Yagona markazlashgan qudratli mamlakatda hayot kechirish xalq ommasi qiyofasida yaqqol sezilardi. Turli ijtimoiy qatlam va guruhlarga mansub aholi istagini his qila oladigan idrokli va kuchli irodaga ega shaxsgina bu vazifani hal qila olar edi. Shunday shaxsgina yoyilgan va tarqoq holdagi kuchlarni yagona bir oqimga yo‘naltira olishi mumkin edi. U eng avvalo harbiy iste’dod va qobiliyatga ega bo‘lishi talab etilgan. mana shunday sifatlarga ega bo‘lgan shaxs Amir Temur ibn tarag‘ay Bahodir edi. Bizning vazifamiz, ushbu shaxsning tarix sahnasiga krib kelishi va uning qudratli imperiyasini boshqarishini ko‘rsatish. Uning “tuzuklar”ini qonun – qoida majmun sifatida ekanligini ko‘rsatish.
“Markazlashgan davlat”, “Yerga egalik, savdo – sotiq va pul munosabatlari”, “Soliq siyosati”, “Harbiy – sarkardalik salohiyati”, “Harbiy yurishlar”, “Temur tuzuklari”, “Kuch adolatdadir”, “Suyurg‘ol”, “Ilm – fan, madaniyat va san’atga homiylik”.
Movoraunnaxr mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingach, Chingizxonning o‘g‘illaridan biri Chig‘atoyga suyurg‘ol (in’om) qilib berilgan. Qariyib bir yarim asr mobaynida Chig‘atoyning urug‘ – aymog‘lari bu ulkan boyliklarni zulukdek so‘rdilar. Mo‘g‘ullarning qonli yurishlarining shohidi bo‘lgan arab muarrixi Ibn al – Asir (1160 - 1233) bu haqda: “kunu tunlarda misli ko‘rilmagan va hammayoqni, xususan, musalmonlar yaratgan boyliklarni qamrab olgan g‘oyat katta falokat bo‘ldi. Agar birov hamma narsaga qodir Olloh odamni yaratgandan buyon dunyo bunday dahshatni ko‘rmagan desa, haq gapni aytgan bo‘lardi... bu la’natida vayron qilgan mamlakatlar oldida Quddus nima bo‘libdi? Bitta shaharda mo‘g‘ullar kaltaklagan aholi barcha isroiliylardan ko‘p bo‘lgan. Ular hech kimni ayashmadi: ayollarni, erkaklarni, go‘daklarni shafqatsiz do‘pposlashdi, homiladorlarning qornini yorib, bolalarini o‘ldirishdi” – deb yozgan edi.
XIV asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo uchta mo‘g‘ul davlati tomonidan bo‘lib olingan edi. Uning shimoli – g‘arbiy qismi Oltin O‘rda (Jo‘ji ulusi)ga qaragan (Xorazmning shimoliy qismi ham Urganch shahri bilan birga uning, tarkibiga kirgan). 1312 – 40 yillarda bu yerda O‘zbek xon hukmronlik qilgan. Uning markazi Yangi saroy (Saroy Berka) bo‘lgan; Janubiy – g‘arbiy qismi (Xuroson, Shimoliy Eron) Xulagiylar davlati tarkibiga kirgan; Sharqiy qismi – Movarounnaxr, Yettisuv, Sharqiy Turkiston Chig‘atoy ulusini tashkil etgan.
Biroq bu uluslarga bo‘lingan davlatlarning ko‘pchiligi endi mustaqillik uchun kurash olib borishar, mahalliy zodagonlar hokimiyatini o‘z qo‘llariga olishga intilishi natijasida mo‘g‘ullar imperiyasi parchalana boshlagan edi. Mo‘g‘ul xonlari ham tez – tez almashtirilar edi. Masalan, kebekxon 1318 – 1326 yillarda, 1326 yili Eljigitey va Tuva – Temur, 1326 – 34 yillarda Oloviddin Tarmashirin xukmron bo‘lgan.
