To’pni yo’naltirish sharti
|
|
|
|
|
O’yinchilarning funktsiyalari bo’yicha joylashishi
|
|
2-chiziqning markaziy o’yinchisi
|
2-chiziqning qanot o’yinchisi
|
1-chiziqning qanot o’yinchisi
|
1-chiziqning markaziy o’yinchisi
|
|
Raqib qarshiligisiz o’z joyidan
|
40
12,4
|
40
13,7
|
38
8,5
|
26
6,8
|
Raqib qarshiligida o’z joyidan
|
30
27,3
|
30
28,1
|
25
32,1
|
30
27,9
|
Raqib qarshiligisiz turli joylardan
|
22
18,7
|
22
20,4
|
27
24,3
|
34
21,6
|
Raqib qarshiligida turli joylardan
|
8
41,6
|
8
31,8
|
10
35,1
|
10
43,7
|
Izoh:
mahrajda - to’pni darvozaga yo’llash foizi;
nisbatda - samaradorlik foizi
Dissertatsiya ish mavzusi yuzasidan o’tkazilgan pedagogik tajriba natijalari gandbol bilan endi shug’ullanishni boshlagan yosh bolalarda maxsus sakrovchanlik sifati nafaqat talab darajasida emasligi, balki kuzatilgan ko’rsatkichlarni sport bilan shug’ullanmaydigan bolalar ko’rsatgachlaridan ham past ekanligini namoyon etdi (3-jadval). Jumladan, tik turgan holatdan 30 m ga yugurish ko’rsatkichlari pedagogik tajribadan oldin nazorat guruhida ham, tajriba guruhida ham talabga javob bermasligi ma`lum bo’ldi. Xususan nazorat guruhida bu ko’rsatkich 5,8 s, tajriba guruhida - 5,9 s ga teng bo’ldi.
3-jadval
Yosh gandbolchilardan iborat nazorat (n) va tajriba (t) guruhlarida sakrovchanlik sifatini 1 oylik pedagogik tadqiqot davomida rivojlanishi
N-n=10 T-n=10
Me`yoriy mashq
|
Tajribadan oldin
|
|
|
Tajribadan so’ng
|
|
|
|
n
|
t
|
n
|
t
|
|
30 m ga yugurish (s)
|
5,8±0,6
|
5,9±0,9
|
5,4±0,7
|
5,0±0,8
|
4x6 m ga yugurish
|
7,0±0,9
|
7,1±0,7
|
6,7±0,4
|
6,2±0,6
|
4x6 m ga mokisimon yugurish - nazorat guruhida - 7,0 s, tajriba guruhida 7,0 s ni tashkil etadi.
Pedagogik tajriba muddati tugaganidan so’ng amaldagi dastur asosida shug’ullangan nazorat guruhida 30 m ga yugurish 5,8 s dan 5,4 s gacha sakrovchanlik sifati yaxshilanadi.
Tajriba turuhida bu ko’rsatkich 5,9 s dan 5,0 s gacha ijobiy tomonga o’zgardi.
4x6 m ga mokisimon yugurish birinchi guruhida - 7,0 s dan 6,7 s ga yaxshilangan bo’lsa, ikkinchi, tajriba guruhida ushbu ko’rsatkich 7;1 s dan 6,2 s ga o’zgardi. Demak, pedagogik tajriba davomida qo’lllanilgan sakrovchanlikka oid estafetali -o’yin mashqlari o’ta samarali qiymatga ega ekanligi isbotlandi. Shuni ham alohida e`tirof etish joizki, tajriba guruhiga mansub bolalarda nazorat guruhiga qaraganda nafaqat mokisimon yugurish texnikasi tez sur`atlar bilan shakllana bordi, balki ularda shu mashqni ijro etish koordinatsiyasi ham progressiv yo’nalishida o’zlashtirilayotganligi kuzatildi.
Yuqorida qayd etilgan pedagogik tajriba natijalari, sinab ko’rilgan estafetali-o’yin mashqlari faqatgina sakrovchanlik sifatlarini samarali rivojlantirib qolmay, shu sifatlar asosida ijro etilishi kerak bo’lgan o’yin malakalarini ham unumli sayqal topishiga imkon yaratadi. Binobarin, jismoniy va texnik tayyorgarlikning chambarchas bog’liqligi hamda bu jarayonlarga oid mashqlar majmualarini dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab bir-biriga birikkan holda qo’llash texnologiyasi o’zining nazariy -ilmiy va amaliy-uslubiy jihatlardan qanchalik dolzarb zkanligi oshkor bo’ldi.
Umuman olganda, yana shu narsani alohida ta`kidlash joizki, dastlabki tayyorgarlik guruhlarida shug’ullanayotgan bolalarning o’quv-mashg’ulot jarayonida pedagogik nazorat ishlarini olib borilishi, ular bajarayotgan xar bir mashqlarga adolatli baho berish shu bolalarda o’ta qiziquvchanlik, faollik fazilatlarini charhlar ekan, mashg’ulotlariga ijodiy va ma`suliyat bilan yondoshishlariga asos bo’lar ekan.
Dostları ilə paylaş: |