Kreditning qaytarib borilishi Balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan kreditlarning qadrsizlanishiga doir biron-bir ob'yektiv dalillar mavjudligi “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami №632, 11 fevral 1999 yil) va “Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 24 yanvar 2004 yil) hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq baholanadi.
Kredit hujjatlari tarkibida asosan quyidagi hujjatlar mavjud bo’ladi:
Joriy moliyaviy ahvol tahlil (Ilovalarga keltirilgan)
Boshqa banklarda hisobvaraq ochgan yoki ochmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma
Ta’sis shartnomasi
Litsenziyalar
Guvohnoma
Va boshqa qo’shimcha ma’lumotlar
Yuqoridagi hujjatlarni tayyorlagandan keyin Mijoz taqdim etgan hujjatlar asosida Front-ofis menejeri korxonani Moliyaviy tahlilini amalga oshiradi bunda quyidagi ko’rsatgichlar aniqlanadi
Jamg'arma depozit dasturi modullari
Jamg’arma Depozit (keyingi o’rinlarda omonat deb yuritiladi) – talab qiinishi bilanoq yoki to’lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan to’lovni oluvchi shaxs yoki ularning qonuniy vakillari o’rtasida kelihilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to’lagan holda yoxud bunday to’lovlariz qisman yoki hammasini qaytarib berish sharti bilan topshirilaigan pul summasi:
bank omonati shartnomasida belgilangan muayyan maqsadga yo’naltirilaigan yoki boshqa shartlar asosida jalb qilingan omonatlar jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank bilan omonatchi o’rtasida bank omonati shartnomasi tuzilishi va omonatchi shartnoma tuzganidan so’ng, bank omonati hartnomasida ko’rsatilganomonat sumasi qo’yiihi shart. Jamg’arma omonatlar bo’yicha bank omonati shartnomasiga muvofiq: qo’shimcha malag’lar kiritilishi mumkin.qo’shimcha mblag’lar kiritish tartibi bank omonati shartnomasida aniq belgilanihi lozim
- jamg’arma omonatlar maqsadli,yutuqli va boshqa shartlar belgilangan ko’rinishlarda bo’lishi mumkin
- ma’lum maqsad uchun jamg’ariladigan va qat’iy ravishda shu maqsadga yo’naltiriladigan omonatlar maqsadli jamg’arma omonatlar hisoblanadi.
-omonatchiga foizlar yutuq ko’rinishida to’lanadigan omonatlar yutuqli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Yutuqlar: pul mablag’lari,omonatga qo’shimcha foizlar hioblab yozish, buyum va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
- omonat qo’yishda bank omonati shartomasida ko’rsatilgan shartlarning bajarilishi bilan omonatdan foydalanish mumkin bo’lgan uchinchi shaxs nomiga qo’yilgan omonatlar shartli jamg’arma omonatlar hisoblanadi. Masalan ’’Omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng, omonat beriladi’’ yoki’’voyaga yetgach beriladi’’ kabi shartlar belgilangan bo’lihi mumkin.oonatchining xoishiga ko’ra,hartning bajarilishi muddati bank omonati shartnomasida ko’rsatilishi mumkin. Masalan ‘’20 yilda omonatchi o’quv yurtini tugatgandan so’ng omonat beriladi’’
- omonatchi jismoniy shaxslar xoxishlariga qarab, bank jamg’arma omonat hisovaraqlari bo’yich operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.masalan omonatchi topshirig’I asosida bank uning jamg’arma omonat summasini bankdan olingan kredit va unga hioblangan foizlar to’loviga,kommunal to’lovlarni amalga oshirih uchun yo’naltirilisi mumkin.bunda,bank omonatchini bank omonati shartnomasi shartlariga muvofiq opersiya bajarilmasidan oldin yoki operatsiya bajarilgandan keyin xabardor qilish majburiyatini oladi.xabar ,uni mijoz olganligi to’g’risida ankka xabar berish sharti bilan pochta orqali buyurtma at shaklida yoki boshqa shaklda jo’natiladi.
- bank omonati shartnomasida bank tomonidan omonat xiobvaraqi bo’yicha bajarilgan barcha operatsiyalar haqida xaardor qilish belgilangan bo’lsa, bank shartnomada ko’rsatilgan muddatlarda jag’arma omonat hiobvaraqlaridan ko’chirmani omonatchiga taqdim etiladi.
- jamg’arma omonat hiobvaraqidan olingan ko’chirmalar va omonat daftarchasidagi barcha o’garishlarni omonatchi o’rganib chiqishi hamda har qanday nomuvofiqlik to’g’risida bankka xabar qilishi kerak. Bank xabar qilingan nomuvofiqkning sabablarini o’rganib, ularni birlamchi xujjatlar asosida bartaraf qilishi va amaga oshirilgan o’zgarishlar to’g’risida omonatchiga xabar berishi lozim.
