Adir mintaqasi. Bu mintaqa okean sathidan 400-500 m dan to 1000-1200 m gacha bo’lgan balandliklarda joylashagn bo’lib, tog’ oldilarini egallaydi.
Adir iqlimi cho’l iqlimidan bir oz farq qilsada, yozi issiq va uzoq davom etadi. Yozi cho’ldagideuk jazirama issiq emas, yillik yog’in miqdori 300-450 mm. O’simlik qoplami cho’ldagidan qalinroq. Bunday sharoitda oddiy va to’q tusli bo’z tuproqlar hosil bo’ladi.
Oddiy bo’z tuproq tog’ etaklaridan okean sathidan tahminan 500-600 m dan 1000 m gacha bo’lgan 1,5-2,5% ni tashkil etadi. Oddiy bo’z tuproqli joylarda sug’oriladigan (obikor) va baxorikor yerlar hisoblanadi.
To’q tusli bo’z tuproqlar balandroq joylarda (okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda) tarqalgan. Tuproq tarkibidagi chirindi miqdori 3-4% ga boradi, ko’pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Daryo vodiylaridagi kichikroq joylarda sug’orib dehqonchilik qilinadi.
Bo’z tuproqlar respublikamizda dexqonchilik qilinadigan asosiy tuproqlardir. Binobarin, ular eng muhim va tuganmas tabiiy boyligimiz hisoblanadi. Bo’z tuproqlar ishlov berish jihatidan ham, sug’orish jihatidan ham bir qator qulayliklarga ega. Adir mintaqasida cho’lga nisbatan o’simliklar ko’proq. Mintaqa bahorda qizil, siriq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Adirlarda ko’ng’irbosh, rang, sasir, yantoq, kovrak va gulhayrilar o’sadi. Adirlarning yuqoriroq qismida zirk, namatak butalari va do’lana kabi buta va daraxtlar uchraydi.
Adirlarda hayvon dunyosi cho’l hayvon dunyosiga nisbatan kambag’alroq. Cho’lga hos sudralib yuruvchilar kaltakesak (agama, gekkon) lar, ilon (kapchabosh ilon, zaxarli ko’k ilon)lar, hatto falanga, qoraqurt, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi.
Yirtqichlardan tulki, bo’rilar yashaydi. Bahorda toshbaqa va yumronqoziqlar faol hoyot kechiradilar. Dexqonchilik qilinadigan joylar atrofida esa jayra, bo’rsiq va tipratikanlar uchraydi. Qushlar cho’ldagidan nisbatan ko’proq: pushti rang chug’urchuq (asalarilar kushandasi), ko’k qarg’a, kaklik, zog’cha, kalxat, qirg’iy va burgut kabi qushlar yashaydi.
Voxalarda musicha, chumchuq va hushovoz bulbul hamda maynalar uchraydi. Bahorda qaldirg’och, sassiqpopishak va bulbullar uchib keladi.