yosh sportchilarda jismoniy sifatlarni rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish tajribasini savolnoma asosida o’rganish


Yosh sportchilarni tayyorlash ko’p bosqichli murakkab pedagogik jarayon bo’lib, mashg’ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilishni taqozo etadi. Mashg’ulotlarda ko’llaniladigan jismoniy va texnik-taktik mashqlar hajmi va shiddati shug’ullanuvchi bolalarning yoshi, jismoniy va funktsional imkoniyatlariga moslab rejalashtirilishi va qo’llanilishi muhim. Ushbu mashqlar hajmi, shiddati, qaytarilishi va davom etish vaqti biologik qonuniyatlarga asoslanishi lozim. Agar mashqlar yuklamasi bolaning imkoniyatidan o’ta yuqori bo’lsa, bunday yuklama shu bolaning organizmiga salbiy ta`sir etishi mumkin. Aksincha, yuklama imkoniyatdan kam bo’lsa shakllanish jarayoni sustlashishi muqarrar.

Ayrim murabbiylar qisqa muddat ichida jismoniy sifatlarni rivojlantirishni jadallashtirish, tezroq malakali sportchi tayyorlash maqsadida maxsus va ixtisoslashgan mashqlarni zo’rma-zo’raki qo’llaydilar. To’g’ri, ayrim hollarda, ya`ni agar bolaning nasliy va iidividual jismoniy imkoniyatlari serzahira bo’lsa, bunday bola tez orada yaxshi sportchi bo’lib etishishi mumkin. Ammo, aksariyat hollarda bunday katta yuklamali mashg’ulotlar bolaning tez charchashi, zo’riqishi, hatto uning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Sport amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir-biriga o’xshash muntazam beriladigan mashqlar sport bilan endi shug’ullanishni boshlagan bolada qiziqishni so’ndiradi, unda sportga bo’lgan ixlos yo’qoladi, pirovardida u sport bilan shug’ullanmay qo’yadi. Shuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda, ayniqsa dastlabki o’rgatash bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik-taktik mahoratni shakllantira borish uchun harakatli o’yinlardan foydalanish juda foydali va o’ta muhimdir.



Yüklə 66,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin