Kirish amir Temur davlatining tashkil topishi


Xalqning mo’g’ullarga qarshi isyoni



Yüklə 57,45 Kb.
səhifə3/6
tarix02.06.2023
ölçüsü57,45 Kb.
#124031
1   2   3   4   5   6
Amir Temur davlatida harbiy tizim va razvedka xizmati.

1.2 Xalqning mo’g’ullarga qarshi isyoni
Sarbadorlar davlatida ikki oqim – murosachilar (mo‘g‘ullardan ozod bo‘lish uchun kurashgan mayda yer egalari) va so‘l oqim (mol mulkni teng taqsimlash uchun kurashgan xunarmandlar va kambag‘al dehqonlar) o‘rtasida hokimiyat uchun to‘xtovsiz kurash borgan.
Sabardorlar harakati tepasida e’tiborli, bilmdon kishilar turishgan. Ular o‘z tanga pullarini zarb qilishgan. Aholidan olinadigan soliqlar kamaytirilgan, juzya solig‘i bekor qilingan, qullarga yengillik berilgan.
Sabardorlar harakati Hulagiylar hukmdori Abusaid vafotidan keyin mamlakatda nihoyatda beqarorlik holatini vujudga keltirdi. Bu harakat Movoraunnaxrga ham yoyila boshladi. Turkiy aholining yetakchi qismlari kurashgan faol aralash boshladilar.
Bu davrga kelib turkiy amirlar holkimiyatni qo‘lga olish uchun faol harakat qila boshladilar. Shunday amirlardan biri Qovog‘on edi.
Fosix Havobiy “Mujmal – i Fasihiy” nomli asarida Qozag‘on bilan ilk to‘qnashuvini 1345 – 46 yillar oralig‘ida deb ko‘rsatadi. Bu jangda Qozonxon g‘olibkelgan. Fosix Havofiyning guvohlik berishicha ikkinchi jangda 1347 yil boshlari Qozag‘on g‘olib chiqib, Chig‘atoy avlodining so‘nggi avlodi Qozonxon shahid bo‘lgan. Natijada Movarounnaxrda Chig‘atoy naslining hukmronligiga barham berilgan. Xonlar endi mug‘ullardan nomigagina qo‘yilib, hokimiyat turki ylar qo‘liga o‘ta boshlagan. Qozag‘on taxtga Doshmandchi o‘g‘lonni (Ugedey nasabidan) o‘tkazadi. Biroq ko‘p o‘tmay (1348 yili) Doshmandchi o‘g‘lon fitna qurboni bo‘lgach, Movoraunnaxr taxtiga Boyonqulixon o‘tkazilib, markaz Buxoroga ko‘chirilgan.
Amir Qozog‘on ancha kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan. Uning o‘g‘li Abdulloh vaqti – vaqti bilan qo‘shni o‘lkalarga hujum qilar, mulkini kengaytirishga intilardi. Jumladan, u 1353 yili Xorazmni bosib oladi. Qozog‘istondan keyin Abdullohning obro‘ – e’tibori ortib borishi mo‘g‘ul zodagonlariga yoqmagan. Ular Abdullohga qarshi faqat o‘zlari kurashishga cho‘chishib, bu kurashga turkiy amirlarni ham jalb qilingan.
“Mujma – i fosihiy ” asarida qayd etilishicha, 1358 yilda Abdulloh ibn Qozonga qarshi kurash boshlagan mug‘ul amiri bayon Sulduz yonida turkiy zodagon, Xoji Barlos ham bo‘lib, u hokimiyat uchun kurashda qulay imkoniyatlardan foydalanib qolishga intilgan. Bu kurashda Abdulloh yengilib Andarab tarafga qochadi. Movoraunnaxr hokimiyati Bayon Sulduz qo‘liga o‘tdi. U Kesh va Qarshi bekligini Xoji Barlos ixtiyoriga beradi. Kesh bekligining tog‘li va tog‘ oldi vohalarida yashagan barlos urug‘lari ancha e’tiborli bo‘lib, bu urug‘dan ko‘plab beklar va amirlar yetishgan. Amir Temur ham shu urug‘dan bo‘lib, Xoji Barlos uning amakisi bo‘lgan.
“Temur tuzuklari” dan yozilishda Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir 736 sichqon yilida, Shvabon oyining 25 kunida (milodiy 1336 yil 9 aprelda) Shahrisabz (Kesh) dan 13 chaqirim bo‘lgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida to‘g‘ilgan. Otasi Tarag‘ay barlos urug‘ining nufuzli, xudojo‘y beklaridan bo‘lgan. U siyosiy kurashlarga va mamlakat hayotiga befarq qaramagan.
Mug‘ullar hokimiyati ancha mustahkam bo‘lgan sharqiy Turkistonda 1348 yili hokimiyat qo‘lga kiritilgan. Tug‘luq Temir Movoraunnaxrda bfo‘layotgan voqealarga befarq qarab tura olmagan. U 1359 yili mustaqillik uchun kurashayotgan barloslarning tanobini tortib qo‘yish uchun Movoraunnaxrga qo‘shin tortadi. Tug‘luq Temurga bachs kelaolmasligini yaxshit bilgan Xoji Barlos Xurosonga qochish taraddudiga tushgan. Uning og‘ir damlarda elni tashlab ketishi ko‘pchilikka ma’qul bo‘lmagan. Amakisi bilan Xurosonga ketishni istamagn Temur, hech ikkilanmasdan osoyishtalik qaror topib Tug‘luq Temur qaytib ketgandan so‘ng, oradan bir yil o‘tib qaytib kelgan Xoji Barlosga Temur mardlik qilib Kesh hokimligini qaytarib bergan.
Amir Temurning bir so‘zligi, do‘stiga sodiqligini sezgan balx hokimi Amir Xusa yn u bilan hamkorlik qilshga intilib, unga singlisi O‘ljoy Turkon – xotunni beradi. Ular birgalikda Sharqiy Turkiston xukmdori Ilyosxo‘ja (Tug‘luq Temurning o‘g‘li) ga qarshi kurashga otlandilar. Biroq 1365 yili Toshkent bilan Chinoz o‘rtasida bo‘lgan mashhur “Loy jangi”da ular Ilyosxo‘jadan yengilishadi va o‘n mingga yaqin qo‘shinlardan ajralib, Balxga chekindilar.
G‘alabadan mag‘rurlangan Ilyosxo‘ja Samarqandga yurish boshladi. Samarqand o‘sha paytda sarbadorlar qo‘lida edi. Shahar aholisi sarbadorlar rahbarlari – Mavlonozoda (madrasa talabasi) va Abu Bakir Kalavyi (so‘l oqim tarafdori) boshchiligida mudofaani kuchaytiradi. Sarbadorlarga butun shahar haholisi yordam qilishadi va ular Ilyosxo‘ja qo‘shinlarning ketma – ket hujumlarini qaytarishdi. Bosqinchilar o‘rtasida boshlangan kasallik, mudofaachilarning uyushqoqlik bilan dushmanga zarba berishi Ilyosxo‘ja qo‘shinlarini chekinishga majbur qiladi. Sarbadorlar g‘alabasini eshitgan Amir Xusayn va Amir Temur Samarqandga kelishib harakat rahbarlari bilan uchrashadilar. Keyinchalik Amir Xusaynni buyrug‘i bilan sarbadorlarni harakati rahbarlari asir olinib, qatl qilinadi.
Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy ma’lumotiga ko‘ra Amir Temur iltimos bilan Mavlonzoda hozod qilingan. Sarbadorlar harakati tugatilgach, Amir Xusayn o‘zini Amir Qozog‘inning nabirasi sifatida Movoraunnaxr amiri deb e’lon qildi. Temur uning o‘ng qo‘li va vassali bo‘lib qoldi. Amir Xusayn o‘ziga markaz qilib Balx shahrini tanladi. Temur Samarqand hokimi bo‘lib qoldi. Amir Xusaynning turli talablari, soliqlaridan bezor bo‘lgan Temur unga qarshi bosh ko‘tardi. Deyarli to‘rt yil davom etgan nizolardan keyin Amir Temur g‘olib chiqadi. Amir Xusayn o‘ldirilgach uning saroyidan ko‘p mol – mulk bilan birga Saroymulkxonimni (Qozonxonning qizi) o‘z xaramiga o‘tkazadi. Amir Temur undan farzand ko‘rmaydi. Lekin bu ayol o‘zining aql – zakovati bilan doimo unga yordam maslahat berib turgan. Amir Temurning suyukli nabiralari Ulug‘bek va Muhammad sultonni tarbiyalagan. Shunday qilib, Balxda qozonilgan g‘alabadan keyin 1370 yili chaqirilgan qurultoyda Amir Temur Movoraunnaxr amiri deb e’lon qilinadi. U Movorounnaxrni dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biriga aylantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Buning uchun Amir Temur ilm – fan, madaniyat ahilarini, hunarmandlarni bu yerga to‘planishiga, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarga katta ahamiyat beradi.