Kebekxon o‘z potaxtini Movoraunnaxrga (nasafga) uo‘chirgan birinchi mug‘ul xoni edi. Uning bu qarori mo‘g‘ul konlarinin ko‘chmanchilikdan o‘rtoq turmush kechirishga o‘tishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Kebekxon Chig‘atoy davlatida xo‘jalik hayotini rivojlantirishga doir bir qator ma’muriy va pul reformalarini o‘tkazdi. Samarqand va Buxoroda yangi tangalar – dinor va dirxonlar zarb qilina boshladi. Tarmarshirin davrida islom dini davlat diniga aylantirildi.
Chig‘atoy ulusi ichki siyosiy hayoti inqirozining xarakterli xususiyatlaridan biri uzluksiz davom etayotgan o‘zaro urushlar edi. Mahalliy amirlar markaziy hokmiyatga bo‘ysunishdan bosh tortib g‘alayonlar ko‘tara boshlashdi. O‘zlarining jangovarliklari, uyushqoqliklari bilan ajralib turgan turkiy urug‘lar boshliqlari mo‘qullar saroylarida yetakchi lavozimlarni egallay boshlaganlar. Mo‘g‘ul xonlari o‘z mavqelarini mustahkamlash, turkiylarni lavozimlaridan chetlashtirishga qanchalik urinishmasin mahalliy aholiga qarshi turishga ojizlik qila boshladilar. Ularning saroylaridan mug‘ul tili siqib chiqarilgan, turkiy til saroy tiliga aylanib qolgan edi.
Mo‘g‘ul xonlarning o‘zaro nizolari, saroylardagi fitna va fisqu – fasodlar ularning obro‘ – e’tiborini tushirib, mavqelarni pasaytirib yubordi. Mahalliy aholi endi ularga qarshi bosh ko‘tarib chiqa boshladilar. Ma’muriy islohotlar tufayli mamlakatning tumanlarga bo‘linib ketishi turkiy zodagonlarning mustaqillikga intilishiga yordam berdi. Yirik urug‘lar boshliqlari tumanlarga hokimlika qila boshladilar. Masalan, Barlos urug‘i Qashqadaryo vohasini, Jaloyirlar Xo‘jand tumani boshqaruvini qo‘lga kiritadilar. XIV asrning 50 – yillariga kelib Chig‘atoy davlati bir qator mustaqil bekliklarga bo‘linib ketdi.
O‘rta Osiyoda yer egaligi mug‘ul hukmdorlari davrida to‘rt turga bo‘lingan: davlat (devon) yerlari, mulkiy yerlar, vaqf va dehqon yerlari. Dehqonlarning nisbatan ozgina qismi xususiy (mulkiy) yerlarga ega bo‘lib, asosiy omma ijaraga yer olishgan. Mo‘g‘ullar dehqonlar bilan bir qatorda hunarmandlarga ham zulm o‘tkazishgan. Ularning ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan. Nisbatan mustaqil hunarmandlar va savdogarlar guruhlari ham bo‘lib, ular faqat davlat qaramiga soliq to‘lashgan xolos.
Shunday qilib, mug‘ullar bosib olgan yerlar kabi Movoraunnaxr mehnatkashlarining ahvoli vayrongarchiliklar, xo‘jalik yuritishdagi uquvsizlik, urushlar, sug‘orish tarmoqlarining buzilishi tufayli yanada og‘irlashdi. Aholi mavjud boshqarish usulidan tobora ko‘proq norozi bo‘la boshladi.
XIV asrning 30 yillarida Xurosonda mo‘g‘ullar hukmronligi va mahalliy zodagonlarga qarshi xalq harakati ko‘tarila boshladi. 1337 y. 16 martda mug‘ul amaldorlarining ta’magirligiga qarshi Bashtin (Xuroson) qishlog‘ida aholi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Shu yili qo‘zg‘olonchilar safi kengayib, ular Sabzovorni egallashdi va uni sabardorlar harakati (1337 - 81)markaziga aylantirishdi. Sabardorlar Vajihiddin Ma’sud (1338 - 44) rahbarligida Nishopurni egalladilar. Qo‘zg‘olonchilar soni 12 mingdan 22 ming kishigacha yetdi.
1353 yili Sarbadorlar mo‘g‘ullarni so‘nggi xoni To‘ga Temurni o‘ldirdilar. Gurgan (Astrabod bilan birga), keyinchalik g‘arbiy Xurosonsarbadorlar davlatiga qo‘shib olindi.