-agar omonatchi jamg’arma omonatni bank omonati shartnomaida ko’rsatilgan xolatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyatida bo’lsa, u o’zining bu niyatidan bankni omonatni oishni mo’ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi lozim.
-omonatchi jamg’arma omonat summasini,bank omonati shartnomasida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganidan keyin qaytarib berishni tala qilmagan hollarda,agar bank omonati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bolmasa, shartnoma omonatni talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar shartari asosida uzaytirilgan deb xisoblanadi.
- yuridik shaxs, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ulllanuvchi yakka tartibdagi tadirkor hamda dehqon xo’jaliklarining jamg’arma omonatlariga mablag’lar ularning aosiy hisobvaraqidan o’tkaziladi va omonat muddati tugagach yoki bank omonati shartnomasi bekor qilingan xollarda jamg’arma omonatidagi mablag’lar ularning asoiy hisobvaraqlaridan o’tkaziladi..
- jamg’arma omonatlar hisobi’’O’bekiston respubikasi tijorat banklarida bugalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi’’ga(ro’yat raqami773-17,2004 yil 13 avgust)muvofiq’’20400-‘’jamg’arma depozitlar’’ xiobvaraqaria yuritiladi.
Xulosa ATB ‘’Agrobank’’ Moody's xalqaro reyting agentligi ATB ‘’Agrobank’’ ning yangilangan reytinglarini tasdiqladi. Shunday qilib, bank depozitlari reytingi “B2” darajasida, bazaviy kredit reytingi ham “B2” darajasida baholanmoqda. Reytinglar o’zgarish prognozi - "Barqaror". Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini, rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi.
Ushbu malakaviy amaliyotini ATB ‘’Agrobank’’ Sherobod filialida o‘tar ekanman, bankning xizmatlariga jismoniy va yuridik shaxlarning talablari katta. Mazkur mijozlar aholining nisbatan daromadi yuqoriroq qismi hisoblanadi. Fikrimcha, aynan bu omil bankdagi mablag‘lar aylanuvchanligini, likvidlilikni, qolaversa, bankning samaradorlik ko‘rsatkichlariga o‘zining sezilarli ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Sababi, daromadi yuqori aholini bank to‘lovga qobilligini ijobiy baholaydi va natijada bank bilan mijoz o‘rtasida mustahkam ishonch yuzaga keladi. Shunda, bankning kredit qo‘mitasi tomonidan bankka murojaat qilgan ko‘plab mijozlarning murojaati ro‘yobga chiqadi. Qisqacha aytganda, bank mahsulotlariga bo‘lgan talab ham, bank mahsulotlarining taklifi ham bir tekisda oshadi. Bu esa bankda barqarorlikni va raqoatbardoshlikni ta’minlaydi. Banklarda buxgalteriya hisobi kursini nazariy jihatdan o‘zlashtirgandan so‘ng, ushbu bilimlarni ATB ‘’Agrobank” Sherobod filiali misolida amalda guvohi bo‘ldim. Bankda bo‘limlar turli xil va ular barchasi birgalikda bitta maqsadni ko‘zlashadi, u ham bo‘lsa – foyda olish. Shunday ekan, bajargan ishlar va amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobi yuritilmas ekan, har xil mavhumliklar va tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bankda har bir xodim ma’lum bir hujjatni rasmiylashtirayotganda mas’uliyat bilan yondoshishi hamda amaldagi me’yoriy hujjatlarga zid bo‘lmagan ravishda bajarishi lozim hisoblanadi, boisi bunda nafaqat bank manfaati, balki mijozning ham manfaati mavjud ekanligini unutmaslik joiz. Bankdagi har bir operatsiyalarni bajarganda ularni ro‘yxatga olinishi hamda buxgalteriya hisobining yuritilishi va operatsiyalar tugaganidan so‘ng ular bilan bog‘liq tegishli hujjatlarning arxivda saqlanishini guvohi bo‘ldik.
Xulosa qilib aytganda, bankda omonatlar bilan ishlash bo`limi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bo`lim qanchalik bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda va tizimlilikda olib borilsa, bank shunchalik aniq va ishonchli faoliyat yurita oladi. Omonat bo`limida asosan , malakali, o‘z ishini sevadigan va o‘z ustida uzliksiz ishlaydigan talabalarning yetishib chiqishi har bir bankning samarali faoliyat yuritishiga olib keladi hamda jahon bozorida raqobatbardosh banklar sifatida yetishib chiqishga nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay oladigan va mustaqil innovatsion fikrlay oladigan kadrlar orqali erishish mumkin.