Amir Temur hokimiyatni qo‘lga kiritgach, o‘z oldida asosiy maqsad qilib feodal tarqoqlikni tugatish, Movoraunnaxrda kuchli markazlashgan davlat tuzish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun Temur avvalo barcha urug‘lar va qabila boshliqlarining e’tiborini qozondi, shuningdek din peshvolarning qo‘llab – quvvatlashlariga erishdi. Dastlab u otasining yaqinlaridan biri shayx Shamsiddin Kulolni, 1390 yili shayx Sayid Barakani o‘zining piri deb e’lon qilgan va bir umr ularning maslahatlariga amal qildi. Temurning uchinchi piri shayx Tayobodiy edi.


Amir Temur ma’muriy boshqarishda mo‘g‘ullar davridagi tartiblarga amal qildi; mamlakat tumanlarga bo‘linib idora qilindi; mulk daxlsizligini ta’minlovchi qonunlar chiqarildi; qo‘shinlar birligini ta’minlash uchun harbiy yurishlarda ko‘proq Chig‘atoy ulusidan chiqqanlar olindi, ularga maxsus imtiyozlar berildi. Bu haqida ispan sayyohi Klavixo shunday yozadi: “Chig‘atoylar shoxdan maxsus imtiyozlar olgan bo‘lib, mollarini istagan paytlarida o‘tlatish, ekin – tikin qilishi, yoz va qishda ko‘ngillari tusagan yerda yashashlari mumkin edi. Ular shohga soliq to‘lashmasin, chunki Chig‘atoylar harbiy safarbarlik e’lon qilinishi bilan urushda xizmat qilishga junaydilar .
I.A.Karimov Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo‘laversin. Asarlar, 4 – jild, T., “O‘zbekiston”, 1996


  1. Yüklə 57,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin